×

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki: Butunjahon jamg‘arish kuni doirasida yoshlar o‘rtasida videoroliklar tanlovi; mukofot – iPad va kumush tangalar!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

1597 marta

CHOP ETILGAN

17.10.2019

Qayerda: Toshkent, O‘zbekiston

Kim uchun: O‘quvchi va talabalar uchun

Ariza topshirish muddati: 2019 yilning 28-oktabrgacha

Asosiy ma’lumot: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Butunjahon jamg‘arish kuni doirasida yoshlar o‘rtasida videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

Siz o‘z kuchingizni quyidagi ikki mavzuning birida sinab ko‘rishingiz va videorolik yaratishingiz mumkin:

  • «Jamg‘arma qanday qilib boy bo‘lishga yordam beradi?» (maktab o‘quvchilari uchun)
  • «Jamg‘armani banklarda saqlagan yaxshi» (talabalar uchun)

Manfaatli jihatlari: 

G‘oliblar quyidagi sovrinlarga ega bo‘ladi:

1 o‘rin: iPad Air plansheti;

2-3 o‘rin: Markaziy bank kumush tangalari.

Videoroliklarga qo‘yilgan talablar:

  • Tanlov mavzularidan biriga mos kelishi;
  • Videorolik tili: o‘zbek yoki rus tillarida;
  • Davomiyligi 1-1,5 daqiqa;
  • Formati: AVI, MPEG-4 va boshqalar.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar: 

Tanlovga ariza va ishlar 2019 yilning 15 oktyabridan 28 oktyabriga qadar cbu.savingsevent@gmail.com yoki international@cbu.uz elektron manziliga yuborilishi (xat mavzusida «Videoroliklar tanlovi» deb ko‘rsatilishi lozim), shuningdek axborot tashuvchi moslamalarda Markaziy bankka bevosita taqdim etilishi lozim.

Tanlov 2 bosqichda bo‘lib o‘tadi:

  1. Hakamlar har bir mavzu bo‘yicha uchta (3) eng yaxshi ishni tanlab oladi.
  2. Tanlovning eng yaxshi o‘chta ishi 2019 yilning 30 oktyabrida Markaziy bankning telegram kanaliga ovoz berish uchun joylashtiriladi.

G‘oliblar har bir mavzu bo‘yicha berilgan ovozlar soniga qarab aniqlanadi.

Videorolikni tanlashda asosiy mezonlar sifatida ishingizga bo‘lgan ijodiy yondashuvingiz, uni ma’lumotlilik darajasi va o‘ziga xosligiga alohida e’tibor qaratiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99871 212-61-95, +998 71 212-60-71

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!