×

Oʻzbekiston: Yapon Xalqaro Universitetida tahsil olish uchun 80% gacha grantlar


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3279 marta

CHOP ETILGAN

20.07.2023

Har bir abituriyent oliy taʼlim muassasasini tanlash vaqtida universitet reytingi, imkoniyatlari, sharoiti va talaba uchun qanday afzalliklari borligini o‘rganadi. Chunki, hozirgi zamonaviy va bilimli yoshlar uchun muhimi OTM ga kirib, diplom olish emas, aksincha, oliygohga kirganidan keyin 4 yil vaqtini behuda o‘tkazmaslik, to‘lov kontraktini shunchaki havoga sovurmaslikni xohlaydi. Bu kabi yoshlar uchun xalqaro va zamonaviy taʼlim, karyeraviy o‘sish hamda daromadi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar muhim hisoblandi. Agar abituriyent uchun bir vaqtning o‘zida ham eng zamonaviy, xalqaro va yuqori sifatli taʼlim olish bilan teng ravishda 80% gacha GRANTga ega bo‘lish imkoniyati taqdim etilsachi?

Yapon Xalqaro Universitetida 80% gacha GRANT

Samarqandda tashkil etilgan yangi va zamonaviy universitet – Japanese International University (Yapon Xalqaro Universiteti, JIU) abituriyentlar uchun yapon standartlari asosida xalqaro ta’lim olish, eng zamonaviy yo’nalishlarni o’zlashtirish va ingliz tilidan imtihon topshirib 30%, 60% va 80% gacha GRANT yutish imkoniyatini taqdim etadi.

JIU da Xalqaro ta’lim va imkoniyatlar

Japanese International Universityʼda Biznes boshqaruvi, Moliya, IT, Pedagogika va Turizm sohalari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan zamonaviy universitet boshqa oliygohlardan ta’lim berish metodi hamda pedagogik faoliyatga o’zgacha yondashuvi bilan ajralib turadi. Universitetda ta’lim jarayonlari amaliy tajribaga ega bo’lgan, kasbiy faoliyatda natijaga erishgan, xorijiy va mahalliy kuchli professor o’qituvchilar tomonidan olib boriladi.

Universitet talabalari nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash bilan talabalik davridanoq tajriba olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bundan tashqari, Yapon Xalqaro Universiteti O’zbekiston bo’ylab birinchilardan bo’lib talabalarga “soft-skills”ni rivojlantirish bo’yicha ta’lim beradi. Bu orqali talabalarda muzokara olib borish, ishontirish, liderlik, kasbiy etika, taym menejment, ijodiy, analitik va tanqidiy fikrlash kabi ko’nikmalar shakllanadi.

Pedagoglarning xalqaro maydondagi o’rni va yutuqlari

Yapon xalqaro universitetida O’zbekistondagi oliy toifali pedagoglar, yosh va kreativ muallimlar bilan birgalikda Yaponiya, Hindiston, Filippindan kelgan fan doktorlari, fan nomzodlari va xalqaro toifadagi mutaxassislar ta’lim berishadi.

Xususan, universitetda Ph.D unvoniga ega, mutaxassisligi bo’yicha xalqaro darajadagi ikkita bakalavr va ikkita magistr Diplomi, qator xalqaro sertifikat hamda diplomlarga ega matematika, yapon  va ingliz tili ustozlari xalqaro metodlar asosida dars berishadi.

Xorijda o’qib, ishlash imkoniyati

Ta’limni davom ettirish bilan birgalikda, dunyo ko’rish, talabalik yillaridanoq  xorijiy davlatlardan do’st orttirish va boshqa millat vakillarining tili, madaniyatini o’rganish istagida bo’lsangiz, siz uchun Japanese International University ta’limni xorijda davom ettirishlari uchun ham imkon beradi.  2-kursni «Work and Study” (O’qi va ishla) loyihasi doirasida Yaponiyada davom ettirishingiz va yozgi ta’tilda “Work and Travel” dasturi orqali AQSHda ishlab, sayohat qilishingiz mumkin. Eng asosiysi, Universitetni ijobiy ko’rsatkichlar bilan yakunlagan bitiruvchilar Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida yuqori daromadli ish bilan ta’minlanadi.

Imtihon topshirish muddati

Yapon xalqaro universitetida qabul imtihoni ingliz tilidan onlayn hamda oflayn tartibda bo’lib o’tadi. Oflayn imtihonlarda ishtirok eta olmagan abituriyentlar uchun qulaylik taqdim etish maqsadida onlayn imtihonlar ham tashkil etiladi. Imtihonda ishtirok etish istagida bo’lgan abituriyentlar ro’yxatdan o’tishlari talab etiladi. Imtihonda yuqori ball to’plab, TOP o’rinlarni egallagan abituriyentlar esa 80% gacha GRANTNI qo’lga kiritishlari mumkin. IELTS 5,5 va unda yuqori balli til bilish sertifikatiga ega bo’lgan abituriyentlar universitetga imtihonsiz qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot va ro’yxatdan o’tish uchun BU YERDA Japanese International University’ning aloqa markazlariga ariza qoldiring.

Murojaat uchun:

Aloqa markazi: +998 (71) 203-02-20

Instagram
Telegram
Facebook
YouTube
Twitter
Threads

Manzil: Samarqand shahri, Sadriddin Ayniy ko’chasi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!