×

Oʻzbekiston: International Robotics Challenge 2020 musobaqasida ishtirok eting!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1321 marta

CHOP ETILGAN

20.10.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan International Robotics Challenge IRC onlayn musobaqasi bu yili 2020 yilning 3-8-noyabr kunlari boʼlib oʼtishini maʼlum qiladi.

Musobaqa 4 xil yoʻnalishdan iborat:

  • Stairway from Heaven (8-12 yosh)
  • Chimney (13-16 yosh)
  • Build the Future (8-14 va 14-30 yosh)
  • Journey to the world of industrial robotics

Onlayn musobaqaning asosiy maqsadi texnika yutuqlarini keng qoʻllagan holda xalqaro va respublika miqiyosida ilk marotaba yoshlarning onlayn tarzda muloqot maydonini yaratish, innovatsion texnologiyalar bilan ishlash koʼnikmalarini oshirish, ilmiy-texnik ijodkorlikni rivojlantirish, mamlakatimizda robototexnika sportini ommalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro maydonda buni namoyish qilishdan iborat.

Musobaqada kim qatnashishi mumkin?

IRC barcha qatnashchilar uchun ochiq va onlayn musobaqada ishtirok etish istagidagi talabgorlar musobaqa yoʻnalishlarini tanlashi lozim.

Gʻoliblar qanday taqdirlanadi?

Gʻolib jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadilar va ularda xalqaro arenalarga chiqish imkoni paydo bo’ladi.

Qanday hujjat topshiriladi?

Musobaqada ishtirok etish istagida boʼlgan yoshlarning arizalari www.robochallenge.uz rasmiy sayti orqali qabul qilinadi.

Musobaqaning rasmiy saytida barcha maʼlumotlar berib oʻtilgan, u yerda ism sharifingiz, tugʼilgan yilingiz va sanasi hamda fuqaroligingizni tasdiqlovchi xujjat (pasport yoki guvohnoma nusxasi) fotosurat va mobil raqamingizni toʻliq va toʻgʻri koʼrsatishingiz lozim.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +998 (97) 444-48-98
E-mail: info@robochallenge.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!