×

Rossiyada 3 kunlik bepul qishki maktab: Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2884 marta

CHOP ETILGAN

02.01.2022

Qayerda: Rossiya Federatsiyasi

Kim uchun: MDH davlatlarida fizika, texnika va fizika-matematika yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatning 3-4-kurslarida oʻqiyotgan talabalar va/yoki “Fizika” yoʻnalishi boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchi nomzodlar uchun

Ariza topshirish muhlati: Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 16-yanvar, 22:00 gacha

Asosiy maʼlumot

Rossiya Federatsiyasining poytaxti Moskva shahrida joylashgan Oliy iqtisodiyot maktabi milliy tadqiqot universiteti 5-marta tashkillashtirilayotan qishki maktabga arizalar qabul qilmoqda. Qishki maktab 2022-yil 21-23-yanvar kunlari universitetning “Voronova” taʼlim markazida boʻlib oʻtadi. Ushbu qishki maktab asosan MDH davlatlarida fizika, texnika va fizika-matematika yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatning 3-4-kurslarida oʻqiyotgan talabalar taklif uchun moʻljallangan. Qishki maktab universitetning “Fizika” magistrlik dasturiga kirishga qiziquvchi barcha nomzodlar taklif etiladi.

Maktab davomida oʻqituvchi va ilmiy xodimlar maʼruzalar oʻqiydi, shuningdek, madaniy va boshqa tadbirlar tashkillashtiriladi.

Iqtisodiy imkoniyatlar

Yozgi maktabga qabul qilinganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • Yozgi maktabda qatnashish bepul.
  • Turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
  • Moskvadan maktab mashgʻulotlari boʻladigan joyga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.

Moskvaga borish va vatanga qaytish xarajatlarini ishtirokchilarning oʻzlari qoplashi lozim.

Talablar

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlarida fizika, texnika va fizika-matematika yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatning 3-4-kurslarida oʻqiyotgan talabalar va/yoki “Fizika” yoʻnalishi boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchi nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzodlar rus tilini yetarli darajada bilishi kerak.
  • Qishki maktab uchun Rossiyaga bora olishi va qatnasha olishi kerak (xorijga chiqish pasportiga ega boʻlish yoki uni maktab oshlangunga qadar olish lozim).

Dasturga qabul jarayoni

Maktab uchun arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 16-yanvar, soat 22:00 gacha qabul qilinadi. Arizalar BU YERDA qabul qilinadi (rus tilida).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin qishki maktab haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!