Qayerda: Rossiya Federatsiyasi, Moskva
Kim uchun: Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Tanlov o’tkazilish sanasi: 2018-yilning 29-30-iyul kunlari
Rossiya Federal davlat avtonom “Milliy yadro tadqiqotlar universitetining Moskva muhandislik-fizika instituti” oliy ta’lim muassasasi 2018/2019 o‘quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha Moskva shahrida magistraturada o‘qish bo‘yicha maqsadli tanlov e’lon qiladi:
1. Yadroviy energetika va issiqlik fizikasi.
2. Yadro fizikasi va texnologiyalari.
O‘qishni xohlovchilar uchun talablar:
- talabgor bakalavriat bosqichini quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tamomlagan bo‘lishi lozim: Fizika, Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi, Energetika (tarmoqlar bo‘yicha), Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha, Texnologik mashinalar va jihozlar (sovutish, kriogen texnikasi va mo‘tadillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari), Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha), Hayotiy faoliyat xavfsizligi va turdosh bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari;
- rus tilini bilishi;
- mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish.
Tanlov 2018 yil 29 iyuldan 30 iyulgacha I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (milliy tadqiqot universiteti) Toshkent shahar filialining ixtisoslashtirilgan akademik litseyi binosida o‘tkaziladi.
Tanlovga borganda yoningizda bakalavr diplomi (asli) va pasport bo‘lishi lozim.
Manzil: Toshkent shahar, Bektemir tumani, Suvsoz dahasi, 84-uy.
Ma’lumot uchun telefon raqami: +99871-246-08-14 (Nematov I.)
Shuningdek, savollar yuzasidan O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Facebook sahifasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Manba: https://t.me/eduuz