×

Oʻzbekistondagi Germaniya elchixonasi logotip tanlovini eʼlon qildi, mukofot – iPad


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1318 marta

CHOP ETILGAN

28.09.2021

2022-yilda Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari Germaniya bilan diplomatik aloqalar o’rnatilganligining 30 yillik yubileyini nishonlay. Toshkentdagi Germaniya elchixonasi shu mavzuga mos keladigan logotip izlamoqda. Logotip esa rasmiy logotip sifatida yubiley doirasida qo’llaniladi.

Logotip Germaniyaning yuqorida sanalgan davlatlar bilan diplomatik aloqalarini ijodiy elementlar bilan tasvirlab berishi kerak.

Tanlov Germaniyaning Ashxobod, Boku, Bishkek, Yerevan, Dushanbe, Nur-Sulton va Toshkent shaharlaridagi elchixonalari bilan birgalikda o’tkaziladi. Tanlov o’tkazilayotgan davlatlar vakillari hamda joylardagi Germaniya elchixonalari vakillaridan tashkil topgan hay’at a’zolari eng mos keladigan logotipni tanlab oladi.

Tanlovga arizalar 2021-yil 24-oktabrgacha qabul qilinadi.

Mukofot

Tanlov gʻolibi iPad bilan taqdirlanadi.

Ishtirokchilarga qoʻyilgan talablar:

  • Yakka tartibda yoki guruh bo’lib ishtirok etadigan dizaynerlar, keyingi o’rinlarda “Ishtirokchi” deb ataluvchilar.
  • Har bir ishtirokchi faqat bir dona logotipni taqdim qilishi lozim.
  • Ishtirokchi 18 yoshga to’lgan bo’lishi kerak.
  • Armaniston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston yoki O’zbekistonda rasmiy yashash joyi manziliga ega bo’lgan barcha millat vakillari uchun.
  • Logotip dizayni raqamli shaklda va yuqori aniqlikda, tegishli ishchi formatlarda (eng kam .jpg 300 dpi, balandligi yoki eni 30 sm bo’lgan .jpg, iloji bo’lsa, alternativ ravishda .ai., .eps, .svg yoki yuqori aniqlikdagi ochiq .psd faylda) yuborilishi lozim.
  • Taqdim etilgan barcha ishlar faqat va eksklyuziv tarzda tanlov uchun yaratilgan va shuning uchun boshqa mualliflik huquqiga ega emas.
  • Ishtirokchi buyurtmachi bo’lmish Federal Tashqi ishlar vazirligini uchinchi tomonning mualliflik huquqi yoki foydalanish huquqi borasidagi buyurtmachiga nisbatan bo’lgan har qanday da’volaridan ozod qiladi.
  • Bayroqlar, belgilar yoki milliy ramzlar ishlatilmagan neytral tasvir. Majburiy rang sxemasi (oq rang almashinuvi ham mumkin):
    RGB: Qizil: 236, 9, 13      Sariq: 245, 194,20    Yashil: 17, 138,51     Moviy: 4, 172, 204   To’q ko’k rang: 9, 26, 75
  • Federal tashqi ishlar vazirligi logotipni texnik talablarga moslashtirish huquqini o’zida saqlab qoladi. Katta o’zgarishlar kiritilsa, ishtirokchi bilan maslahatlashiladi.
  • Federal tashqi ishlar vazirligi yubileyning raqamli va jismoniy brendi bo’lmish g’olibning logotipi dizayniga nisbatan kelajakdagi barcha huquqlarga ega. Egalik litsenziya to’lovlari yoki boshqa kompensatsiya da’volarisiz amalga oshadi. Federal Tashqi ishlar vazirligi hududiy va vaqt bilan chegaralanmagan eksklyuziv foydalanish huquqini oladi.

Tanlov hujjatlarini taqdim etish:

  • Maxsus ariza shakli dizaynning ikki ishchi fayli, ishtirok uchun zarur barcha hujjatlar yuklangan yagona elektron xatga ilova qilingan holda yuborilishi kerak.
  • Ishtirokchilarning barcha elektron xatlari 30jahre@gmail.com manziliga yuborilishi lozim.
  • Rasmli materiallar quyidagi formatda taqdim etilishi lozim: FullName_LogoDesign.jpg va kerak bo’lsa qo’shimcha ravishda .ai, .eps, .svg, .psd.
  • Barcha arizalar 2021 yil 24-oktabr, yakshanba kuni soat 23:59 (UTC +5) gacha topshirilishi lozim.
  • G’olib logotip 2021 yil 10-noyabrda Federal tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo’yicha maxsus vakilining @GERonOstpolitik Twitter kanali, shuningdek elchixonalarning ijtimoiy kanallari orqali e’lon qilinadi.

