×

O‘zbekiston: Talabalar uchun ijodiy ishlar tanlovida qatnashing va 1 000 AQSh dollar mukofot yoki O‘mon sultonligiga sayohat qilish imkoniyatni qo‘lga kiriting!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

3254 marta

CHOP ETILGAN

05.10.2019

Qayerda: Toshkent, O‘zbekiston

Kim uchun: Talabalar uchun

Ariza topshirish muddati: 2019 yilning 21-25oktabr

Asosiy ma’lumot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi elchixonasi tomonidan “Diniy bag‘rikenglik — o‘zaro tushunish, tinch-totuv yashash!” mavzusida ko‘rgazma tashkil etilmoqda.

Ko‘rgazma doirasida turli tadbirlar rejalashtirilgan:

  • O‘mon Sultonligi haqidagi rasmlar ko‘rgazmasi;
  • Soya san’ati namoyishi;
  • Arab xattotlik san’ati ko‘rgazmasi;
  • O‘mon Sultonligi madaniyati kitoblar ko‘rgazmasi;
  • Amaliy san’at namoyishi;
  • “Bag‘rikenglik uchun men nima qildim?” mavzusida talabalar viktorinasi;
  • Diniy qo‘shiqlar ohangi;
  • Qum bilan rasm chizish san’ati namoyishi;
  • O‘mon Sultonligi madaniyati fotolar ko‘rgazmasi.

 Ko‘rgazmada talabalar o‘rtasida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkaziladi. Unda talabalar “Biz sizlarni o‘zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib yaratdik”, “Ota-onangga muloyim va do‘stona munosabatda bo‘l!”, “Insonlarga odob bilan munosabatda bo‘ling!”, “O‘zingizga ravo ko‘rgan narsani boshqalarga ham ravo ko‘r!”, “Senga ishonganlarning ishonchiga munosib bo‘l!” kabi ezgu g‘oyalarni aks ettirgan mualliflik surat, bir daqiqalik videorolik yoki har qanday zamonaviy san’at asari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Manfaatli jihatlari: 

G‘olib 1000 AQSh dollari miqdoridagi yutuqqa ega bo‘ladi. Shuningdek, ko‘rgazmaning eng faol 4 nafar ishtirokchisi 16 noyabr — “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan O‘mon Sultonligiga 5 kunlik sayohatga borish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

Tanlovda yurtimizdagi istalgan OTM talabasi o‘zining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishi mumkin.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar: 

Tanlovga nomzodlar o‘z ijodiy ishlarini 2019 yilning 21 oktyabriga qadar O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasiga taqdim etishlari lozim.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: shu yerda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!