×

Parij Xalqaro moda Akademiyasi va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorlikda ish boshladi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

5121 marta

CHOP ETILGAN

14.06.2019

2019-yildan boshlab Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Fransiyaning Parij Xalqaro moda Akademiyasi oʻz faoliyatini boshladi.

O‘quv mashg‘ulotlarini Parij Xalqaro moda Akademiyasining yetakchi xodimlari hamda Fransiyada malaka oshirgan professor-o‘qituvchilar olib boradi.

Parij Xalqaro moda Akademiyasi 1830-yilda tashkil etilgan, bo’lib moda sohasida yetakchi hisoblanadi. Ikkita diplom olish orzuyingizmi? Siz shu imkoniyatga ega bo‘lasiz.

Talabalar uchun amaliyot va malaka oshirish Fransiyada  bo‘lishi  kutilmoqda. Talabalar xohishga qarab ikki yil Fransiyada   ikki yil   O‘zbekistonda  o‘qitiladi.

Kirish imtihonlari haqida ma‘lumot: Fransuz tilini bilish shart emas. Hujjatlar qabuli 2019-yilning 1-iyunidan 30-iyuniga qadar davom etadi. Imtihon  3-iyuldan 8-iyulga qadar bo’lib o‘tadi. Natijalar  10-iyul kuni ma’ lum bo‘ladi.

    Talab etiladigan hujjatlar

  • Pasport ( nusxasi)
  • 5×4.5 rasm 6 dona
  • Ijodiy ishlar jamlanmasi(eskizlar, ishlanma fotosuratlari)
  • Diplom nusxasi(ilovasi bilan)

Shuningdek, talabalar ikkinchi kursga ham qabul qilinadi.  Yurtimiz Oliy o’quv yurtlarida o‘qiyotgan, yoki o’qishni tamomlagan yoshlar qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish  2019-yilining 1-iyulidan 30-iyuliga qadar davom etadi.  Suhbat esa shu yilning 17- 22 iyul kunlari o’tkaziladi. Natijalat 24-iyulda e’lon qilindi.

  Boshqa oliygohdan ko’chirganda

  • Mutaxassislik bo’yicha suhbat
  • Fransuz tilini bilish darajasi hisobga olinadi.

Talabalar shartnoma asosida o’qitiladi.

Biz bilan bog‘lanish uchun:

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti
Toshkent shahri, 100100
Yakkasaroy tumani, Shohjahon ko‘chasi 5.
Telefon: (99871)253- 06-06
Fax: (99871) 253-36-17
Veb-sayt: www.titli.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!