×

Oʻzbekiston: Technovation Girls 2020; G‘oliblar San-Fransiskoga safar va sovrinlarga ega bo‘ladi!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

2124 marta

CHOP ETILGAN

12.11.2019

Qayerda: O‘zbekiston

Kim uchun: 10-18 yoshdagi qizlar uchun

Ariza topshirish muddati: 2019 yil 1-dekabr

Asosiy ma’lumot: Innovatsion Rivojlanish Vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Ilg‘or Texnologiyalar Markazi, Toshkentdagi Inxa Universiteti hamkorlikda Technovation Girls 2020 tanlovini o‘tkazmoqda. Technovation tanlovi 2010-yildan buyon dunyoning 100dan ortiq mamlakatlarida, 2016-yildan buyon esa O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda.

Har yili Technovation butun dunyo bo‘ylab qizlar jamoalari uchun ta’lim tanlovini tashkil qiladi. Dastur ishtirokchilar uchun to‘liq bepul bo‘lib, u Google, Yahoo, Adobe, Intel, Oracle, Dropbox, UN va UN Women kompaniyalarining ko‘magida amalga oshirilmoqda. Dasturni O‘zbekistonda Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi qo‘llab-quvvatlamoqda.

Qizlar o‘z hamjamiyatlaridagi muammolarni payqash va ularni texnologiyalar yordamida hal etishni o‘rganadilar (mobil ilova yaratishadi, loyihaning biznes-rejasini yozishadi, loyiha haqida video tasvirga olishadi va uni tanlov finalida taqdim qilishadi).

Loyiha maqsadi: qizlarda (10-18 yosh) tanqidiy fikrlash, tadbirkorlik va dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirish. Ushbu loyiha ishtirokchilarning va barcha jalb etilgan tomonlarning texnika sohalariga bo‘lgan qiziqishini, texnik kasblarda faoliyat ko‘rsatuvchi qizlar foizini oshiradi.

Dastur faqat ingilz tilida bo‘lib, dasturlashni bilishni talab etmaydi.

Manfaatli jihatlari: 

O‘zbekistondan eng yaxshi jamoa qimmatbaho sovrinlarga ega bo‘ladi va San-Fransiskoga safarni yutib chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritadi!

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar: 

  1. Barcha 10-18 yoshdagi qizlar bu tanlovda qatnasha oladi.
  2. Tanlov ingliz tilida bo‘ladi, shu sababli ishtirokchilar ingliz tilini yaxshi bilishlari kerak.
  3. Tanlovda qatnashish uchun dasturlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab qilinmaydi.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar: 

Tanlovga hujjat topshirish 2019-yil 1-dekabrgacha amalga oshiriladi. Tanlovda murabbiy yoki ishtirokchi sifatida qatnashish mumkin.

Hujjat topshirish quyidagicha amalha oshiriladi:

  1. Dastlab shu yerda ro‘yxatdan o‘ting.Bu yerda murabbiy yoki ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
  2. Keyin shu yerda xalqaro bosqich uchun ro‘yxatdan o‘tish kerak.
  3. 3-5 nafar a’zolardan iborat komanda to‘plang yoki murabbiy sifatida guruh yig‘ishingiz mumkin.
  4. Googledan Cirriculumni o‘rganing va yangi g‘oya uchun loyiha tayyorlang.
  5. Tanlovning O‘zbekistondagi bosqichi noyabrda boshlanadi va 2020-yil may oyigacha bo‘lib o‘tadi.
  6. 2020-yil aprelgacha o‘z loyihalarini taqdim etgan guruhlar O‘zbekistondagi taqdirlash marosimiga taklif etiladilar va sovrin-mukofotlar bilan taqdirlanadilar.

Tanlov 2019-yil 1-dekabr kuni boshlanib, 2020-yil may oyigacha bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar 2020-yil may oyida e’lon qilinadi. Tanlov shartlari haqida batafsil ma’lumot: shu yerda va shu yerda.

Ma’lumot uchun: @ technovation_uz telegram kanaliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!