Qoidalar

Ishtirokchi ushbu shartnomaga barcha javobgarlikni his qilgan holda rozilik bildirishini tasdiqlaydi va qoida talablarini to’liq tan oladi:

  • Ishtirokchi logotipni, uning eskizini yoki loyihasini rasmiy, xalqaro, davlat yoki sud organlarida biron bir tarzda rasmiylashtirish uchun ariza bermagan yoki logotipdan, uning biron bir eskizi yoki loyihasidan intellektual mulk sifatida foydalanish huquqlarini olish uchun ariza topshirmagan bo’lishi lozim.
  • Taqdim etilgan barcha ijodiy ishlar tanlov ishtirokchisi tomonidan faqat va eksklyuziv tanlov uchun yaratilgan va avval hech qanday kontekstda nashr etilmagan, ishlatilmagan yoki uchinchi shaxslarga yuborilmagan bo’lishi lozim.
  • Barcha huquqlarni berish va boshqalarga o’tkazish faqat (eksklyuziv ravishda) Federal tashqi ishlar vazirligi foydasiga amalga oshiriladi. Ishtirokchi barcha turdagi tayyorlov ishlari va loyihalardan aynan bir xil yoki o’xshash shakilda hatto shaxsiy maqsaqlari uchun ham ishlatmaslikka yoki ularni uchinchi shaxslarga taqdim etmaslikka majburdir.
  • Ishtirokchi Federal tashqi ishlar vazirligiga ushbu tanlov doirasida yaratilgan mualliflik huquqi borasida himoyalangan xizmatlariga nisbatan barcha vaqt, hudud va mulk bilan cheklanmagan huquqlarni bekor qilish huquqisiz taqdim etadi va vazirlikka bu borada mavjud bo’lgan o’tkaziladigan barcha huquqlarni o’tkazadi.
  • Federal tashqi ishlar vazirligi belgilangan muddatdan avval va muddat tugashi sanasigacha taqdim etilgan tanlov hujjatlarini qabul qiladi, qachonki barcha ariza hujjatlari to’liq, imzolangan va talab etilgan fayl formatida (.jpg & zarur hollarda .ai, .eps, .svg, .psd) bir elektron xat orqali o’z vaqtida yuborilgan bo’lsa.
  • Ariza shaklida talab qilinadigan barcha ma’lumotlar to’liq, aniq va haqiqatga mos keladigan tarzda taqdim etiladi.
  • Federal tashqi ishlar vazirligi va hakamlar hay’ati qarorni izohlamasdan topshrilgan ijodiy ishlarni tanlash yoki rad etish huquqiga ega.
  • Federal tashqi ishlar vazirligi, har qanday ishtirokchini qoidalarni buzganligi va/yoki amaldagi qonunni buzganligini isbotlovchi yetarlicha dalillar bo’lsa, o’z xohishiga ko’ra, tanlovdan chetlatish huquqini saqlab qoladi. Tanlov g’olibi chetlatilgan taqdirda, Federal tashqi ishlar vazirligi yuqorida keltirilgan tanlov jarayonida muqobil g’olibni aniqlaydi. Noqonuniy xatti -harakatlarni aniqlash Federal tashqi ishlar vazirligining ixtiyoridadir.
  • G’olibni tanlash borasida sudga murojaat qilish imkoniyaati mavjud emas.
  • Sovrinni naqd pul ko’rinishida taqdim etish mumkin emas. Sovrin tanlovda ishtirok etgan mamlakatlar hududidagina pochta orqali yuborilishi mumkin. Yetkazib berish (pochta xarajatlarini) xarajatlarini Federal tashqi ishlar vazirligi to’laydi.
  • G’olib logotip e’lon qilingandan so’ng, Federal tashqi ishlar vazirligi foydalanish qoidalarini ishlab chiqadi. Ularga ko’ra uchinchi shaxslar 30 yillik yubiley doirasida foydalanish uchun bir martalik, cheklangan, loyihaga tegishli litsenziya olish uchun ariza berish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ushbu litsenziya faqat vazirlikning Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo bo’limi tomonidan beriladi.
  • Federal tashqi ishlar vazirligi logotipni ehtiyojdan kelib chqib o’zgartirish, to’ldirish yoki modifikatsiya qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.
  • Ishtirokchi taqdim etilgan dizayn Federal tashqi ishlar vazirligi yoki Federal tashqi ishlar vazirligi nashrga ruxsat bergan uchinchi shaxslar tomonidan o’tkaziladigan tanlov doirasida ishtirokchi nomi bilan nashr etilishiga rozilik bildiradi.
  • Federal tashqi ishlar vazirligi logotipni barcha ma’lum va noma’lum foydalanish turlarida, xususan, bosma shaklda (masalan, ish yuzasidan yozishmalar, varaqalar, ko’rgazmalar, reklamalar va h.k.) va raqamli shaklda (masalan, Internetda, Federal tashqi ishlar vazirligining rasmiy sahifasida, bannerdagi reklama shaklida va h.k.) ishlatish huquqiga ega. Undan cheklanmagan vaqt davomida har qanday shaklda qayta -qayta foydalanish mumkin. Foydalanish huquqi, xususan, har qanday nusxalash, tarqatish, ommaviy ishlatish imkonini yaratish va yuborishni o’z ichiga oladi.
  • Federal tashqi ishlar vazirligi nazorati ostida bo’lmagan voqea sodir bo’lsa Federal tashqi ishlar vazirligi, oldindan ogohlantirmasdan, musobaqani butunlay, uning bir qismini va / yoki qoidalarini to’liq yoki qisman bekor qilish yoki o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi.

Har qanday o’zgarishlar Twitterda @GERonOstpolitik akkauntida e’lon qilinadi.

Maʼlumot uchun murojaat:

Toshkentdagi Germaniya elchixonasi
Madaniyat va matbuot boʻlimi
Sh. Rashidov koʻch. 15
100017 Toshkent
Tel.: +99878 120 84 26
E-mail: botschaftswettbewerb@gmail.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!