×

Rasman: super-kontrakt narxlari maʼlum qilindi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

7819 marta

CHOP ETILGAN

22.09.2019

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi super-kontraktlar haqida qoʻshimcha rasmiy maʼlumotlarni maʼlum qildi:

Oʻqishdan yiqilib, kontraktning kirish chizigʻiga 4 balldan ortiq yetmagan hamda 56,7 dan koʻp ball toʻplagan abituriyentlar uchun super-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi. Kirish chizigʻiga 4 ballgacha yetmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda toʻlashadi:

  • 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – 1,5 barobar;
  • 1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;
  • 2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;
  • 3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.

Shuningdek, toʻplagan bali kirish chizigʻiga 4 balldan ortiq yetmagan, lekin 56,7 dan koʻp ball toʻplagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Miqdorlar oʻtgan yilgidan deyarli oʻzgarmagan. Miqdorlar bilan SHU YERDAGI PDF faylni yuklab olib batafsil tanishishingiz mumkin.Eng qimmat miqdor yurisprudensiya yoʻnalishida — 25 barobar, yaʼni 229 mln 184 ming soʻm.

Keyingi oʻrinda tibbiyot yoʻnalishiniki — 20 barobar, yaʼni 170 mln 649 ming soʻm.

Qolgan yoʻnalishlar 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan.

ESLATMA: ushbu narxlar minimal miqdor hisoblanadi. Joriy yildan boshlab OTMlar super-kontrakt narxini oʻzi mustaqil belgilaydi, faqat asosiy sharti minimal miqdordan kam boʻlmasligi kerak. Yaʼni yurisprudensiyada super-kontrakt 229 mln soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas, lekin talabga qarab bundan qimmat boʻlishi mumkin. Super-kontrakt narxining aniq qancha boʻlishini OTMdan borib bilishingiz mumkin.

2-ESLATMA: 56,7 balldan kam toʻplaganlar super-kontraktning kamida 2 barobarini toʻlashadi. Masalan, yurisprudensiya kamida 50 barobar, tibbiyot kamida 40 barobar va h.k.

Joriy yilda abituriyentlar uchun super-kontrakt toʻlashda quyidagi yengilliklar beriladi:

  • super-kontraktni birinchi, ikkinchi va uchinchi yoʻnalishda ham oʻqish mumkin;
  • super-kontrakt miqdorlari stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan hisoblanadi (yaʼni narxlar arzonlashadi);
  • toʻlovchilarning oʻz hohishiga koʻra stipendiyali toʻlovlar, yaʼni, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt summasiga (bir oʻquv yili uchun 4,8 mln soʻm) qoʻshimcha toʻlash mumkin. Yaʼni agar istasa 4,8 mln soʻm qoʻshib toʻlasa, talaba har oy stipendiya olishi ham mumkin boʻladi;
  • super-kontraktni yil davomida ikkiga boʻlib yoki hattoki oylarga boʻlib toʻlash imkoniyati ham beriladi;
  • bunda super-kontrakt miqdorini oylarga boʻlib toʻlanganda ham, oʻquv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50 foizi joriy yilning 1-noyabridan hamda ikkinchi yarmi uchun 2020-yilning 1-martidan kechiktirmay toʻlanishi lozim;
  • yuqoridagi qoidalar kirish chizigʻiga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun ham amal qiladi;
  • ikkinchi va uchinchi yoʻnalish uchun ham super-kontraktga ruxsat berildi. Yaʼni oʻqishga kirish uchun yetarli ball toʻplay olmagan abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish mobaynida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi.

Manba: @xushnudbek

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!