×

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining stipendiyasiga tanlov e’lon qilinadi


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

3122 marta

CHOP ETILGAN

31.08.2019

Qayerda? O‘zbekiston

Kim uchun? Bank va axborot texnologiyalari bakalavriat va magistratura talabalari uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2019-yil 15-sentabrgacha

Asosiy malumot: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasi oliy ta’lim muassasalari bank va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriaturaning kunduzgi bo‘limi oxirgi kursida hamda magistratura bosqichida ta’lim olayotgan, tanlov asosida saralab olinadigan talabalarga tayinlanadi.

2019/2020 o‘quv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 1 oktyabrdan boshlab tayinlanadi.

Grantning manfaatli jihatlari

Markaziy bank stipendiyasi respublika hududida o‘rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • o‘quv jarayonida (so‘nggi semestr natijalariga ko‘ra) yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi;
  • davlat tili, rus tili va bitta xorijiy tilni mukammal bilish talab qilinadi;
  • IELTS – 7.0 / TOFFL – 94 sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar ingliz tili test sinovidan ozod etiladi;
  • bank va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro yoki respublika olimpiadasi g‘olibi yoki sovrindoriga ustuvorlik beriladi.

Hujjat topshirish jarayoni

Hujjatlarni qabul qilish muddati – 2019 yil 5 – 15 sentyabr, ko‘rib chiqish va tanlov muddati16 sentyabr – 25 sentyabr.

Bog‘lanish uchun telefon raqamlari: (71) 212-6064, 212-6044.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!