×

Qanday qilib premium obuna bo’lish mumkin?


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

8142 marta

CHOP ETILGAN

25.07.2018

Grantlar.uz saytiga premium obuna bo’lish foydalanuvchilarga anchagina qulay imkoniyatlarni taqdim etadi. Ushbu imkoniyatlar bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grantlar.uz saytida premium obuna bo’lish quyidagicha amalga oshiriladi.

1. Dastlab Grantlar.uz saytiga kiriladi va tepa o’ng burchakdagi “Kirish” yozuvi bosiladi.

2. «Kirish» tugmasi bosilgandan keyin quyidagi oyna ochiladi:

 

So’ng, ushbu oynaning pastki qismidagi «Tizimga a’zo bo’ling» yozuvi bosiladi (Agar avval tizimga a’zo bo’lgan bo’lsangiz, shunchaki emailingizni (email o’rniga login yozsa ham bo’ladi) va parolingizni terib, o’z profilingizga kirishingiz mumkin).

3. «Tizimga a’zo bo’ling» yozuvi bosilganda, quyidagi oyna ochiladi:

Ushbu oyna ochilgan, ismingiz, familiyangiz, telefon raqamingiz, email manzilingiz, login va o’zingiz eslab qoladigan parolni kiritasiz. Shundan so’ng, oynaning pastki qismidagi «Men Foydalanish bitimi (Ommaviy oferta) shartlarini qabul qilaman» degan yozuv oldidagi to’rtburchak shakl ustiga bosasiz va u yerda «ptichka» paydo bo’ladi (ommaviy oferta shartlari bilan tanishib chiishingiz mumkin). Keyin «Saytga a’zo bo’lish» tugmasini bosasiz. Unutmang, ro’yxatdan o’tishda yoki ishlab turgan email manzilingizni yoki telefon raqamingizni albatta kiriting.

4. «Saytga a’zo bo’lish» tugmasi bosilganda, Siz avtomatik tarzda o’z kabinetingizga kirasiz. Kabinetingizning chap taraf pastroq qismida dollar ($) belgisi bor. Shuni bosing. Shunda quyidagi oyna ochiladi:

Bu oynada Siz obuna sotib olish uchun to’lov qilishingiz mumkin. To’lov Payme yoki Clikc orqali amalga oshiriladi. To’lovni amalga oshirish uchun «Summa» degan yozuv ostiga sotib olmoqchi bo’lgan obunangiz summasini kiritasiz (15000, 80000 yoki 140000). So’ng, Payme yoki Clickni bosasiz. Shunda ekranda «Click (Payme) yordamida to’lash» degan yozuv chiqadi, shu yozuv bosiladi.

5. Keyin to’lovni amalga oshirish kerak bo’ladi. Bunda to’lovni ikki xil usulda to’lash mumkin. Birinchi usuli, click ulandan kartangizning raqami va amal qilish muddati terilib, «Prodoljit» tugasi bosiladi. Quyida surati keltirilgan:

Ikkinchi usuli esa, Click ulangan telefon raqamingizni terish orqali to’lovni amalga oshirish – telefon raqamingiz teriladi va «Prodoljit» tugamis bosiladi. Bunda, telefon raqamingizga Grantlar.uz uchun to’lov qilinayotgani haqida SMS boradi. Shundan so’ng, *880# ni terib, to’lovni tasdiqlaysiz. Telefon raqam orqali to’lov qilish:

Eslatma: Hisobingizga pul tashlaganingizdan keyin, albatta, obunani sotib olishingiz kerak. Obunani sotib olmasangiz, hisobingizga pul tashlagan bo’lsangiz ham, qulflangan maqolalar ochilmaydi.

6. So’ng, yana Grantlar.uz saytidagi kabinetingizga qaytasiz (Kabinetga kirish uchun Grantlar.uz saytiga kirialdi va tepa o’ng burchakdagi «Kabinet» yozuvi bosiladi). Keyin yana kabinetdagi Belgisi bosiladi. Shundan so’ng, quyidagi suratda ko’rsatilgan «Obuna bo’ling» degan yozuv bosiladi:

7. Shunda obuna turlari kelib chiqadi va ulardan o’zingiz sotib olmoqchi bo’lgan obunani tanlab, «Xarid qilish» tugmasini bosasiz:

«Xarid qilish» tugmasini bosganingizda, yangi oyna ochilad va oyna tagidagi «Hisobimdan pul yechilib, obuna xariq qilishga roziman» degan yozuv oldidagi to’rtburchakka «ptichka» qo’yasiz va «To’lovni amalga oshirish» tugmasini bosasiz. Quyidagi suratda aks etgan:

 

Shu bilan Siz obuna bo’lgan hisoblanasiz va qulflangan maqolalarning barchasi ochiladi.

Eslatma: Login va parolingizni esingizdan chiqarib qo’ymang! Chunki qulflangan maqolalar faqatgina login va parolingizni terib, obuna olingan profilingizga kirganingizdagina ochiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!