×

O‘zbekistonda ilk bor IELTS test sinovi British Council ishtirokisiz o‘tkaziladi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2705 marta

CHOP ETILGAN

16.11.2016

O‘zbekiston tarixida ilk bor Respublika yoshlarining bilimlarini rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 10 dekabr kuni INXA Universitetida ingliz tili bilimlari bo‘yicha IELTS Xalqaro test sinovi bo‘lib o‘tadi. Imtihon British Council ishtirokisiz, IDP qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘tkaziladi.

Savol: O‘tkazilayotgan testga Britaniya Konsulligining aloqasi bormi?
Javob: Aloqasi yo‘q. Britaniya Konsulligi va IDP, IELTS testining rasmiy tashkilotchilaridan biri hisoblanadi. Test Inter Press nazorati ostida IDP rasmiy tashkilotchilari tomonidan tashkil etiladi.

Savol: Testning narxi va to‘lov usullari qanday bo‘ladi?
Javob: Test narxi – 160 AQSH dollari va yana 50 ming so‘m ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lanadi. 160 dollarlik to‘lov Visa Classic onlayn valyuta kartasi orqali amalga oshiriladi. Buning uchun siz 20 noyabrdan keyin www.ielts.org saytiga kirishingiz va O‘zbekiston bo‘ylab joylashgan hududingizni topib, ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi. 50 ming so‘mlik ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi O‘zbekiston Respublikasining istalgan bankidan amalga oshiriladi. Bundan tashkari u-pay.uz yeki payme internet to‘lov ostida xam so‘m ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lash mo‘ljallanayapti.

Savol: So‘mda to‘lash imkoni bormi?
Javob: Xozircha to‘lov faqatgina Visa Classic kartalari orqali, AQSH dollarida amalga oshiriladi. Bu borada muzokaralar olib borilmoqda va masala tez orada o‘z yechimini topadi.

Savol: Mazkur imtihonni o‘tkazishdan maqsad nima?
Javob: Bugungi kunda IELTS testni topshirishga talab juda katta. Shu munosabat bilan, mavsum paytida talabalar bu testni topshirish uchun Britaniya Konsulligi markazida test o‘tkazilishidan 4 oy avval ro‘yxatdan o‘tishga majbur bo‘lishadi. Shu sababli, ko‘p talabalar bu testni Qozog‘iston, Ozarboyjon va Turkiya kabi davlatlarda topshirishmoqda. Bu talabalardan ko‘p pul va vaqt sarflashni talab qiladi. Xarajatlarni kamaytirish va talabalarga qulaylik yaratish uchun “Action Group” kompaniyasi muassisi mazkur test tashkilotchilari bilan kelishuvga erishdi.
Savol: Test sertifikatlari o‘rtasida farq bormi?

Javob: Yo‘q, hech qanday farq yo‘q. British Council va IDP sertifikatlari bir xil.

Savol: Test formatida o‘zgarishlar bo‘ladimi?
Javob: Yo‘q, test formati British Council’niki bilan bir xil.

Savol: Imtihon oluvchilar British Council’dan kelishadimi?
Javob: Yo‘q, bizda Inter Press’dan taklif qilingan o‘zimizni imtihon oluvchilarimiz bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon kuyidagi telefon orkali murojat kilishingiz mumkin: +998951458686
Manzil: MCHJ “Action Group” Toshkent shahri, Afrosiyob ko‘chasi, “Angel’s Food”, 3-qavat.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!