×

Oʻzbekiston: Xalqaro robototexnika musobaqasi; mukofot fondi – 21 000 AQSh dollar!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

1381 marta

CHOP ETILGAN

22.10.2019

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: 9-16 va 17-23 yoshdagi oʻzbekistonliklar uchun

Hujjat topshirish muhlati: Hujjatlar qabuli tugagan

Rasmiy havola: shu yerda.

29-31 oktyabr kunlari poytaxtimizning “Oʼzekspormarkaz“ milliy koʼrgazma majmuasida yurtimiz tarixida eng yirik xalqaro robototexnika musobaqasi oʼtkaziladi.

“InnoWeek” ikkinchi xalqaro innovatsion gʼoyalar haftaligi doirasida Islom hamkorlik tashkiloti hamda Islom taraqqiyot banki hamkorligida 17-23 yoshdagi ishtirokchilar uchun “The First OIC Robotics Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasi oʼtkaziladi. Unda Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo 24 davlatdan 70 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashadi.

Musobaqaga Singapurdan mutaxassis sifatida doktor professor Ziyo Аhmad taklif etilgan. Shuningdek, Islom hamkorlik tashkiloti Boshqaruv kengashi aʼzosi professor Hasan Basri Аrslon, Islom hamkorlik tashkilotning Ilm-fan va texnologiyalar boʼyicha doimiy qoʼmitasi maslahatchisi doktor Sayid Xurshid Xasanain, Xalqaro robototexnika olimpiya qoʼmitasi prezidenti Kim Jong Xvan, Islom hamkorlik yoshlar forumi prezidenti Taxa Аynanning tadbirlarda ishtirok etishlari kutilmoqda.

Manfaatli jihatlari

Tanlovda gʻolib boʻlgan nomzodlarga quyidagi sovgʻa va imkoniyatlar beriladi:

17-23 yoshdagi ishtirokchilar uchun “The First OIC Robotics Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasining “Robo-futbol” yoʼnalishida:

  • birinchi oʼrin uchun 6000 АQSh dollari
  • ikkinchi oʼrin uchun 4000 АQSh dollari
  • uchinchi oʼrin uchun 2000 АQSh dollari miqdorida mukofotlar beriladi.

“Robo-sumo” yoʼnalishi mukofotlari esa:

  • birinchi oʼrin uchun 5000 АQSh dollari
  • ikkinchi oʼrin uchun 3000 АQSh dollari
  • uchinchi oʼrin uchun 1000 АQSh dollari etib belgilangan.

Bundan tashqari, musobaqa gʼoliblariga esdalik sovgʼalari va sertifikatlar taqdim etiladi.

Shuningdek, musobaqa doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 9-16 yoshdagi bolalar uchun “Robosumo“, “West sort out” va “Kegelring“ musobaqalari tashkil etilgan boʼlib, unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 60 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashmoqda. Musobaqa gʼoliblariga mahalliy homiylar tomonidan esdalik sovgʼalari taqdim etiladi.

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak.
  • Nomzod 17-23 yosh oraligʻida boʻlishi lozim.
  • “Robosumo“, “West sort out” va “Kegelring” bolalar uchun musobaqalarda qatnashish uchun esa 9-16 yoshda boʻlish lozim.

Musobaqa 2019-yilning 29-31-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Manba: shu yerda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!