×

Oʻzbekiston: “Feyk yangiliklarning saylovlarga ta’siri to‘g‘risida eng yaxshi rolik” tanlovi; Mukofot – xorijda o`qish!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1760 marta

CHOP ETILGAN

16.11.2019

Qayerda: Toshkent, O‘zbekiston

Kim uchun: Barcha uchun

Ariza topshirish muddati: 2019-yil 30-noyabr

Asosiy ma’lumot: YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi feyk-nyus bo‘yicha ijtimoiy videoroliklarni tayyorlashga tanlov e’lon qiladi. Loyihaning maqsadi odamlarning feyk yangiliklar borligi va ular tug‘diradigan xavf-xatarlar haqidagi xabardorligini oshirish, odamlarga real voqealar va foydali ma’lumotlar yordamida ularning tahdidini anglash muhimligini ko‘rsatishdan iborat. Feyk yangiliklar axborot oqimining bir qismiga aylanishga ulgurdi, ularning asosiy qismi ijtimoiy voqelikni tuzishga destruktiv ta’sir ko‘rsatadi. Tanlov Buyuk Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Jamoatchilik manfaatlariga amal qilinishini ta’minlash uchun o‘zbek OAVning salohiyatini kuchaytirish – II Faza” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Tanlovning asosiy maqsadi feyk yangiliklarning saylovlar jarayoniga, saylovlar paytida odamlarning ongi, munosabati va xatti-harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi muammosiga e’tibor qaratishdan iborat.

Shu munosabat bilan YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tanlovda barcha manfaatdor nomzodlarni “Feyk yangiliklarning saylovlarga ta’siri to‘g‘risida eng yaxshi rolik” nominatsiyasida qatnashishga chorlaydi.

Manfaatli jihatlari: 

G‘oliblarga mukofot: chet elga o‘qish safari.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar: 

  1. Barcha qiziquvchilar bu tanlovda qatnasha oladi.
  2. Rolik feyk yangiliklarning saylovlarga salbiy ta’siri bilan bog‘liq voqealarni o‘z ichiga olishi kerak;
  3. Rolik feyk yangiliklarning siyosiy jarayonlarga, odamlarning saylov paytidagi ongi, munosabati va xatti-harakatlariga ta’sir qilish mohiyati, belgilari, vositalari haqida aniq tasavvur berishi kerak;
  4. Rolik feyk kontentni tanib olish uchun zarur bo‘lgan harakatlarning aniq algoritmini o‘z ichiga olishi zarur;
  5. Video quyidagi tillardan birida bo‘lishi kerak: o‘zbek, rus, ingliz yoki qoraqalpoq tili.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar: 

Nomzodlar ariza shaklini to‘ldirishlari va uni 2019-yil 30-noyabrgacha tashkent@unesco.org yoki b.muminjonova@unesco.org elektron manzilga yuborishlari kerak. Tayyor roliklarni yuborish muddati: 2019-yil 10-dekabr

Ma’lumot uchun: Bargida Mo‘minjonovaga +99878 1207116 (qo‘shimcha 111) telefon raqami orqali murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!