Qayerda: Oʻzbekiston
Kim uchun: IT sohasida tahsil olayotgan universitet va litsey/kollej talabalari uchun
Hujjat topshirish muhlati: 2019-yil 30-oktabrgacha
Umumiy maʼlumot: Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, TATU qoshidagi akademik litseyning iqtidorli talaba va oʻquvchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasini eʼlon qildi.
Ushbu stipendiyani qoʻlga kiritish uchun ishtirok etishi mumkin boʻlgan taʼlim muassasalari va stipendiya beriluvchi talaba/oʻquvchilar soni quyidagicha:
- TATUda 5 nafar talabaga beriladi
- TATU filiallarining har birida 2 nafardan talabaga beriladi
- Toshkent shahridagi INHA universitetida 3 nafar talabaga beriladi
- TATU va uning filiallari qoshidagi akademik litseylarning har birida 1 nafardan oʻquvchiga beriladi
- Vazirlikka biriktirilgan kollejlarning har biriga 1 nafardan oʻquvchiga beriladi
Sitpendiya miqdori: Vazirlik stipendiyasining yil davomida beriladi va uning bir oylik miqdori TATU va uning filiallari hamda Toshkent shahridagi INHA universiteti talabalari uchun eng kam oylik ish haqi (EKOIH)ning 5 barobariga, kollej va litsey oʻquvchilari uchun esa EKOIHning 2 barobariga teng.
Hujjat topshirish jarayoni: Nomzodlar fanlarni oʻzlashtirishdagi yuqori koʻrsatkichlari, olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, tanlovlarda tashabbus koʻrsatganliklari hamda namunali xulqi va intizomi boʻyicha saralab olinadi. Hujjatlar 2019-yilning 30-avgustigacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Qanday hujjatlar kerakligini bilish va onlayn ariza topshirish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.
Eslatib oʻtamiz, nomzodlar hujjjat topshirishidan oldin stipendiya Nizomi bilan tanishib chiqishi kerak.