×

Oʻzbekiston va Fransiya: Multikomfort ot Saint-Gobain 2020; G`oliblar Parijga sayohat qiladi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

2677 marta

CHOP ETILGAN

11.11.2019

Qayerda: Toshkent, O‘zbekiston

Kim uchun: Barcha uchun

Ariza topshirish muddati: 2019-yil 16-dekabrdan boshlanadi.

Asosiy ma’lumot: Toshkent arxitektura va qurilish institutining kovorking markazida Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan “Multikomfort ot Saint-Gobain 2020” 16-xalqaro talabalar tanlovining milliy bosqichining ochilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda vazirlik mutasaddilari, TToshkent arxitektura va qurilish instituti rahbariyati va talabalari hamda arxitektura va qurilish kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilariga jyuri aʼzolari tanishtirildi, tanlov shartlari, baholash mezonlari eʼlon qilindi, shuningdek, tanlovda ishtirok etish uchun zarur hujjatlar roʻyxati taqdim etildi. Tanlovning maqsadi yurtimizning yosh, iqtidorli arxitektor va dizaynerlarini aniqlash, zamonaviy energiya tejovchi materiallardan foydalangan holda loyihalash koʻnikmalarini hosil qilish, ularning yetakchi xorijiy mutaxassislar tomonidan onlayn taʼlim olishlarini taʼminlashdir.

Xalqaro talabalar tanlovining navbatdagi 16-topshirigʻi — Parij yaqinidagi Saint-Denis (Sen-Deni) shahri hududida turar joylar, taʼlim va dam olish hududlarini oʻzida jamlagan maydon yaratishdan iborat. 2020-yilgi tanlovda Coignet Enterprise sanoat hududini koʻp sonli turar joylar, oʻquv markazlari va dam olish zonalaridan iborat koʻkalamzorlashtirilgan mavzega aylantirilishi koʻzda tutilgan, bunda joyning tarixiy meros obyektlari zarar koʻrmasligi talab etiladi.

Milliy bosqich

— Roʻyxatdan oʻtish (Oʻzbekiston uchun) – 2020-yil 14-fevralgacha;

— Taqdim etilishi zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlar 2021-yilning 10-may kunigacha saytda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.

— 2019-y. 16 – 20-dekabr– ishning 30 foizi qabul qilinadi;

— 2020-y. 20 – 24-yanvar – ishning 50 foizi qabul qilinadi;

— 2020-y. 24 – 28-fevral – ishning 80 foizi qabul qilinadi;

— 2020-y. 18-mart– Toshkent shahrida tanlovning milliy bosqichi finali;

Xalqaro bosqich

“Multikomfort ot Saint-Gobain 2020” 16-xalqaro talabalar tanlovining xalqaro bosqichi Fransiyaning Parij shahrida oʻtkaziladi. Tanlovning xalqaro bosqichi haqidagi maʼlumotlarni Multi Comfort Student Contest Website elektron pochtasi va saytidan olish mumkin.

Manfaatli jihatlari:

Milliy bosqich

1-oʻrin – jamoaning 2 nafar aʼzosi tanlovning xalqaro finaliga yoʻllanma oladi. Parij, Fransiya.

2-oʻrin – pul mukofoti

3-oʻrin – pul mukofoti

Shuningdek, homiylar tomonidan maxsus nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarga beriladigan mukofotlar.

Xalqaro bosqich

1-oʻrin — 1,500 Yevro;

2-oʻrin — € 1,000 Yevro;

3 oʻrin — € 750 Yevro;

Shuningdek, maxsus mukofotlar ham koʻzda tutilgan.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

– 2019-2020 oʻquv yilining barcha 1-6 kurs talabalari ishtirok etishiga ruxsat etiladi. Talabalar uchun stipendiya dasturlari, magistrantlar va talabalar almashinuvi dasturlari ham ishtirok etishi mumkin.

– Ishtirokchilar tanlov davomida oʻzlari oʻqiyotgan universitet va mamlakat nomida qatnashadilar.

– Talabalar yakka tarzda va 2 kishilik jamoa boʻlib ishtirok etishlari mumkin.

– Talaba ikki turli jamoa aʼzosi boʻlishi yoki shu tanlovda ikki xil milliy bosqichlarda ishtirok etishi mumkin emas. Ishtirok etuvchi jamoalar tanlovda faqat bitta loyihani taqdim etishlariga ruxsat beriladi.

– Hakamlar hayʼatining milliy bosqichlardagi qarori apellyatsiya huquqisiz yakuniy hisoblanadi.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar:

Barcha ishtirok etuvchi jamoalar shu yer yoki shu yer orqali roʻyxatdan oʻtishlari kerak.

Onlayn maslahatlar

2019-yilning noyabr oyidan 2020-yilning fevral oyiga qadar bir nechta onlayn konsultatsiyalarni tashkil qiladi. Konsultatsiyalarning sanasi va vaqti boʻyicha maʼlumotlar barcha roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarga yuboriladi va veb-sayt orqali xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun quyidagi manziliga murojaat qiling: Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hududida tanlovning milliy bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazishga masʼul vakil: Svetlana Yumankova.

e-mail: Svetlana.Yumankova@saint-gobain.com 

Tel.: +7 701 026 40 96

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!