×

Oʻzbekiston: Eng yaxshi turpaket ishlab chiqish tanlovi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3602 marta

CHOP ETILGAN

19.10.2019

Qayerda: Xorazm, Oʻzbekiston

Kim uchun: Talabalar va 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar uchun

Ariza topshirish muddati: 2019-yilning 21-oktab 23:59 gacha

Asosiy maʼlumot: Tanlovning asosiy maqsadi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi ekologik muammolarga yoshlarning befarq qaramasligini taʼminlash, ularning daxldorligini oshirish va iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish orqali ularni ushbu sohada oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashga chaqirishdan iborat. Tanlovning taqdimot va taqdirlash marosimi 2019-yil 28-oktyabr sanasida Xorazm viloyatida boʻlib oʻtadi.

Tanlovga masʼul tashkilotlar:

·       Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti

·       O’zbekiston Ekologik Partiyasi Xorazm viloyat Kengashi

·       Urganch davlat universiteti

·       Xorazm viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofazi qilish boshqarmasi

Tanlovga jalb etiladigan ishtirokchilar soni nechta?

Ishtirokchilarning umumiy soni: 30 nafar

Nomzodga qoʻyiladigan talabalar:

·       Konferensiyada 18-30 yosh orasidagi talaba va yoshlar qatnashishi mumkin.

·       Nomzod ekologiya va turizm sohalariga qiziqishi boʻlishi kerak.

·       Nomzod konferensiya davomida Xorazm viloyatida boʻlishi kerak.

Qanday qilib tanlovda ishtirok etish mumkin:

  1. SHU YERDA onlayn arizani toʻldiring.
  2. Naʼmuna shaklida keltirilgan maʼlumotnoma hamda pasport nusxalarini online taqdim qiling.
  3. Arizangiz boʻyicha yakuniy natijalardan 23-oktyabr kuni xabardor boʻling.
  4. “Eng yaxshi ekologik turpaket ishlab chiqish tanlov”ning ishtirokchilar uchun telegramdagi rasmiy guruhiga qoʻshiling.

Tanlovda ishtirok etish uchun zarur boʻlgan toʻlov qancha?

Tanlovda ishtirok etish mutlaqo BEPUL.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi: 

1.      Mintaqadagi ekologik vaziyat bilan tanishtiruvchi eng yaxshi turpaket.

2.      Ekologik hududlarga uyushtirilgan eng yaxshi turpaket.

3.      Minimal xarajat bilan eng koʻp hududlarga uyushtirilgan eng yaxshi turpaket.

4.      Minimal xarajat talab qiladigan eng yaxshi ekologik turpaket.

5.      Xorijiy sayyohlar uchun eng yaxshi turpaket.

6.      Mahalliy sayyohlar uchun eng yaxshi turpaket.

7.      Nomavsum vaqtda tashkil qilingan eng yaxshi turpaket.

8.      Mamlakatimiz shonli tarixi va madaniyatini sayyohlarga eng jozibador yoritib beruvchi eng yaxshi turpaket.

9.      Yangi hududlarga uyushtirilgan eng yaxshi turpaket.

10.   Eng mukammal tayyorlangan turpaket.

Ishtirokchilar qanday imkoniyatlarga ega boʻladilar?

·       Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻylab 2019-yil 26-27-oktyabr kunlari uyushtiriladigan 2 kunlik sayohat.

·       Taqdimotlari natijalariga koʻra eng yaxshi deb topilgan 10 nafar ishtirokchilardan 7 nafariga qimmatbaho sovgʻalar hamda eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar ishtirokchining har biriga 1 tadan smartfon sovgʻa qilinadi. Shuningdek, ularning barchasiga (10 nafar ishtirokchiga) masʼul tashkilot rahbarlarining imzosi hamda muhri bosilgan diplomlar taqdim qilinadi.

·       Qolgan 20 nafar ishtirokchiga masʼul tashkilotlar tomonidan esdalik sovgʻalari hamda masʼul tashkilot rahbarlarining imzosi va muhri bosilgan sertifikatlar taqdim qilinadi.

Eslatma: Tanlov tashkilotchilari boshqa viloyatlardan Xorazm viloyatiga keladigan ishtirokchilarni turar joy bilan taʼminlamaydi va kelish-ketish xarajatlarini qoplab bermaydi.

Telegram: https://t.me/EkoTanlov

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!