×

Oʻzbekistonda turib nufuzli Yaponiya universitetida taʼlim olishni istaganlar uchun!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

8468 marta

CHOP ETILGAN

11.10.2019

Hozirgi kunda mustaqil, oʻziga ishongan yoshlar zamon bilan hamnafas boʻlgan holda chet elda taʼlim olishga, xorij tajribasini oʻzlashtirishga harakat qilishadi. Yurtimizda ochilayotgan yangidan-yangi xalqaro oliygohlar esa xorijiy taʼlimni Oʻzbekistonda turib egallash imkonini beradi. Tez orada talabalarga oʻz eshigini ochuvchi yangi universitet – JUST (Japan Universities’ Satellite in Tashkent) ham Yaponiyaning eng ilgʻor taʼlim andozasi boʻyicha yetakchi mutaxassislarni tayyorlashni boshlaydi.

Yaponiyada turli sohalardagi ishchi kuchiga talab juda katta boʻlgani uchun Yapon hukumati yosh kadrlarni dunyo boʻylab jalb qilish siyosatini olib bormoqda. JUST universiteti bitiruvchilari Yaponiya kompaniyalaridan ishlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Yangi universitet: JUST

JUST (Japan Universitiesʻ Satellite in Tashkent) universiteti joriy yil Toshkent shahrida StudyTokyo.uz Yapon tili markazi bilan hamkorlikda oʻzining tayyorlov kurslarini boshlab yubordi. Ushbu kurslarni muvaffakkiyatli bitirgan talabalar JUST universitetining axborot texnologiyalari (IT) va biznes boshqaruvi yoʻnalishiga imtihonsiz qabul qilinadilar. Universitetda oʻqish davomida talabalar Yaponiyaning koʻplab yetakchi kompaniyalarida malaka oshirishlari ham koʻzda tutilgan. JUST universiteti bitiruvchilariga bakalavr darajasi beriladi.

Kelajak uchun bugundan qadam

JUST universitetining taʼsischisi va boʻlajak universitet Prezidenti Haga Hiroaki janoblari kuyidagi fikrni bildirdilar “Oliygohimizning eng katta afzalliklari bu talabalarimizning bakalavr bosqichini tamomlaganidan soʻng, Yaponiyaga borib ishlash imkoniyatiga ega boʻlishlaridir”.

Yaponiyaning JUST universiteti quyidagi afzalliklarga ega:

  • Yapon tilini mukkammal oʻrganish;
  • Taʼlim uchun foizsiz kreditlar;
  • Xalqaro bakalavr diplomini qoʻlga kiritish;
  • Yaponiyaning eng yaxshi professorlaridan bilim oʻrganish;
  • IT sohasining dolzarb yoʻnalishlarida modul fanlar (AI – sunʼiy ong, android uchun dasturlash, Python dasturlash va shu kabilar);
  • Oʻqish davomida nufuzli maskanlarda amaliyotlar (Internship) oʻtash;
  • Yetakchi yapon kompaniyalarida (oʻrtacha oylik 2000$-4000$ atrofida) oʻqishdan soʻng 6 yil va undan koʻproq ishlash imkoniyati;
  • Jahon ish bozorida professional va talabgir mutaxassisga aylanish.

Abituriyentlarga ajoyib xushxabar!

JUST universitetiga birinchilardan boʻlib roʻyxatdan oʻtgan va yuqori ballni qoʻlga kiritgan abituriyentlar uchun Yaponiya kompaniyalari tomonidan 85% gacha boʻlgan foizsiz taʼlim kreditlari va grantlari taqdim etiladi. Darslar Yaponiyaning eng yetuk mutaxasis-professorlari hamda fan doktorlari tomonidan innovatsion tarzda olib boriladi.

Bu hali hammasi emas!

Oliygohning birinchi talabalariga yana bir imkoniyat taqdim etiladi: Oʻzbekistondagi JUST universitetinig yagona sertifikatlangan yapon tili markazi StudyTokyo.uz ning 6 oylik intensiv tayyorlov kursi toʻlovi JUST universiteti tomonidan toʻliq qoplanadi. Bu sizning yapon tilini “nol”dan mukammal darajagacha oʻrganishingizga imkon yaratadi.

Hujjat topshirish jarayoni:

Dastlabki oʻquv yili 2020-yilning bahorgi taʼlim mavsumidan boshlanishi rejalashtirilgan. Joriy yilning 10-noyabrigacha ilk oʻquv yili uchun 100 nafar eng kuchli abituriyentlar saralab olinishi koʻzda tutilgan. Oila aʼzolaringiz va yaqinlaringiz yonida turib, Yaponiyaning diplomini qoʻlga kiritishni istaysizmi? Oʻqish bilan birgalikda bebaho tajribaga ega boʻlishnichi? U holda imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Kelajakni hozirdan taʼminlash vaqti keldi.

Universitet taqdimot seminari

2019-yilning 12-oktyabr kuni oʻtkaziladigan JUST universiteti taqdimot seminari doirasida ushbu universitet haqida toʻliq maʼlumot bilan bir qatorda universitet taqdim etuvchi grantlar haqida ham batafsil tanishib chiqish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Bundan tashqari, siz ushbu seminarda oʻzingizni qiziqtirgan savollarni universitetning Yaponiyadan tashrif buyurgan mutasaddilariga toʻgʻridan-toʻgʻri berish imkoniga ham ega boʻlasiz. Mazkur seminarda qatnashish xohlovchilar roʻyxatdan oʻtishi lozim.

Seminarda ishtirok etish uchun SHU YERDA roʻyxatdan o’ting. Seminarda ishtirok etish uchun joylar soni cheklangani sababli, imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish tavsiya etiladi.

Qabul va oʻqish yuzasidan konsultatsiya olish uchun ofis manzili: Mustaqillik shoh koʻchasi 88, Mirzo Ulugʻbek tumani, Toshkent.

Murojaat uchun telefon: +998 99 820 58 00

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

INSTAGRAM
FACEBOOK

TELEGRAM

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!