×

O’zbekiston: Xalqaro Yoshlar Sammiti 2020!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2669 marta

CHOP ETILGAN

12.03.2020

Qayerda: Oʻzbekiston, Toshkent

Kim uchun: 16 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan mahalliy va xorijiy yoshlar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2020-yilning 1-apreligacha

Joriy yilning 1-3-may kunlari Toshkent shahri Yoshlar Ijodiyot Saroyida bo’lib o’tadigan “Xalqaro Yoshlar Sammiti 2020” (“International Youth Summit 2020”) uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Summitda 16 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan barcha davlatlardan yoshlar qatnashishlari mumkin.

Mazkur 3 kunlik sammit davomida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Barqaror rivojlanishning maqsadlari to’g’risida ma’lumot beriladi
  • Muvaffaqiyatli insonlar tomonidan treninglar olib boriladi
  • “Global Village” madaniyat dasturi
  • Sog’liq, sifatli ta’lim, gender tengligi, munosib mehnat va iqtisodiy o’sish, iqlim harakati mavzularida muammolarga yechim izlash; case study
  • Xalqaro Yoshlar Sammitining besh yilligiga bag’ishlab kecha o’tkaziladi
  • Loyihalar namoyish etiladi
  • Taqdirlash marosimi

Homiylar

  • O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi
  • O’zbekiston O’qituvchilar uyushmasi

Sammitning manfaatli jihatlari:

  • Yangi do’stlar va tanishlar orttirish
  • Kelajakda turli xil sohalarda zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni egallash
  • Liderlik xususiyatlarini shakllantirish va rivojlantirish
  • Sammitdan so’ng ham birga faoliyat olib boradigan jamoada bo’lish
  • Ko’tarinki ruhdagi muhit
  • Bilimli va muvaffaqiyatga erishgan insonlardan maslahatlar olish

Nomzodga qo’yiladigan talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • 16 yoshdan 35 yoshgacha bo’lish zarur
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi, qiyinchiliksiz muloqot qila olishi va yoza olishi lozim (sammit davomida barcha dasturlar ingliz tilida bo’ladi)
  • Nomzodning liderlik qobiliyati va atrofda bo’layotgan voqealarga sergakligi yuqori baholanadi
  • Yosh tadqiqotchi, tadbirkor va frilenserlarning ariza topshirishi qo’llab-quvvatlanadi
  • Nomzod 1-3-may kunlari Toshkent shahrida bo’lishi kerak

Sammitda qatnashish uchun zarur to’lov miqdori

Mahalliy qatnashchilar uchun: 172.000 so’m (Sammit davomida kerakli barcha narsalarni: sumka, daftar, ruchka, yengil tamaddi va shahar bo’ylab sayohatni o’z ichiga oladi. Turar joy va ovqatlanish bundan mustasno. Lekin tashkilotchilar tomonida turar-joy topish uchun zarur ko’mak beriladi)

Xalqaro qatnashuvchilar uchun: 50 USD

Sammitga qabul jarayoni

Arizalar onlayn tarzda 2020-yilning 1-apreliga qadar topshirilishi kerak. Ariza topshirish uchun nomzod CV va o’zining motivatsion inshosini yuklashi kerak. Qabul qilinganlik haqida xatlar 10 kun ichida e’lon qilinadi. Ishtirok etish uchun SHU YERDA ariza topshiring.

Batafsil maʼlumot uchun sammtining rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring.

Murojaat uchun:
Tel: +998 93 546-98-17
Email: info@youthsummit.uz

Sammitning ijtimoiy tarmoqlari:
Telegram
Facebook
Instagram

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!