×

Oʻzbekiston: “Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bog‘liq!” mavzusida publisistik maqolalar tanlovi!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1786 marta

CHOP ETILGAN

29.09.2021

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: 18-30 yoshlilar uchun

Maqola topshirish muhlati: 2021-yil 12-oktabrgacha

Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bog‘liq!” mavzusida publisistik maqolalar tanlovini eʼlon qildi. Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha oʻz maqolasi bilan qatnashishi mumkin.

Tanlovning maqsadi – yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hamda huquqiy bilimlarini oshirish va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish.

Mukofotlar

Tanlov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi va ular quyidagicha taqdiranadi:

  • 1-o‘rin uchun noutbuk.
  • 2-o‘rin uchun smartfon.
  • 3-o‘rin uchun kitoblar jamlanmasi.

Tanlovda ishtirok etish tartibi

  • Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar qatnashishi mumkin.
  • Maqolalar tanlovida ishtirok etish uchun dastavval @yoshlarittifoqi_uz kanaliga a’zo bo‘lish lozim.
  • Ishtirokchilar @maqolalar_tanlovibot telegrambot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
  • Ro‘yxatdan o‘tishda faqat lotin alifbosidan foydalaniladi.
  • @maqolalar_tanlovibot telegrambot manzili orqali maqoalalar yuklanadi.

Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar uchun  talablar

  • Tanlov ishtirokchisining maqola matni to‘liq 3-5 bet hajmda elektron ravishda topshirilishi lozim.
  • Maqola matni Microsoft Word (Word 2013-2016) dasturida Times New Roman (o‘zbek tilida), shrifti 14 kegel kattaligida, matn 1,5 intervalda, chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqoridan va pastdan 2,5 mm joy qoldirilgan holatda bo‘lishi lozim; maqola mavzusi bosh harflarda ko‘rsatiladi, undan bir qator pastda muallifning ismi va sharifi bosh harflari va familiyasi, o‘qish yoki ish joyi va lavozimining to‘liq nomi ko‘rsatiladi, undan 2 interval tashlab matn keltiriladi.
  • Matn texnik va stilistik tahrir qilingan bo‘lishi kerak.
  • Tanlovga taqdim etilgan maqolalar matnida plagiat mavjudligi Tashkiliy qo‘mita tomonidan tekshiriladi.

Tanlovni onlayn tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi

Tanlovni o‘tkazish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakillaridan iborat Tashkiliy qo‘mita tuziladi.

Tanlov uchun Ekspertlar guruhi shakllantiriladi.  Qabul qilingan maqolalar Ekspertlar guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi. Oktabr oyida g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Tanlov g‘oliblarini aniqlash

Tanlov g‘oliblari Ekspertlar guruhi tomonidan 20 ballik tizimda, quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:

  • Maqolada orfografik va grammatik xatolarning mavjudligi – 5 ball;
  • Maqolaning uslubiy jihatdan to‘g‘riligi – 5 ball;
  • Maqolada belgilangan mavzu va g‘oyaning to‘liq ochib berilganligi – 5 ball;
  • Maqolaning ta’sirchanligi va originalligi – 5 ball.

Taqdim etiladigan maqolalar g‘oyasi huquqiy-normativ hujjatlarga zid bo‘lmasligi lozim.

Tanlov Nizomi bilan BU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!