×

Rossiyada Magistraturani oʻqimoqchi boʻlganlar uchun 2 haftalik bepul oʻquv-amaliyot dasturi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2580 marta

CHOP ETILGAN

03.10.2022

Asosiy maʼlumot:

Rossiya Federatsiyasida joylashgan “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universitetida magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchi xorijiy nomzodlarga “Study tour experience” oʻquv-amaliyot dasturini taklif etmoqda.

Dastur 2 hafta – 2022-yil 14-noyabrdan 28-noyabrgacha davom etadi. Nomzodlar dasturda 2 tildan birida – rus yoki ingliz tilida qatnashishni tanlashi mumkin. Rus tilida qatnashishni tanlaganlar uchun tajribaviy taʼlim rus va ingliz tilida olib boriladi. Ingliz tilida qatnashishni tanlaganlar uchun esa faqat ingliz tilida olib boriladi.

Ishtirokchilar dastur davomida quyidagi sohalar boʻyicha magistratura bosqichida oʻqish jarayoni bilan tanishadi:
– Biznes va menejment
– Informatika va matematika
– Moliya va iqtisod
– Psixologiya va kognitiv fanlar
– Ijtimoiy va siyosiy fanlar
– Huquqshunoslik

Informatika va matematika hamda huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha faqat rus tilida qatnashish mumkin (qolganlarida rus tilida ham, ingliz tilida ham qatnashish mumkin).

Oʻquv-amaliyot dasturi onlayn va oflayn formatda boʻladi.

Maʼlumot uchun: Universitet magistraturada oʻqish uchun qisman (70% gacha) grantlar taklif etadi.

Manfaatli jihatlar:

  • Ishtirok etish bepul.
  • Dastur oxirida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikat beriladi.
  • Ishtirokchilar oʻzlari tanlagan soha boʻyicha magistrlik dasturida oʻqish jarayoni bilan tanishadi, magistrlik dasturining tajribaviy dars mashgʻulotlarida qatnashadi va boshqa ishtirokchilar bilan fikr almashish imkoniga ega boʻladi.

Talablar:

Nomzod uchun qatʼiy talablar qoʻyilmagan. Ushbu universitetdagi magistrlik dasturlarida oʻqish variantini koʻrib chiqishni xohlovchi bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari yoki bakalavrlik darajasiga ega xorijlik (Rossiyadan boshqa davlatdan boʻlgan) nomzodlar dasturga ariza topshirishi mumkin.

Ingliz va/yoki rus tilini bilish darajasi uchun ham qatʼiy talab mavjud emas. Shu sababli, shu ikkala tildan birida oʻrtacha muloqot qila oladiganlarga ham ariza topshirish tavsiya etiladi.

Ariza topshirish jarayoni:

Arizalar 2022-yilning 31-oktabriga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar ariza shaklida yozgan motivatsiya xati asosida saralab olinadi. Qabul qilinganlik yoki rad etilganlik haqidagi natijalar 2022-yil 16-fevralgacha eʼlon qilinadi.

Arizalarni quyidagi havolalar orqali topshirish mumkin:
– Rus tilida qatnashish uchun ariza topshirish
– Ingliz tilida qatnashish uchun ariza topshirish

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing:
– Rus tilida tanishish
– Ingliz tilida tanishish

Savollar yuzasidan quyidagi masʼul xodimga murojaat qilishingiz mumkin:

Email: lrakhimova@hse.ru (Louise Rakhimova)

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!