Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi konferensiyaning oʻtkazilish muddati yaqinlashmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-mart kuni “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonida koʻzda tutilgan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida 2020-yil 15-may kuni “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida onlayn konferensiya tashkil etilmoqda.
Barcha olimlar, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar, jurnalist va blogerlarni onlayn konferensiyaga taklif etiladi.
Konferensiya haqida qisqacha maʼlumot:
Konferensiyani oʻtkazish sanasi: 15.05.2020
Konferensiyani oʻtkazish vaqti: 14:00
Konferensiya platformasi: Zoom
Konferensiya platformasi soat 13:45 dan ochiq boʻladi
Konferensiya tillari: oʻzbek, ingliz va rus tillarida olib boriladi.
Konferensiyada tezis chop etish: Bepul
Tezislar qabul qilishining oxirgi muddat: 15-may
Konferensiyaga kirish uchun SHU YERGA bosing (konferensiyaga 15-may kuni 13:45 dan boshlab kirish mumkin).
Tezislar bfa.konferenciya@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Murojaat uchun:
Tel/faks: +998 71 237-48-32
Veb-sayt: www.bfa.uz