Asosiy ma’lumot: Belarus Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ikki tomonlama diplom (double degree) beriladigan qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. 2018-2019-oʻquv yilida Oʻzbekiston va Belarus Respublikasi hamkorlida 3 ta oliy ta’lim muassasalarida qoʻshma fakultetlar ochilgan boʻlsa, 2019-2020-oʻquv yilidan boshlab, 18 ta oliy ta’lim muassasalarida qoʻshma ta’lim tashkil etildi. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti va Belarus Respublikasidagi Vitebsk davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik a’lo darajada olib borilmoqda.
Joriy yildan boshlab, institutimiz Vitebsk davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlikda 5320900 Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi charm, moʻyna buyumlari va teri va moʻynaga ishlov berish yoʻnalishida sirtqi ta’lim uchun abituriyentlarni qabul qilmoqda.
Grantning manfaatli jihatlari
Dasturda ta’lim olish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- Oʻqish muddati 5 yil.
- Dastur 2+2+1 shaklda olib boriladi.
- Talabalar 1,2,5 kurslarni Oʻzbekistonda oʻqiydilar.
- Talabalar 3 va 4 kurslarda Belarus Respublikasida ta’lim olishadi.
- Nomzodlar yotoqxona bilan ta’minlanadi.
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Oʻzbekistonlik nomzodlar ariza bera oladilar
- Nomzod Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti va Belarus Respublikasidagi Vitebsk davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlikda 5320900 Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi charm, moʻyna buyumlari va teri va moʻynaga ishlov berish yoʻnalishida sirtqi ta’lim kuriga hujjat topshirishi kerak.
- Abituriyentlardan rus tilini bilish talab etiladi.
- Nomzod tanlangan kursning maxsus talablariga mos boʻlishi kerak.
- Nomzoddan attestat/kollej/litsey diplomi va ilovasi soʻraladi.
Hujjat topshirish jarayoni
Hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 25-iyulidan 10-avgustiga qadar davom etadi.
Taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati:
- Diplom(ilovasi bilan)
- Pasport nusxasi
- 86 tibbiy ma’lumotnoma
- 3×4 rasm
- OITS kasalligi mavjud emasligi haqida ma’lumot
Eslatib oʻtamiz hujjatlar rus tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlangan holda taqdim etilishi kerak. Abituriyentlardan rus tilini bilish talab etiladi.
Bizning manzil:
Manzil: Toshkent shahri, Shohjahon koʻchasi 5-uy
Мoʻljal: Uzsanoatqurilishbank
Маrshrut yoʻnalishi: 32, 77, 98-avtobus yoʻnalishlari
Telefon: 0371-253-32-02
Faks: 0371-253-32-02
Web-sayt: http://titli.uz/