×

Oʻzbekiston: Open Data Challenge 2019; Mukofot fondi – 10 000 AQSh dollar!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

2459 marta

CHOP ETILGAN

09.11.2019

Qayerda: Toshkent, O‘zbekiston

Kim uchun: Barcha uchun

Ariza topshirish muddati: 2019 yil 1-dekabr

Asosiy ma’lumot: Ochiq maʼlumotlar boʻyicha hakaton mazkur sohada professional hamjamiyatni rivojlantirish, Davlat va munitsipal hokimiyat organlari vakillari, shuningdek, hakaton qatnashchilarining tegishli vakolatlarining rivojlantirish, Davlat va mahalliy ochiq maʼlumotlarning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini amalga oshirish maqsadida Open Data Challenge 2019 tanlovi o‘tkazmoqda.

Tadbir davomida ochiq maʼlumotlardan foydalanib, raqamli gʻoya (dastur, xizmat, qurilma) yaratish imkoni mavjud.

Tanlovda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ishtirok etish mumkin:

  1. Davlat sektori uchun.
  2. Ijtimoiy soha uchun.
  3. Biznes uchun.
  4. Ma’lumotlarni yaratish va tahlil etish uchun.

Manfaatli jihatlari: 

G‘oliblarga umumiy fondi 10 000 AQSh dollarlik sovrinlar topshiriladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar: 

Barcha dasturchilar va dasturlashga qiziquvchilar bu tanlovda qatnasha oladi.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar: 

Tanlovga hujjat topshirish 2019-yil 1-dekabrgacha shu yerda amalga oshiriladi. Tanlov boʻyicha 16-noyabr kuni Toshkentda Boot Camp oʻtkaziladi.

Tanlov 2019-yil 1-dekabr kuni boshlanib, 15-dekabrgacha 3 bosqichda bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar oʻsha kuni e’lon qilinadi. Bu haqida batafsil ma’lumot: shu yerda.

Ma’lumot uchun: info@datahack.uz elektron pochtasi yoki +998 71 209 11 99 telefon taqamiga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!