×

Times Higher Education: Yevropa universitetlarining 2018-yildagi reytinggi e’lon qilindi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

3319 marta

CHOP ETILGAN

23.07.2018

Dunyo universitetlari reytinggini har yili e’lon qilib boruvchi Time Higher Education nashri 2018-yil natijalariga asoslanib Yevropa universitetlari reytinggini e’lon qildi.

Reytingni shakllantirish uchun The European Student Survey tadqiqoti olib borildi va bu tadqiqotda 30 mingdan ortiq talaba ishtirok etgan. Tadqiqot so’rov tarzida olib borilgan bo’lib, unda talabalar o’zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni ularni qay darajada tanqidiy fikrlashga, o’qitish tizimi talaba uchun qay darajada samarali, universitet ma’muriyati bilan munosabatda bo’lish qay darajada va shunga o’xshash savollarga javob berishgan.

Talabalarning fikrini o’rganishdan tashqari, reytingni shakllantirishda universitetlardagi yaratilgan sharoit ham hisobga olingan. Reyting jami 13 kriteriya asosida tuzilgan bo’lib, G’arbiy va Janubiy Yevropaning 240 dan ortiq universitetlarini o’z ichiga oladi. E’tiborlisi shuki, kuchli 10talikka kirgan universitetlarning 8tasi Buyuk Britaniyada joylashgan (qolgan ikkitasi Fransiya va Ispaniyada joylashgan universitetlar). Shuningdek, umimiy ro’yxatda Germaniya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya, Gollaniya, Irlandiya kabi davlatlar universitetlari mavjud.

Reyting natijasiga ko’ra, kuchli 10talikni quyidagi universitetlar band etgan:

  1. University of Oxford (Buyuk Britaniya).
  2. University of Cambridge (Buyuk Britaniya).
  3. Sorbonne University (Fransiya).
  4. University of Warwick (Buyuk Britaniya).
  5. London’s Global University (Buyuk Brtaniya).
  6. University of Bristol (Buyuk Britaniya).
  7. University of Manchester (Buyuk Brtaniya).
  8. University of Navarra (Ispaniya).
  9. Newcastle University (Buyuk Brtaniya) va University of York (Buyuk Britaniya).
  10. Imperial College London (Buyuk Brtaniya) va University of Sheffield (Buyuk Brtaniya).

Universitetlar reytinggining to’liq ro’yxati bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Eslatma: Ushbu reyting Times Higher Education o’tkazgan tadqiqot natijasi hisoblanadi va bu natijalar boshqa tashkilotlar tomonidan tuzilgan reytingdan farq qilishi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!