×

Qaysi davlatlarda oliy taʼlim olish uchun kontrakt summasi toʻlanmaydi?


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

6396 marta

CHOP ETILGAN

09.01.2023

Muallif: Maqsud Salomov

Dunyoning bir qancha davlatlari mahalliy va xorijiy fuqarolar uchun oliy taʼlimni bepul qilib qoʻygan, yana ayrim davlatlarda esa faqat mahalliy fuqarolar kontrakt toʻlamay oliygohda oʻqishi mumkin, xorijliklardan esa kontrakt summasi undiriladi.

Taʼkidlash joizki, taʼlim bepul universitetlarning deyarli 100% i davlat universitetlari hisoblanadi. Xususiy universitetlarda esa oliy taʼlim – pullik. Demak, quyida faqat davlat universitetlari haqida gap boradi, xususiy universitetlar haqida emas.

Shuningdek, baʼzi mamlakatlarning davlat universitetlarida kontrakt summasi olinmasa-da, har semestr toʻlanishi kerak boʻlgan maʼmuriy toʻlov bor (masalan, Germaniya, Turkiyada). Bu toʻlov odatda qimmat boʻlmaydi. Jumladan, 2023-yil yanvar oyi holatiga koʻra, Zigen universitetida ushbu toʻlov bir semestr uchun 284 yevro 50 sentni tashkil etadi. Turkiyada bu toʻlov oʻrtacha 50$-60$ ni tashkil etadi. Bu pul oliy taʼlim olish uchun emas, talabani ro’yxatga olish, talabaga yordam xizmatlari, oylik transport kartasi (proyezdnoy) va shu kabilar uchun toʻlanadi.

Yana ayrim davlatlarda kontrakt summasi ham, maʼmuriy toʻlov ham mavjud emas. Shunchaki, talaba boʻlganlar hech qanday toʻlovlarsiz oʻqiyveradi (Masalan, Daniya, faqat Yevropa Ittifoqi davlatlarining fuqarolari uchun).

Demak, quyida oliy taʼlim bepul boʻlgan davlatlar roʻyxatini keltiramiz:

1. Argentina. Faqat mahalliy aholi uchun oliy taʼlim bepul, xorijliklar kontrakt toʻlab oʻqiydi.

2. Avstriya. Faqat mahalliy aholi uchun bepul.

3. Braziliya. Mahalliy aholi uchun oʻqish bepul. Portugal tilida oʻqitiladigan kurslarga topshirsa, xorijlik talabalardan ham kontrakt summasi olinmaydi.

4. Chexiya. Mahalliy aholi uchun bepul. Chex tilida oʻqitiladigan kurslarda oʻqish xorijliklar uchun ham bepul.

5. Daniya. Mahalliy aholi va Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari uchun taʼlim bepul. Boshqa davlat fuqarolari kontrakt summasini toʻlab oʻqiydi.

6. Misr. Mahalliy aholi uchun oʻqish bepul.

7. Finlyandiya. Mahalliy aholi va Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari uchun taʼlim bepul. Boshqa davlat fuqarolari kontrakt summasini toʻlab oʻqiydi.

8. Fransiya. Mahalliy aholi va Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari uchun taʼlim bepul. Boshqa davlat fuqarolari kontrakt summasini toʻlab oʻqiydi.

9. Germaniya. Mahalliy aholi uchun ham, xorijliklar uchun ham oʻqish bepul.

10. Islandiya. Mahalliy aholi uchun ham, xorijliklar uchun ham oʻqish bepul.

11. Keniya. Mahalliy aholi uchun oʻqish bepul. Xorijliklar uchun oliy taʼlim pulli.

12. Lyuksemburg. Mahalliy aholi uchun ham, xorijliklar uchun ham oʻqish bepul.

13. Marokash. Mahalliy aholi uchun oʻqish bepul. Xorijliklar uchun oliy taʼlim pulli.

14. Norvegiya. Mahalliy aholi uchun ham, xorijliklar uchun ham oʻqish bepul.

15. Panama. Mahalliy aholi uchun ham, xorijliklar uchun ham oʻqish bepul.

16. Polsha. Mahalliy aholi uchun oʻqish bepul. Xorijliklar uchun oliy taʼlim pulli.

17. Sloveniya. Mahalliy aholi va Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari uchun taʼlim bepul. Boshqa davlat fuqarolari kontrakt summasini toʻlab oʻqiydi.

18. Ispaniya. Mahalliy aholi uchun oʻqish bepul. Xorijliklar uchun oliy taʼlim pulli.

19. Shvetsiya. Mahalliy aholi uchun oʻqish bepul. Xorijliklar uchun oliy taʼlim pulli.

20. Turkiya. Mahalliy aholi uchun oʻqish bepul. Xorijliklar uchun oliy taʼlim pulli.

21. Shotlandiya. Shotlandiyaliklar uchun oʻqish bepul. Qolganlar uchun oliy taʼlim pulli.

22. Urugvay. Mahalliy aholi uchun oʻqish bepul. Xorijliklar uchun oliy taʼlim pulli.

23. Gretsiya. Mahalliy aholi uchun bepul. Grek tilida oʻqitiladigan kurslar xorijliklar uchun ham bepul.

Shuningdek, xorijliklar uchun oliy taʼlim pulli boʻlgan davlatlarda oʻqish uchun turli grantlar yutib olish mumkin. Grantlar talabani kontrakt summasidan qisman yoki toʻliq ozod qiladi, ayrimlari oylik stipendiya bilan ham taʼminlaydi.

BU YERDA xorijliklar, jumladan, oʻzbekistonliklar uchun ham oʻqish mutlaqo bepul boʻlgan ayrim oliygohlar roʻyxati keltirilgan.

P.S. Oʻqish bepul boʻlgan va roʻyxatga kiritilmay qolgan boshqa davlatlar ham boʻlishi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!