×

Oʻzbekiston: Oʻqish uchun umumiy qiymati 180 million soʻmlik grant eʼlon qilindi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1032 marta

CHOP ETILGAN

17.12.2020

“NCC Education”ning Toshkentdagi Buyuk Britaniya kampusi – GRBS, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) bilan hamkorlik shartnomasi asosida International Foundation (L3IFDHES) dasturi uchun qishki qabulni e’lon qildi. International Foundation dasturini muvaffaquyatli tamomlagan talabalar 2021-yilning sentyabridan boshlab Turin Politexnika Universitetida toʻgʻridan-toʻgʻri 2-kursga qabul qilinadi va oʻqishlarini davom ettirishadi.

International Foundation dasturida tahsil olish uchun umumiy qiymati 180 million soʻmlik grant ham taklif etilmoqda. Bunda oʻz vaqtida hujjat topshirgan va grant uchun munosib koʻrilgan har bir nomzodga 6 million soʻmdan mablagʻ ajratiladi. Mazkur mablagʻ kontrakt summasiga chegirma sifatida taqdim etiladi.

Agar siz:

  • Ingliz tilini talab darajasida bilsangiz;
  • Toshkentdagi Italiyaning eng yaxshi universitetlaridan birida xalqaro ta’lim olishni istasangiz;
  • 2021-yil sentyabr oyida TTPUning ikkinchi kursida o’qishni istasangiz;
  • 6 000 000 so’m* miqdorida grant olmoqchi bo’lsangiz, dunyo bo’yicha tan olingan Level 3 International Foundation Diploma for Higher Education Studies – L3IFDHES dasturi aynan siz uchun.

International Foundation dasturini 2021-yil yanvarda boshlang va sentyabr oyida Toshkentdagi Turin Politexnika Universitetida ikkinchi kursda davom eting.

* Birinchi o’qish yili uchun 6 000 000 so’m miqdorida grant olish shartlari:

  • O’rta ma’lumotning mavjudligi (11 yillik maktab, litsey, kollej)
  • Ingliz tili darajasi Upper-Intermediate darajasida yoki
  • CEFR B2 / IELTS 5.5 / TOEFL 87-109 / PTE 43-50 sertifikatlarining biri mavjudligi.

Qabul joylari cheklangan. Qabul “First come first served” tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun: www.grbs.uz/admission

Savollar va batafsil maʼlumot yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

+998 78 129 19 19
+998 90 188 56 86

Email: info.tashkent@grbs.com

GRBS manzili: 100077, Toshkent shahri, Mirzo-Ulug’bek tumani, Buyuk Ipak Yo’li ko’chasi 2, GRBS® Toshkent Xalqaro kampusi.

GRBS ijtimoiy tarmoq sahifalari:

Instagram
Telegram
Facebook

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!