×

O‘zbekiston Respublikasi: “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusidagi “Eng yaxshi maqola tanlovi”; mukofot fondi – 16 million soʻm!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

4680 marta

CHOP ETILGAN

18.10.2019

Qayerda: O‘zbekiston

Kim uchun: OTM talabalari uchun

Ariza topshirish muddati: 2019 yilning oktabr oyining ikkinchi oʻn kunligi

Asosiy ma’lumot: Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi maqola” tanlovi o‘tkazilmoqda. Batafsil ma’lumot: shu yerda.

Manfaatli jihatlari: 

“Eng yaxshi maqola” tanlovi bo‘yicha uchinchi respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalarning ishlari maxsus toʻplamda chop etiladi, vazirlikning maxsus diplom va Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanadi hamda gʻoliblar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

  • 1 o‘rin: 7 000 000 (yetti million so‘m).
  • 2 o‘rin: 5 000 000 (besh million so‘m).
  • 3 o‘rin: 3 000 000 (uch million so‘m).

Qo‘yilgan talablar:

  • Nomzod Oʻzbekisnon OTMlaridan biri talabasi boʻlishi kerak.
  • Maqola tanlov mavzusi va talablariga mos kelishi lozim.
  • Maqola o‘zbek, ingliz yoki rus tillarida boʻlishi kerak.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar: 

Tanlov uch bosqichda boʻlib oʻtadi:

Birinchi bosqich – OTM akademik guruhlari miqyosida – 2019-yil 10-20-oktabr.

Ikkinchi bosqich – OTM fakultetlari miqyosida – 2019-yil 1-10-noyabr.

Uchinchi bosqich – Respublika miqyosida – 2019-yil 1-10-dekabr.

Dastlabki birinchi va ikkinchi bosqich uchun OTM rahbariyatiga koʻrsatilgan muddatlarda maqolalrni topshirish lozim. Ikki bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan ishlar Respublika bosqichi uchun 2019 yilning 25 noyabriga qadar Oliy va oʻra maxsus ta’lim vazirligi qoshida tuzilgan Tashkiliy qoʻmitaga topshiriladi.

Maqolalarga qoʻyilgan talablar:

  1. Maqola 8-10 betdan kam boʻlmasligi lozim.
  2. Mavzuning mavzu-mohiyati toʻliq ochib berilishi kerak.
  3. Ijodiy ish imlo va stilistik jihatdan toʻgʻri yozilishi kerak.
  4. Ishni yozishda adabiyotlardan foydalanish, tahlil qilish va mustaqil yondashuv bildirish lozim.
  5. Mavzuda oid oʻziga xos ijodkorlik boʻlishi kerak.
  6. Ishda hayotiy misollardan foydalanish lozim.
  7. Mavzuga oid masalalar va ularning yechimlari keltirilishi lozim.
  8. Ishda oʻzbek, rus va ingliz tilida kalit soʻzlar va annotatsiyalar boʻlishi zarur.

Maqolaga qoʻyilgan har bir talab baholash mezonlariga asos boʻlib xizmat qiladi va 10 balldan jami 80 ballik tizimda baholanadi.

Tanlov haqidagi barcha talablar, saralash mezonlari haqida: tanlov nizomida batafsil tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!