×

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan tashkilotlar va jismoniy shaxslar uchun kichik grantlar dasturi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

6782 marta

CHOP ETILGAN

24.03.2023

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: Notijorat tashkilotlar uchun

Ariza topshirish muhlati: 2023-yil 24-aprelgacha

AQSH Davlat departamentining Toshkentda joylashgan AQSH elchixonasidagi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi (PAS) xalq diplomatiyasiga oid loyihalar uchun kichik grantlar dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Dastur doirasida 10 ta loyihaning har biri uchun 5000 AQSH dollaridan 15 000 AQSH dollarigacha mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan.

Kimlar ariza berishgi mumkin?

Ushbu dasturga quyidagi tijoriy maqsadni koʻzlamaydigan tashkilotlar oʻz loyihasini taqdim etishi mumkin:

  • Oʻzbekiston va AQSHning notijorat tashkilotlari
  • Fuqarolik jamiyati tashkilotlari / nohukumat tashkilotlar.
  • Tahlil markazlari.
  • Davlat va xususiy taʼlim muassasalari.
  • Jismoniy shaxslar.

Taqdim etilayotgan loyihalar quyidagilar boʻlishi mumkin (lekin faqat shular bilan cheklanmaydi):

  • Akademik va professional maʼruzalar, seminarlar hamda spikerlar uchun dasturlar;
  • Badiiy va madaniy seminarlar, qoʻshma chiqishlar va koʻrgazmalar;
  • Jismoniy faollikning barcha uchun imkoniyat yaratilishiga qaratilgan sport tadbirlari va gʻoyalari.
  • Professional hamda akademik almashinuv va dasturlar;
  • Madaniy merosni muhofaza qilish va saqlash boʻyicha dasturlar.

Eslatma: Arizalar qabul qilingan kundan boshlab koʻrib chiqilishi mumkin. Tanlov komissiyasi takliflarni arizalar qabul qilishning oxirgi muddatidan keyingi 30 kun ichida koʻrib chiqadi. Erta taqdim etilgan arizalarning koʻrib chiqilishi ehtimoli yuqoriroq boʻlib, moliyalashtirishda ustuvorlik berilishi mumkin, shu sababli imkon qadar tezroq murojaat qilish soʻraladi.

Dasturning ustuvor yoʻnalishlari:

  1. Sanʼat, madaniyat va sport dasturlari:

AQSH va Oʻzbekiston Respublikasi tasviriy sanʼat, adabiyot va folklor, teatr va sahna sanʼati, kino, musiqa, raqs, sport va taʼlim sohasida boy madaniy anʼanalarga ega. Taʼlim va madaniy tadbirlar jamoatchilikni, ayniqsa, xavf ostidagi yoshlar guruhini jalb qilish, madaniyatlarni yaqinlashtirish, madaniy aloqalar va oʻzaro tushunishni chuqurlashtirish, oʻzaro muhim mavzularni muhokama qilishning ajoyib usuli hisoblanadi. AQSH elchixonasi mahalliy madaniy merosni, anʼanaviy va zamonaviy sanʼat turlarini hamda Amerika madaniyati bilan bogʻliq yoki unga asoslangan ijodiy ifodaning boshqa shakllarini targʻib qiluvchi sanʼat, taʼlim, sport va madaniy loyihalarni qoʻllab-quvvatlashdan manfaatdordir. Ushbu dasturlar fuqarolik jamiyati tashkilotlari, notijorat tashkilotlari, taʼlim muassasalari yoki ushbu sohalarda ishlaydigan yangi yetishib chiqayotgan rahbarlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Sanʼat, madaniyat va sport dasturlarining maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi va AQSH oʻrtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish hamda AQSH madaniyati va qadriyatlarini tushunishni yaxshilashdan iborat.

Masalan, 2018-yili Amerika jaz guruhining Fargʻona vodiysida oʻtkazilgan Oʻzbekiston jaz festivalida ishtirok etishi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ana shunday dasturlardan biri sanaladi. Dastur Amerika madaniyatini taqdim etish hamda mintaqada qiziqarli yangi hamkorlik va aloqalarni oʻrnatish imkonini bergan.

Dastur maqsadlari (Loyiha takliflari ushbu vazifalarning bir yoki bir nechtasiga qaratilishi mumkin):

  • Qoʻshma Shtatlar va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi umumiy qadriyatlarni taʼkidlash uchun moʻljallangan taʼlim va madaniy dasturlar orqali Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi hayot haqida xabardorlik va tushunchani kengaytirish
  • Amerika va oʻzbek rassomlari, musiqachilari, raqqosalari, rejissyorlari, tashkilotlari oʻrtasida rasmiy yoki norasmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ommaga ochiq va qiziqarli kontent yaratish maqsadida quyidagilarni qoʻllab-quvvatlash koʻzda tutiladi:
    • ifoda erkinligi,
    • ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirish,
    • bagʻrikenglik,
    • xilma-xillik va inklyuzivlik va/yoki
    • yoshlarni jalb qilish/vakolatlarini kengaytirish.
  • Oʻzbekistonda madaniy merosni asrab-avaylashning ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish
  • Madaniy loyihalar orqali AQSH va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning tarixi boʻyicha xabardorlikni oshirish.

