×

Toshkentdagi bir qancha universitet talabalari uchun Markaziy bankning maxsus stipendiyasiga taʼnlov eʼlon qilindi!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2610 marta

CHOP ETILGAN

06.09.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qildi.

Ushbu stipendiya Toshkent shahrida joylashgan:

  • Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti;
  • Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
  • Toshkent Moliya instituti;
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
  • Toshkent shahridagi INHA universiteti;
  • Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetida bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroiqtisodiyot, statistika yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriatning kunduzgi boʻlimining soʻnggi kursida (4-kursda) hamda magistraturada taʼlim olayotgan talabalarga tanlov asosida tayinlanadi.

2022/2023 oʻquv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 2022-yil 3-oktyabrdan tayinlanadi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2022-yil 6-9-sentyabr, koʻrib chiqish va tanlov muddati – 12-sentyabr – 20-sentyabr.

Markaziy bank stipendiyasi respublika hududida oʻrnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Stipendiya sohiblari Markaziy bankning tegishli tarkibiy boʻlinmalarida har kunlik (kuniga 3 soatgacha, haftada koʻpi bilan 15 soatdan oshmagan holda) amaliy malaka oʻtaydilar.

Markaziy bank stipendiyasini tayinlash uchun quyidagi mezonlar belgilanadi:

  • oʻquv jarayonida (soʻnggi semestr natijalariga koʻra) yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlishi;
  • (IELTS – 6.5) sertifikatiga ega boʻlganlar ingliz tili testidan ozod etiladi;
  • iqtisodiyot boʻyicha xalqaro yoki respublika olimpiadasi gʻolibi yoki sovrindoriga ustuvorlik beriladi.

Markaziy bank stipendiyasiga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

  • maʼlumotnoma (obyektivka), rangli rasm;
  • pasport nusxasi;
  • nomzodning reyting (sinov) daftarchasi nusxasi;
  • Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun oʻrnatilgan tartibda fanlarni oʻzlashtirish bali toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
  • nomzodning chet tilini oʻzlashtirganligini tasdiqlovchi hujjatlar, ilmiy ishlanmalari, ilmiy konferensiya va seminarlarda ishtirok etgan maʼruza tezislari va chop etilgan maqolalari (agar mavjud boʻlsa).

Zarur hollarda hujjatlarning asl nusxalari talab etiladi.

Barcha hujjatlar kopiyasi (fayl yigʻmajildida) talaba tahsil olayotgan universitet yoki institutning rektoratiga 2022-yil 9-sentyabrgacha topshiriladi.

Stipendiatlar oʻz xohishiga koʻra, oliy oʻquv yurtlarini bitirganlaridan soʻng bank tizimiga ishga joylashtiriladi.

Stipendiatlar bakalavriatni tugatganidan soʻng, Markaziy bankka ishga kirgan taqdirda, tegishli xalqaro moliya institutlariga tajriba almashish va mutaxassislik boʻyicha magistratura yoki PhD yoʻnalish boʻyicha oʻqish uchun xorijga umumiy tanlov asosida yuborilishi mumkin.

Bogʻlanish uchun telefon raqamlari (71) 212-6044, 212-6065

Toʻliq maʼlumot yuqorida sanalgan Oliy taʼlim muassasalari veb-saytida joylashtirilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!