×

O‘zbekiston: C.A.T. Science Accelerator for Central Asia startuplar tanlovi; mukofot jamg‘armasi – 200 000 AQSh dollar!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

2281 marta

CHOP ETILGAN

17.01.2020

Qayerda? O‘zbekiston

Kim uchun? Innovatsion loyiha, go‘yalar egalari va startupchilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2020-yil 15-fevral

Rasmiy havola: http://cat-sa.uz/

Ilg‘or Texnologiyalar Markazi, StartupFactory.uz va Green Business tashkilotlar hamkorligida va InnovationO‘zbekiston Respublikasi Innovatsiyalar Vazirligi ko‘magida C.A.T. Science Accelerator for Central Asia 3-startup-loyihalar akseleratori tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.

Dasturda mediata’lim va mediasavodxonlikni rivojlantirish, ta’sil sifatini oshirishda mediadan foydalanishni niyat qilgan OTM, litsey, kollej o‘qituvchilari va mediatrenerlar  qatnashishlari mumkin.

Tanlovda quyidagi sohalar muammolariga innovatsion yechimlar taqdim etish lozim:

  1. Yashil texnologiyalar.
  2. Diagnostika va biotexnologiyalar.
  3. Muqobil energiya manbalari.
  4. Yangi materiallar.
  5. IT+Science Startups.
  6. Food Technologies.

Tanlov shartlar: shu yerda.

Tanlovning manfaatli jihatlari

Tanlovda qatnashish bepul. Tanlovda g‘olib bo‘lgan loyihalarga umumiy jamg‘ramasi 200 000 USD bo‘lgan mukofotlar beriladi.

Akselerator ishtirkochilarga o‘z go‘yalarini strukturasini tuzish, Ilg‘or Texnologiyalar Markazi reaktivlaridan foydalanish, xalqaro exspertlar ma’ruzalari, loyihaning minimal ishchi versiyasini ishga tushirish, Innovatsiyalr vazirligidan mablag‘ olish, ta’lim dasturida qatnashish va konsultatsiyalar olish imkoniyatini beradi.

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi kerak. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari O‘zbekistonda mavjud muammolariga yechim taqdim etayotgan bo‘lsa, tanlovda qatnashishlari mumkin.
  2. Nomzod yashil texnologiyalar, diagnostika va biotexnologiyalar, muqobil energiya manbalari, yangi materiallar, IT+Science Startups, Food Technologies bo‘yicha g‘oya, loyiha taqdim etishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Hujjat topshirish jarayoni

Dasturga 2020-yil 15-fevralgacha hujjat topshirish mumkin. Dasturda ishtirok etish uchun shu yerda anketani to‘ldirish kerak bo‘ladi.

Dastur haqida batafsil ma’lumot olish uchun shu yerda berilgan ma’lumotlarni o‘qib chiqing.

21-fevralda finalistlar e’lon qilinadi va tanlov 27-fevralda boshlanadi. Tanlov 5 oy davom etadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun tashkilotchining telegramdagi kanaliga a’zo bo‘ling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!