×

Rossiya va Chexiyada grant asosida taʼlim oling!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1458 marta

CHOP ETILGAN

03.06.2024

Bugungi kunda Oʻzbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, yaʼni bepul oʻqish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-xarajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini koʻrib chiqamiz.

ROSSIYADA TAʼLIM

Rossiya davlat universitetlarida Oʻzbekiston fuqarolari ajratilgan byudjet kvotalariga daʼvogar boʻlish huquqiga egadirlar. Rossiya hukumati tomonidan ajratilgan kvota oʻrinlarini qoʻlga kiritish uchun, oʻrnatilgan tartib boʻyicha Universitetning kirish imtihonlarini topshirib, maʼlum yetarli ball yigʻishlari shart boʻladi.

Ushbu kirish imtihonlari oson va qulay kechish maqsadida RuStudy kompaniyasi Oʻzbekiston hududida Rossiya davlat universitetlari bilan shartnomasi asosida, kelishilgan holda onlayn va oflayn kirish imtihonlarini tashkillashtirib keladi.

2021-yildan boshlangan faoliyat davomida 1264 ta abituriyent, hozirgi kunda Rossiya davlat universitetlarining talabalari boʻlib, u yerda tahsil olib kelishmoqda.

RuStudy kompaniyasi imtihonlarni tashkillashtirishdan tashqari, abituriyentlarni ushbu imtihonga tayyorlash, va shartnoma asosida byudjet oʻrinlarni kafolatli tarzda qoʻlga kiritish bilan ham faol shugʻullanib keladi.

Taʼkidlab oʻtish joiz, har bir oʻqishga kirgan talaba shartli ravishda oldindan belgilangan aviareys uchun chipta oladi va barcha oʻqishga kirgan talabalar bilan bir guruh boʻlib, RuStudy kompaniyasi vakili kuzatuvida uchib ketishadi. Universitetga olib borib joylashtirish, yotoqxonaga joylashish, va birinchi hujjatlarni rasmiylashtirishdagi yordam kompaniya vakili zimmasiga yuklatilgan.

Rossiya davlat universitetlarining fakultetlari turi koʻpligi sabab, koʻp abituriyentlarni oʻziga jalb qiladi, ulardan:

  • Axborot Texnologiyalari va tizimlari
  • Arxitektura
  • Aviadispetcherlik
  • Aviasozlik
  • Biologiya
  • Energetika
  • Farmatsiya
  • Kadastr
  • Neft va gaz
  • Sanoat dizaynı
  • Temir yoʻl
  • Iqtisodiyot
  • Yurisprudensiya
  • va boshqa 30 dan ortiq yoʻnalishlar bor.

Rossiyadagi oliy taʼlimining eng katta plyusi esa — Rossiya diplomlari Oʻzbekistonda toʻgʻridan toʻgʻri tan olinishidir. 2019-yil 29-may kuni Nukus shahrida imzolangan OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN ROSSIYA FEDERATSIYASI HUKUMATI OʻRTASIDA, TAʼLIM, MALAKA VA ILMIY DARAJALARNI OʻZARO TAN OLISH TOʻGʻRISIDAGI bitim asosida. Rossiya universitetlarida olingan oliy taʼlim diplomi Oʻzbekistonda nostrifikatsiyasiz tan olinadi. Bitimga havola: https://lex.uz/docs/-4374996

Demak, Rossiya davlat universitetlarining grant dasturi juda ham oddiy va sodda, shuningdek, hech qanday til sertifikati talab qilmaydi.

Xarajatlar:

  • aviachipta — 200$
  • byudjet oʻrinlarini kafolatli tarzda yutib olishda koʻmaklashish uchun toʻlanadigan kompaniya toʻlovi — oʻrtacha universitetga qarab 3 million soʻmdan 15 million soʻmgacha.
  • tibbiy sugʻurta — 50$

CHEXIYADA TAʼLIM

Yevroittifoq davlatlaridan biri boʻlmish Chexiyaga nazar solsak, bu davlatning oliy taʼlim muassasalari Oʻzbekiston fuqarolariga oʻzlarining grant, yaʼni bepul taʼlimlarini taklif qilishadi.

