×

Oʻzbekiston: Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Ipak yoʻli xalqaro turizm universiteti magistraturasida oʻqish uchun 10 ta grant ajratildi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1974 marta

CHOP ETILGAN

06.08.2021

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va San’atni rivojlantirish jamg’armasi Samarqanddagi Ipak yoʻli turizm xalqaro universitetida muzeyshunoslik boʻyicha bir yillik “MA in Museum Studies” magistrlik dasturida oʻqish uchun 10 ta grant taqdim etishini eʼlon qildi. Grant 10 nafat talabaga tanlov asosida beriladi.

Muzey madaniyati, koʻrgazmalari va tijorati sohasida mamlakatimizning muzey ishi boʻyicha mutaxassislarni jiddiy tayyorlashga moʻljallangan birinchi magistrlik dasturi hisoblanadi. Mazkur oʻquv dasturiga kurator, oʻqituvchi va yozuvchi, ekspert-maslahatchi Sara Reza rahbarlik qiladi. Sanʼat, savdo va huquq sohasida taniqli mutaxassis Jeffri Boloten bilan birgalikda ular turli mintaqa va mamlakatlarning talabalari uchun ushbu kursni oʻtash va xalqaro darajadagi diplomni olish imkoniyatini beradigan moslashuvchan format yaratdilar.

Tanlov bosqichlari:

1. Grant dasturida qatnashish uchun BU YERDA ariza topshiriladi. Bunda quyidagi hujjatlarni topshirish kerak:

  • Bakalavriat diplomi ilovasi nusxasi (ingliz tiliga tasdiqlangan tarjimasi).
  • Bitta tavsiyanoma (oldingi oʻqituvchi, murabbiy, rahbar yoki professional maslahatchi tomonidan, qarindoshlarning tavsiyanomalari qabul qilinmaydi).
  • 500 ta soʻzdan iborat motivatsiya xati (ushbu kursga ariza berish sabablari va kelajakdagi maqsadlari)

2. Ikkinchi bosqichga oʻtgan ishtirokchilarning komissiya bilan yuzma-yuz suhbat qiladi.

Nomzodlarni tanlash mezonlari:

  • birinchi oliy maʼlumot olish toʻgʻrisidagi (bakalavriat) diplomning mavjudligi;
  • ingliz tilini bilish (B2-C2 ni bilish darajasi);
  • akademik koʻrsatkichi;
  • ilmiy va tadqiqot ishlari;
  • umumiy zakovati;
  • tahlil qilish qobiliyati;
  • tashkilotchilik qobiliyati;
  • rivojlanish motivatsiyasi;
  • ijtimoiy faollik;
  • tanlangan mutaxassislikning ahamiyati va afzalliklari hamda uning mamlakatda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirishdagi rolini tushunishi.

Nomzodlar uchun umumiy shartlar:

Ishtirokchilar bir vaqtning oʻzida bir nechta grant dasturlari gʻolibi boʻla olmaydi;

Jamgʻarma nomzod tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, tanlov natijalarini istalgan bosqichda bekor qilish huquqiga ega;

Grant dasturi gʻolibi taʼlim (magistr) darajasini olgandan soʻng uch oy ichida Jamgʻarmaning stipendiya komissiyasi qarori bilan madaniyat va sanʼat muassasalariga ishga joylashtiriladi. Ishlash muddati: kamida bir yil.

Tanlovning umumiy taqvimi:

  • 2021-yil 5-sentyabrgacha – grant dasturiga arizalarni qabul qilish;
  • 2021-yil 7-sentyabrgacha – birinchi bosqich arizalarini koʻrib chiqish;
  • 2021-yil 7-sentyabr – birinchi bosqich natijalarini eʼlon qilish;
  • 2021-yil 8-sentyabr – ikkinchi bosqichga oʻtgan ishtirokchilarning komissiya bilan yuzma-yuz suhbati;
  • 2021-yil 9-sentyabr – tanlov natijalarini sarhisob qilish;
  • 2021-yil 10-sentyabr – gʻoliblarni eʼlon qilish

Boʻlajak talabalar bakalavr darajasiga ega boʻlishi va Samarqanddagi Ipak yoʻli turizm xalqaro universitetining “MA in Museum Studies”  muzeyshunoslik dasturiga qabul qilinganligi haqida maʼlumotnomaga ega boʻlishi lozim. “MA in Museum Studies” dasturiga arizalar BU YERDA qabul qilinadi.

Kurs sanʼat sohasida bilimlarga ega boʻlgan talabalarga moʻljallangan boʻlsada, Jamgʻarma turli tajribaga ega boʻlgan nomzodlarni koʻrib chiqish uchun ochiq.

Grant uchun arizalar BU YERDA topshiriladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!