×

O’zbekistondagi AQSh elchixonasi bepul uch oylik kompyuter kurslariga tanlov e’lon qildi!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

3951 marta

CHOP ETILGAN

28.02.2019

Toshkentdagi AQSH elchixonasi 11 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul uch oylik kompyuter kurslariga tanlov e’lon qildi.

Oʻquv dasturi quyidagi mavzulardan iborat: 

  • Kompyuterda ishlash boshlangʻich asoslari
  • Boshlangʻich informatika va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish.
  • “Scratch”da dasturlash
  • WIX onlayn dasturi yordamida vebsayt yaratish.

Nomzodlarning matematika fanidan bilim darajasi kuchli boʻlishi talab etiladi. Dasturlash asoslari boʻyicha malakaga ega boʻlinsa, yanada yaxshi.

Kursda oʻqish tanlov asosida amalga oshiriladi.

Sinov testlari 13-mart kuni AQSH elchixonasida boʻlib oʻtadi.

Oʻqish 18-martda boshlanadi hamda har dushanba, chorshanba va juma kunlari kechki payt oʻzbek va rus tillarida olib boriladi.

Onlayn arizalarni 10-martgacha ushbu havola orqali topshirishingiz mumkin: https://goo.gl/forms/3eOQ0C8mAdjHTNeQ2

Nomzodlarning onlayn shaklda koʻrsatilgan elektron manzillariga sinov testlari haqida xabar yuboriladi. Barcha malumotlar toʻgʻri toʻldirilgan arizalargina sinov testlarida qatnashish huquqiga ega boʻladi.

Oʻrinlar soni chegaralangan.

Savollaringizni quyidagi elektron manzilga yuborishingiz mumkin: uzro0889@gmail.com.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!