×

O’zbekistonda dasturchilar uchun umumiy mukofoti 600 million so’m bo’lgan tanlov e’lon qilindi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3821 marta

CHOP ETILGAN

13.09.2019

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: 18 yoshga toʻlgan dasturchilar uchun

Ariza topshirish muhlati: 2019-yilning 21-sentabrigacha

Umumiy maʼlumot: «COSCOM» MChJ, «Ucell» va «IT Park» MChJlar birgalikda «UCELL MOBILE CHALLENGE» tanlovini eʼlon qildi. Ushbu tanlov maqsadi IT sohasidagi texnologik, muhandislik, iqtisodiy va boshqa masalalarni (vazifalarni) hal qilishda eng yaxshi gʻoyalarni izlash va qoʻllab-quvvatlash hisoblanadi.

Mukofotlar: Tanlovning umumiy mukofot jamgʻarmasi 600 million soʻmni tashkil etadi. Ushbu summa gʻoliblarga quyidagicha taqsimlanadi:

1-oʻrin: 300 million soʻm
2-oʻrin: 200 million soʻm
3-oʻrin: 100 million soʻm

Gʻoliblar eʼlon qilingandan keyin 5 kun ichida gʻoliblar va Ucell oʻrtasida mualliflik huquqini topshirish toʻgʻrisida shartnoma imzolanadi. Bunda gʻoliblar tanlovga taqdim etilgan intellektual faoliyati natijasiga boʻlgan mualliflik huquqini Ucellʼga taqdim etish, Ucell esa gʻoliblarga mukofotlarni gonarar sifatida topshirish majburiyatini oladi.

Nomzodlarga quyidagi yoʻnalishlardan biri boʻyicha qatnashishi mumkin:

  • Best shopping app (Eng yaxshi savdo ilovasi): kafelar va restoranlar; tijorat vakillari uchun tizim; savdo ploshadkasi.
  • The best useful application for guests and residents of the country (Mamlakat aholisi va mehmonlari uchun eng foydali ilova): turizm; taksi.
  • The best application in the field of Fintech (Fintex sohasidagi eng yaxshi ilova): ballar tizimi, kreditli platforma, mablagʻlarni monitoring qilish va hisobini yuritish hamda moliyaviy boshqaruv; neobank; smartfon orqali toʻlov.

Nomzodga qoʻyilgan talablar: Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • yakka ishtirokchi muomalaga layoqatli, 18 yoshga toʻlgan boʻlishi, jamoa boʻlib ishtirok etilganda, jamoa aʼzolarining barchasi muomalaga layoqatli va 18 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak;
  • mobil ilova ishlab chiqish yoki veb-ishlab chiqish tizimi boʻyicha bilimga ega boʻlishi kerak;
  • mobil ilovalar ishlab chiqishda tajribaga ega boʻlishi kerak;
  • yakka ishtirokchi gʻolib deb topilganda, mukofot summasini oʻtkazib berish uchun bank hisob raqamiga ega boʻlishi, jamoda esa ariza topshirayotgan jamoa vakili bank hisob raqamiga ega boʻlishi kerak;
  • yakka ishtirokchining yashash joyidagi soliq organida hisobga qoʻyilganligi haqida guvohnomasi (STIR – soliq toʻlovchining identifikatsion raqami) boʻlishi, jamoada esa jamoa ariza topshirayotgan jamoa vakilida STIR boʻlishi kerak;
  • bitta ishtirokchi/jamoa faqat bitta dastur taqdim etish huquqiga ega.

Nomzodlar oldiga qoʻyilgan vazifa:

  • mobil operator uchun oʻziga xos loyiha (mobil ilova) ishlab chiqish;
  • loyihani uyali aloqa kompaniyasining abonentlari raqamlariga bogʻlash;
  • loyihani tijoratlashtirish yoʻlini topish.

Ilova uchun umumiy talablar:

  • bir yoki bir nechta biznes vazifalarni hal qilishi;
  • uchinchi tomon tizimlari bilan oson integratsiyaga kirishishi;
  • tez joriy etish imkoni boʻlishi;
  • egalik qilish va ishga tushirish oqilona xarajat talab qilishi;
  • maʼlumotlar xavfsizligi borasida ishonchli boʻlishi;
  • intuitiv interfeysga ega boʻlishi kerak.

Hujjat topshirish jarayoni: Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar onlayn tarzda ariza topshirishi lozim. Quyidagi havolalar orqali ariza topshirish mumkin:

Tanlovda yakka tartibda yoki jamoa boʻlib ishtirok etish mumkin. Jamoa boʻlib ishtirok etilganda, jamoaning bir nafar vakili ariza topshiradi va jamoa aʼzolari sonini koʻrsatadi.

Yakka tartibda ariza topshirishda, arizani nomzod oʻz nomidan topshiradi va «Startap jamoasida nechta aʼzo bor?» savoliga 1 nafar degan javobni belgilab ketadi.

Ariza topshirish jarayoni bilan batafsil tanishish uchun tanlovning OMMAVIY OFFERTASINI oʻqib chiqing.

Tanlov quyidagi grafik asosida 2019-yilning 10-sentabridan 28-oktabrigacha davm etadi:

  • 2019-yil 10-sentabr – tanlov eʼlon qilinadi;
  • 2019-yil 10-sentabrdan 21-sentabrgacha – arizalar qabul qilinadi;
  • 2019-yil 21-sentabr – ariza qabul qilish jarayoni tugaydi;
  • 2019-yil 22-25-sentabr – arizalarni saralash, premoderatsiya va suhbat;
  • 2019-yil 26-oktabr – ICT EXPOʼda tanlov taqdimoti;
  • 2019-yil 28-sentabr – Boot Camp, 2 guruhga boʻlinish;
  • 2019-yil 29-sentabr–11-oktabr – loyiha ustida ishtirokchilarning ish olib borishi;
  • 2019-yil 12-oktabr – Pitch Day, 1-guruh;
  • 2019-yil 13-oktabr – Pitch Day, 2-guruh;
  • 2019-yil 14-26-oktabr – gʻoliblarni aniqlash;
  • 2019-yil 28-oktabr – mukofotlarni taqdim etish.

Har bir ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzod tanlov OMMAVIY OFFERTASI bilan tanishib chiqishi lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!