Loyiha ishtirokchilari (quyidagilarning barchasi):

  • Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi jamoatchilik
  • Qishloq joylaridagi yoki kam daromadli jamoalar
  • Toshkentdan tashqarida, ayniqsa, Oʻzbekistonning boshqa viloyatlaridagi yoshlar
  • Ijtimoiy sohadagi tadbirkorlar
  • Universitet xodimlari, oʻqituvchilari, talabalari
  • Rassomlar / Hunarmandlar
  • Sportchilar

2. Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish:

Amerika Qoʻshma Shtatlari va Oʻzbekiston Respublikasi ayollar huquqlarini va imkoniyatlarini kengaytirishni strategik yoʻnalish sifatida koʻrib, har ikki hukumat 2021-yilda milliy gender strategiyasini tasdiqlagan. AQSH hukumati gender tengligi va tenghuquqlik nafaqat inson huquqlari va tengligi masalasi, balki inklyuziv iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish; tinchlik, xavfsizlik, nizolarning oldini olish va hal qilishga koʻmaklashish; gender asosidagi zoʻravonlikka qarshi kurashish uchun ham muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Bu bizga iqlim inqirozi, majburiy koʻchirilish, COVID -19 pandemiyasi va ular bilan bogʻliq iqtisodiy va ijtimoiy inqirozlar kabi global muammolarni samaraliroq hal qilish imkonini beradi.

Avvalroq moliyalashtirilgan loyiha doirasida Oʻzbekistonning chekka hududlarida yashovchi ayollarning oʻz huquqlari uchun kurashi aks ettirilgan “Bulutlar ortida” deb nomlangan film namoyish etildi. Namoyishdan soʻng Fargʻona vodiysidagi madaniy meʼyorlar, gender rollari va ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarga bagʻishlangan suhbat boʻlib oʻtdi.

Loyiha maqsadlari:

  • Ayollarning mehnat bozoridagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha imkoniyat va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan oʻquv dasturlari orqali xotin-qizlarning kasbiy salohiyatini oshirish.
  • Ijodiy sohalardagi ayollar, jumladan, rassomlar, musiqachilar, raqqosalar va kino ijodkorlari uchun biznes treninglari va/yoki professional oʻsish orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish., hususiy tadbirkorliklarini boshlash va/yoki rivojlantirish uchun imkoniyatlarni koʻpaytirish.
  • Sport tadbirlarini tashkil etish orqali ayollar va qizlarning, ayniqsa imkoniyati cheklanganlarining sport bilan shugʻullanish imkoniyatlarini oshirish.

Loyiha ishtirokchilari:

  • Qishloq yoki kam rivojlangan jamoalardagi ayollar
  • Ish boshlayotgan tadbirkor ayollar
  • Ijodiy sohada ishlaydigan ayollar, ular qatorida rassomlar, muchiqachilar, raqqosalar va kinomatografistlar
  • Imkoniyati cheklangan ayollar va qizlar

Dasturga arizalar 2023-yil 24-aprelgacha qabul qilinadi.

Dastur boʻyicha arizalar va savollarni Tashkent-Program@state.gov elektron pochta manziliga yoʻllashingiz mumkin.

Toʻliq ariza (Statements of Interest (SOI)) oʻz ichiga 2 ta ilovani oladi:

  1. Taqdim etilgan namunadagi Qiziqqanlik xaqidagi arizani SOI ingliz tilida toʻldirilgan shakli [DOCX 72 KB].
  2. Taqdim etilgan namunadagi Qiziqqanlik xaqidagi ariza SOI uchun byudjetning ingliz tilida toʻldirilgan shakli [XLSX 22 KB].

Murojaatlar va arizalarning juda koʻpligini tufayli Xalq Diplomatiyasi Boʻlimi Public Diplomacy Section (PDS) arizalardan oldingi konseptual xujjatlar, fikr almashinish, uchrashuv yoki telefon qoʻngʻiroqlari soʻralgan murojaatlarni qabul qilmaydi.

Ariza xujjatlarining toʻliq xajmda yetkazilishi arizachining shaxsiy maʼsuliyatidir. Toʻliq boʻlmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi. Nomzodlarga, arizani toʻldirish va taqdim etish jarayonini yakuniy muddatdan imkoni boricha avvalroq boshlashlari tavsiya etiladi. Ushbu talablarga javob bermagan tashkilot va shaxslarga hech qanday istisno sharoitlar taqdim etilmaydi.

Xalq Diplomatiyasi Boʻlimi (PDS) Qoʻshma Shtatlar va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda umumiy qadriyatlarni taʼkidlaydigan va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ustuvor dastur yoʻnalishini (quyiga qarang) qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar boʻyicha takliflarni qabul qiladi. Taklif etilayotgan barcha dasturlar Amerika madaniyati yoki amerikalik ekspertlar, tashkilotlar yoki institutlar bilan bogʻliq boʻlishi, AQSH madaniyati, qadriyatlari, siyosati va istiqbollarini chuqurroq tushunishga yordam beradigan elementlarni oʻz ichiga olishi zarur. Takliflar loyiha yakunlanganidan soʻng ham AQSH va Oʻzbekiston xalqlari oʻrtasidagi doimiy/barqaror hamkorlikni mustahkamlashga koʻmak beradi.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin dastur Qoʻllanmasi bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!