Avvalroq taʼkidlanganidek, hech qanday til sertifikati talab qilinmaydi va oʻqishga kirish juda oson. Faqat davlat universitetlaridan birgina talab qoʻyilgan: bakalavrdan (yoki magistraturadan) avval universitet tomonidan tashkillashtirilgan 6 oylik til kursida tahsil olish shart.

Albatta, makalavr va magistratura mutlaqo bepul, lekin til kursiga pul toʻlash kerak boʻladi.

Bepul oliy taʼlim chex tilida, Chexiyaning davlat tilida olib boriladi va 6 oylik til kursida ham chex tili oʻrgatiladi.

Chexiya davlat universitetlarining eng jalb qiluvchi xususiyati bu uning yoʻnalishlarida.

  • Davolash ishi
  • Stomatologiya
  • Uchuvchilik
  • Axborot Texnologiyalari
  • Iqtisodiyot
  • Xalqaro Huquqshunoslik
  • va boshqa 30 dan ortiq yoʻnalishlar.

Yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlar, ayniqsa, tibbiyot va uchuvchilik yoʻnalishlari hech qaysi boshqa davlatlarda bepul oʻqitilmaydi. Shu sabab, aksariyat Chex universitetlarida siz, boshqa Yevropa davlatlaridan kelgan juda koʻp talabalarni koʻrishingiz mumkin. Koʻp rivojlangan Yevropa davlatlaridan talabalar aynan Chexiya davlat universitetlariga bepul taʼlim izlab kelishadi.

Oʻqishga ketish dekabr oyiga toʻgʻri keladi. Talabalar oʻqish davomida bemalol ham Universitetda tahsil olib, ham qonuniy ishlash imkoniga ega boʻlishadi.

RuStudy kompaniyasi, talabalarni oʻqishga kiritishda, ularni viza olishda yordam berishda, Praga shahrida Aeroportdan kutib olishda, Universitet va yotoqxonalariga joylashishda koʻmaklashadi.

Kompaniya orqali avvalroq ketgan talabalar bilan endi ketmoqchi boʻlgan talabalarni Telegram va WhatsApp orqali bogʻlab qoʻyishadi. Bu boʻlajak talabalarni yangi muhitga moslashishda, oʻqish jarayonlariga tezroq kirishib ketishda ijobiy taʼsirini beradi.

Koʻrib chiqqan ikkala davlat ham oliy taʼlim doirasida oʻzining nufuzi va hurmatiga ega. Oʻylaymizki ushbu davlatlarda olingan taʼlim har qanday moliyaviy sarf-xarajat va taʼlim uchun sarflangan vaqtga arziydi.

Moliyaviy xarajatlar

6 oylik til kursining narxi, kompaniya toʻlovlari, viza xarajatlari va aviachipta taxminan 2800 AQSH dollariga teng boʻladi.

RuStudy kompaniyasi bilan aloqa:

Telegram: @rustudy_tash | @rustudy_consult

📞 +99891 184 1001 | 📞 +99899 614 1001

🌎 Hududiy filiallar:

TOSHKENT 👇

Telegram : @rustudy_tash | @rustudy_consult

📞 + 998 94 003 10 01 | + 998 33 496 10 01

📍 Toshkent shahar, Xadra massivi, A. Navoiy ko‘chasi, 25 uy (Octobank yonida)

NAMANGAN 👇

Telegram : @intuition_rus | @Intuition_nam

📞 + 998 99 986 10 01 | + 998 99 984 10 01

📍 Namangan shahar, A. Xodjaev ko‘chasi (Davlat xizmatlari markazi, 3 qavat)

FARG‘ONA 👇

Telegram : @intuition_fer

📞 + 998 99 637 10 01 | + 998 93 276 10 01

📍 Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi (MEDIA PARK, 2 chi qavat)

ANDIJON 👇

Telegram : @Rustudy_And

📞 + 998 33 452 10 01 | + 998 33 262 10 01

📍 Andijon shahar, M. Tiklanish ko‘chasi (Eski Tojmahal, 2 chi qavat)

SAMARQAND 👇

Telegram : @rustudy_smrknd

📞 + 998 33 207 10 01 | + 998 33 788 10 01

📍 Samarqand shahar, Dagbit ko‘chasi (Shedevr, 2 chi qavat)

👉 WEB sayt : WWW.RUSTUDY.UZ

👉 Telegram : t.me/intuition_uz

👉 Instagram : @rustudy_uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!