×

Rasman: OTMlarda yangi o‘quv yili 5 sentyabrdan boshlanadi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

3278 marta

CHOP ETILGAN

28.08.2018

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari va xalqaro standartlar talablariga mos oliy ta’lim tizimini yaratish” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqida anjumanda ishtirok etgan muxbirimiz xabar beradi.

Anjumanda oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 2018 yil 5 sentabrdan boshlanishi yuzasidan rasmiy axborot berildi.

Shuningdek,  Milliy matbuot markazida tashkil etilgan anjumanda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Odil Abdurahmonov oliy ta’lim tizimiga joriy etilgan yangiliklar va sohaga oid bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

Xusasan, 2018-2019 o‘quv yilida o‘quv jarayoni yangidan takomillashtirilib, amaliyot fanlari ko‘paytirilishi belgilangan. Bitiruvchilar topshiradigan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari optimallashtiriladi va asosiy e’tibor bitiruv malakaviy ishlari hamda mutaxassislik fanlaridan davlat imtihonlariga qaratiladi.

Grantlar.uz tahririyati.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!