×

Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari yoshlari uchun eksklyuziv: 1-yilni Oʻzbekistonda, qolgan 3 yilni Britaniyaning BANGOR UNIVERSITETIDA oʻqib bakalavr diplomini oling!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

4934 marta

CHOP ETILGAN

29.03.2019

Toshkentda oʻz faoliyatini boshlagan Buyuk Britaniyaning NCC Education xalqaro taʼlim muassasasi kampusi O’zbekiston va Osiyoning boshqa davlatlari fuqarolariga Buyuk Britaniyadagi Bangor universitetining bakalavrlik bosqichiga to’g’ridan-to’g’ri kirish imkonini taqdim etuvchi International Foundation Year bir yillik dasturini taklif etmoqda.

Oʻzbekistonda International Foundation Year dastusrini oʻqish menga nima beradi?

Oʻzbekistonda International Foundation Year dasturini muvaffaqiyatli bitirgan talabalar Buyuk Britaniyadagi Bangor universitetiga hech qanday imtihonlarsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri bakalavrlik bosqichiga qabul qilinadi.

Bangor universiteti qanday universitet?

Bangor universitetiga 1884-yil Uels shahrida asos solingan hamda 135 yildan beri sifatli ta’lim beruvchi oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Universitet ta’lim sifati bo’yicha jahon reytinggida 401-o’rinda, Yevropada o’qitish reytinggida esa 76-o’rinda turadi. Ya’ni ushbu universitetning diplomi O’zbekistonda hech qanday maxsus imtihonlarsiz nostrifikatsiya qilinadi (Huquqiy asos: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalеntligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qarori).

International Foundation Year dasturini Bangor universitetining oʻzida oʻqisa ham bo’ladi-ku, aynan Oʻzbekistondagi NCC Education xalqaro taʼlim muassasasi kampusida oʻqish qanday ustunliklarga ega?

Ushbu dasturni Toshkentdagi Britaniyaning NCC Education xalqaro taʼlim muassasasi kampusida o’qish quyidagi ustunliklarga ega:

  • Oʻqish puli (kontrakt) anchagina arzon. Aniq sonlarga murojaat qilinadigan bo’lsa, Toshkentdagi NCC Education xalqaro taʼlim muassasasi kampusida Foundation dasturining kontrakt to’lov 3000 funt sterling (taxminan 3950 AQSh dollari) ga teng. Bangor universitetida Foundation dasturi naxrlari esa (yashash harajatlarini hisobga olmagan holda) 10 000 funt sterling (taxminan 13 ming 304 AQSh dollari) ga teng. Demak, O’zbekistonda o’qish orqali faqatgina kontrakt summasining o’zidan 9844 AQSh dollari tejashingiz mumkin.
  • Buyuk Britaniyada o’qilganda turar joy, transport va oziq-ovqat xarajatlari bir necha barobar qimmatga tushadi. Birgina turar joy misolida olinadigan bo’lsa, Bangor yotoqxonalarida bir haftalik turar joy narxi o’rtacha 90 funt sterling (taxminan 120 AQSh dollari) ga teng. Foundation dasturini O’zbekistonda o’qish yuqorida sanab o’tilgan xarajatlardan anchagina tejash imkonini beradi.
  • Toshkentdagi NCC Education xalqaro taʼlim muassasasi kampusida International Foundation Year dasturini o’qib, olinadigan diplom to’laligicha Bangor universitetining oʻzida shu dasturni oʻqib olinadigan diplom bilan bir xil vakolat, imtiyoz va kuchga ega.
  • Toshkentdagi NCC Education xalqaro ta’lim muassasasi Buyuk Britaniyadagi ta’lim sifatini nazorat qiluvchi hukumat tashkiloti – OFQUAL malaka va imtihon idorasi tomonidan sifatli bilim beradigan tashkilot sifatida e’tirof etilgan va akkreditatsiyalangan. Ya’ni Toshkentdagi Britaniyaning NCC Education xalqaro tayyorlov yili dasturi Oʻzbekistonda, shuningdek Markaziy Osiyoda Buyuk Britaniya hukumati idorasi tomonidan akkreditatsiyalangan va boshqarilayotgan yagona dasturi
  • Oʻzbekistondan boshqa davlatdan NCC Education xalqaro taʼlim muassasasi kampusiga o’qishga keluvchi talablarga ro’yxatdan o’tish va turar joy topishda ko’mak beriladi.

