×

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi 3 oylik bepul ingliz tili kurslariga qabul eʼlon qildi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

10767 marta

CHOP ETILGAN

18.09.2019

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi O’zbekiston Milliy kutubxonasidagi “Amerikaga darcha” xonasida bo’lib o’tadigan bepul “English in Use” ingliz tili kurslariga ariza qabul qilish boshlanganligini e’lon qiladi.

Mazkur kurs ingliz tilini boshlang’ich darajada bilgan 16 yosh va undan kattalar uchun mo’ljallangan. Kurs dasturi kelgusida tilni ta’lim olish yoki kasbiy o’sishda qo’llamoqchi bo’lganlar uchun ishlab chiqilgan.

Kursda ishtirok etish uchun tanlov jarayoni 2019-yil 24-27-sentabr kunlari O’zbekiston Milliy kutubxonasida bo’ladigan sinov testlari orqali amalga oshiriladi.

Arizalar onlayn tarzda 20-sentabrgacha topshirishingiz mumkin. Arizani SHU YERDA topshiring.

Test kuni haqida ma’lumot arizada ko’rsatilgan elektron manzilga yuboriladi, shuning uchun aniq mavjud bo’lgan elektron pochta manzilini ko’rsating.

O’qish oktabr oyida boshlanadi va dekabr oyigacha davom etadi. Darslar dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 16:00 dan 18:00 gacha o’tiladi.

Savollaringiz boʻlsa, english.inuse2018@gmail.com elektron manzilga yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!