×

Oʻzbekiston: mobil ilova yaratib, Apple MacBook Air 13 yutib oling!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2083 marta

CHOP ETILGAN

21.01.2021

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: Mobil ilova yarata oluvchi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar uchun

Ariza topshirish muhlati: 2021-yil 5-fevralgacha (5-fevralda ham topshirish mumkin)

Yoshlar ishlari agentligi beshta muhim tashabbus doirasida yosh va izlanuvchan dasturchilarni jalb etgan holda Alisher Navoiyning boy merosini o’rganishni keng targ’ib etish maqsadida Alisher Navoiy asarlarining mobil ilovalarini yaratish bo‘yicha tanlovni e’lon qildi.

Tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan, dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Siz yaratgan mobil ilova(Android) quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Sifatli, yoshlarbop UI/UX dizayn;
  • Alisher Navoiy ijodi namunalari: Xamsa, dostonlar, g’azallar (lotin yozuvida).

Tanlov g’oliblari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholanadi hamda g’oliblar Apple MacBook Air 13 va diplom bilan mukofotlanadi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan dasturchilar 2021-yil 5-fevralgacha jamoa a’zolari, bog‘lanish uchun telefon raqam, mobil ilova va mobil ilova haqida 200 so‘zdan oshmagan ma’lumotlarni tanlovlar@yoshlar.gov.uz manziliga yuborishingiz talab etiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!