Qayerda: O’zbekiston
Kim uchun: Dasturlash tajribasiga ega 15 yoshdan 30 yoshgacha bo’lganlar uchun
Ariza topshirish muhlati: 2019-yilning 15-fevraligacha
Umumiy ma’lumot: Toshkentda joylashgan «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida isteʼdodli yoshlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlarning ishbilarmonlik faolligini rivojlantirish maqsadida “ROBO CODERS 2019” tanlovini e’lon qildi. Ushbu tanlovda dasturlash tajribasiga ega bo’lgan 15 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha qatnashishi mumkin.
Tanlov 3 tayosh toifasi boʻyicha oʻtkaziladi:
- 15 yoshdan 20 yoshgacha;
- 21 yoshdan 25 yoshgacha;
- 26 yoshdan 30 yoshgacha.
Mukofotlar: Tanlov dasturi 3 tanominatsiya boʻyicha 9 tafaxrli oʻrinni oʻz ichiga oladi:
- Birinchi oʻrin – 3 ta gʻolib – har bir 1-o’rin sohibi HP 250 G6 i3-6006 4/500 noutbukini qo’lga kiritadi;
- Ikkinchi oʻrin – 3 ta gʻolib – har bir 2-o’rin sohibi Acer Extensa EX2519 N3160 4/500 noutbukini qo’lga kiritadi;
- Uchinchi oʻrin – 3 ta gʻolib – har bir 3-o’rin sohibi Xiaomi Redmi Note 5 64 GB smartfonini qo’lga kiritadi.
Shuningdek, «Eng tez coder», «Eng sodda algoritm» va «Eng yosh dasturchi» ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalari ham mavjud bo’lib, ular LogitechX300 simsiz akustika, SonySRS-XB10 simsiz akustika va Defender FreeMotion B611 quloqchinlar bilan mukofotlanadi.
Hujjat topshirish jarayoni: Nomzodlar 2019-yilning 15-fevraligacha SHU YERDA ro’yxatdan o’tgan holda ariza topshirishi lozim.
Tashkiliy qoʻmita tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni topshirish muddati yakunlanganidan keyin 2 ish kuni davomida tanlov ishtirokchilarini tanlab oladi.
Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:
I bosqich – 2019-yil 17-fevral – roboticslab.tuit.uz saytida tanlovning 1-turi oʻtkaziladi:
- tanlov ishtirokchilariga mantiqli hisoblash va robototexnika boʻyicha algoritmga asoslangan vazifalar beriladi;
- “roboticslab” tizimi toʻgʻri javoblarni, algoritmning noyobligini va vazifani yechishga ketgan vaqtni aniqlaydi;
- 1-tur natijalari boʻyicha tanlov finalchilari aniqlanadi;
II bosqich – 2019 yil 24 fevral – tanlov finali:
- tanlov ishtirokchilariga mantiqli hisoblash va robototexnika boʻyicha murakkabroq algoritmga asoslangan vazifalar beriladi;
- “roboticslab” tizimi toʻgʻri javoblarni, algoritmning noyobligini va vazifani yechishga ketgan eng qisqa vaqtni aniqlaydi;
- final turi natijalari boʻyicha tanlov gʻoliblari aniqlanadi.
Batafsil maʼlumotni +998 71 238 99 44 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib olishingiz mumkin.
Tanlov Nizomi va uning o’tkazilish tartibi bilan SHU YERDA batafsil tanishing.