International Foundation Year dasturiga qabul talablari:

  • Nomzod kamida 17 yosh boʻlishi kerak.
  • Nomzod litsey/kollej diplomiga yoki 11-sinf attestatiga ega boʻlishi kerak
  • Til talabi: Nomzodlar Toshkentdagi NCC Education xalqaro taʼlim muassasasi kampusiga 4 ta modul (Reading, Speaking, Listening, Writing) boʻyicha ingliz tilini bilish test – NCC English Placement Test topshirish orqali qabul amalga oshiriladi. Ushbu test va qabul uchun hujjatlarni quyidagi shaharlarda topshirish mumkin: Toshkent, Nukus, Samarqand, Andijon, Xorazm, Buxoro, Namangan, Fargʻona va Qarshi. Test joyi va vaqti haqida batafsil ma`lumot olish uchun maqola oxirida keltirilgan telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ushbu dasturni bitirganimdan keyin Bangor universitetida qaysi yo’nalishlarda oʻqiy olaman?

International Foundation Year dasturini tugatganlar Bangor universitetining quyidagi bakalavrlik yo’nalishlarida o’qishni davom ettira oladi:

  • BA / BSc (Hons) Business Economics
  • BA / BSc (Hons) Business Studies
  • BA / BSc (Hons) Business Studies and Finance
  • BA / BSc (Hons) Business Studies and Marketing
  • BA (Hons) Business and ICT
  • BA / BSc (Hons) Accounting and Finance
  • BA / BSc (Hons) Accounting and Banking
  • BA / BSc (Hons) Accounting and Economics
  • BA / BSc (Hons) Management with Accounting
  • BA (Hons) Management with Banking and Finance
  • BA / BSc (Hons) Marketing
  • BA / BSc (Hons) Banking and Finance
  • BA / BSc (Hons) Business and Law
  • BA (Hons) Financial Economics

O’zbekistonda International Foundation Year dasturini tugatsam, Bangor universitetiga qabul qilinishim qanchalik aniq?

Toshkentdagi Britaniyaning NCC Education xalqaro taʼlim muassasasi kampusida International Foundation Year dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar Bangor universitetiga hech qanday cheklovlarsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinadi. Ya’ni Bangor universitetiga qabul qilinish 100% kafolatlangan.

International Foundation Year dasturini muvaffaqiyatli yakunlash deganda nima tushuniladi?

Bunda talabaning fanlardan o’zlashtirish darajasi 50% ni tashkil qilishi kerak. Mana shu muvaffaqiyatli yakunlash hisoblanadi. Shuningdek, talaba Bangor universiteti bakalavrlik bosqichida o’qishni to’g’ridan-to’g’ri davom ettirishi uchun IELTS dan 6 ball (hech biri 5.5 balldan kam bo’lmagan holda) ga yoki uning muqobili hisoblangan boshqa ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak.

Eslatib o’tamiz, Toshkentdagi NCC Education xalqaro taʼlim muassasasi kampusi Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda Buyuk Britaniya hukumatining rasmiy ta’lim idorasi – Ofqual malak va imtihon idorasi tomonidan akkreditetsiyadan o’tgan o’quv dasturlarini taqdim etuvchi YAGONA ta’lim markazi hisoblanadi.

Qo’shimcha va batafsil ma’lumotlar bilan quyidagi raqamlarga murojaat qilish::

T:  +99878 129 19 19

M: +998 90 188 56 86

Yoki

Toshkentdagi NCC Education xalqaro taʼlim muassasasi kampusiga tashrif buyurish orqali olishingiz mumkin.

QUYIDAGI HAVOLA ORQALI FOUNDATION DASTURIGA ONLAYN ROʻYXATDAN OʻTISHINGIZ MUMKIN: WWW.GRBS.UZ

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko koʻchasi, 21.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!