×

“Robotlar va xalqaro gumanitar huquq” esselar tanlovi; mukofot – xarajatlari toʻliq qoplanadigan konferensiya va yozgi maktab!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1853 marta

CHOP ETILGAN

21.05.2021

Kim uchun: Barcha uchun ochiq

Esse topshirish muhlati: 2021-yil 30-iyungacha

Asosiy maʼlumot

Xalqaro qizil xoch qoʻmitasi “Robotlar va xalqaro gumanita huquq (XGH)” nomli insholar tanlovini eʼlon qildi.

Bir necha oʻn yillar davomida davlatlar va mutaxassislar qurolli toʻqnashuvlar paytida harbiy texnika va texnologiyalarni jadal rivojlanishi qanday muammolarni yuzaga keltirayotgani va xalqari gumanitar huquq ushbu muammolarga qanday javob berayotgani haqida bahslashmoqdalar. Shu sababli xaqlqaro gumanitar huquq normalarini mustahkamlash maqsadida Xalqaro qizil xoch qoʻmitasi barcha qiziquvchilarni “Robotlar va XGH” esselar tanlovida qatnashishni taklif qilmoqda.

Esselar quyidagi tillardan birida topshirilishi mumkin:

  • Oʻzbek
  • Rus
  • Tojik
  • Turkman
  • Qirgʻiz
  • Qozoq
  • Arman
  • Ozarbayjon
  • Ukrain

Nomzodga qoʻyilgan talablar

Tanlovda yoshi, kasbiy holati yoki qaysi davlatda yashashidan qatʼiy nazar, maktab oʻquvchilari, talabalar, magistrlar, doktorantlar, oʻqituvchilar, taqdiqotchilar, amaliyot oʻtayotgan mutaxassislar va boshqalar qatnashishi mumkin.

Nominatsiya va mukofotlar

Tanlov gʻoliblari va sovrindorlari turli til seksiyalarida quyidagi bir necha nominatsiyalarda tanlanishi mumkin:

  • Oʻquvchilar orasida eng yaxshi ish;
  • Talabalar orasida eng yaxshi ish;
  • Yosh tadqiqotchilar orasida eng yaxshi ish
  • Oʻqituvchilar va/yoki amaliyotchi mutaxassislar orasida eng yaxshi ish.

Nominatsiya gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • Xalqaro qizil xoch qoʻmitasining mintaqaviy tadbirlarining birida ishtirok etishga taklif va barcha tegishli xarajatlarni qoplash;
  • Xalqaro gumanitar huquq boʻyicha adabiyot;
  • Ilmiy nashriyotda bosib chiqarishda yordam berish;
  • Tanlovning til seksiyalari koordinatorlarining ixtiyoriga koʻra, Xalqaro Gumanitar Xuquq boʻyicha yozgi maktablarning birida ishtirok etishga oid xarajatlarni qoplash;
  • Tanlovning til seksiyalari koordinatorlarining ixtiyoriga koʻra, boshqa sovrinlar.

Nihoyatda sifatli ishlar mavjud boʻlgan holda, tanlov tashkilotchisining qaroriga asosan, gʻolib(lar)ga shuningdek supersovrin taqdim etilishi mumkin, yaʼni Qizil xochning xalqaro jurnalida esseni nashr etishda, va zarurat paydo boʻlsa, esseni ingliz tiliga (Cambridge University Press, Scopus nashriyotida) tarjima etishda koʻmaklashiladi.

Essega qoʻyilgan talablar

Esse quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Sahifa ostidagi izohlar hisobga olinmagan holda soʻzlarning maksimal soni – 1000 (Microsoft Office vositalari yordamida tekshiriladi);
  • Esse Microsoft Word formatida bitta fayl koʻrinishida taqdim etilishi kerak;
  • Shrift turi va oʻlchamlari: Times New Roman, 12 punktlik kegl;
  • Satrlararo interval: bir yarim;
  • Sahifa ostidagi izohlar shrifti va oʻlchamlari: Times New Roman, 10 punktlik kegl;
  • Sahifa hoshiyalarining kengligi (eni): butun perimetr boʻyicha 2 sm;
  • Ish noyob boʻlishi kerak, koʻchirmachilik va muallif nomi koʻrsatilmagan oʻzlashtirmalarga yoʻl qoʻyilmaydi.

Esse ozarbayjon, arman, qozoq, qirgʻiz, rus, oʻzbek, ukrain, tojik yoki turkman tilida yozilgan boʻlishi shart.

Esselar quyidagi mezonlarga asosan baholanadi:

  • Gʻoyaning oʻziga xosligi va asoslanganligi;
  • Esse mazmuni Konkursning eʼlon qilingan mavzusiga mosligi;
  • Xalqaro gumanitar huquq borasidagi bilim saviyasi;
  • Dastlabki manbalar bilan ishlash qobiliyati va ilmiy iqtiboslar keltirish qoidalariga rioya etish;
  • Oʻz nuqtayi nazarini dalillar bilan isbotlash qobiliyati;
  • Yuqori sifat, shakllantirish puxtaligi va ifodalash uslubi;

Ishlarni topshirish jarayoni

Esse va ariza bitta elektron xat sifatida Microsoft Word formatida ikki fayl koʻrinishida icrc.competition@gmail.com manziliga yuborilishi kerak, bunda xat mavzusida til seksiyasi va ishtirokchining familiyasi qayd etilishi kerak (misol: “rus tili, Ivanov Ivan”).

Arizani yuklab olish uchun BU YERGA kirib, kerakli tildagi tanlov reglamentini yuklab oling; ariza reglamentning oxirgi sahifasida berilgan.

Fayllar nomiga nisbatan qoʻllaniladigan talablar:

  1. Esseni oʻz ichiga olgan fayl tarkibida ishtirokchining ismi va familiyasini xamda verguldan soʻng “esse” soʻzi boʻlishi kerak (misol: “Ivanov Ivan, esse”).
  2. Arizani oʻz ichiga olgan fayl tarkibida ishtirokchining ismi va familiyasini hamda verguldan soʻng “esse” soʻzi boʻlishi kerak (misol: “Ivanov Ivan, ariza”).

Ishlarni qabul qilishning oxirgi muhlati – 2021-yil 30-iyun.

Gʻoliblar 2021-yilning 1-sentabrida Xalqaro qizil xoch qoʻmitasi veb-saytida eʼlon qilinadi.

MUHIM: Tanlovga qatnashish harakatini boshlashdan oldin BU YERGA kirib, kerakli tildagi reglamentni yuklab oling va reglament bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!