×

Rossiyadagi oʻzbekistonlik talabalar va boshqa oʻzbek fuqarolariga COVID-19 pandemiyasi sababli bir martalik yordam puli beriladi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2147 marta

CHOP ETILGAN

13.05.2020

2020-yil 14-maydan boshlab Rossiyada COVID-19 virusi pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin va cheklov choralari tufayli ogʻir vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordam berishni boshlaydi.

Oʻzbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya hududlaridagi Bosh konsulxonalari Elchixona ochgan xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan beriladigan moddiy yordamni quyidagilar olishi mumkin:

Rossiya oliy oʻquv yurtlari kunduzgi boʻlimlarida tahsil olayotgan talabalar – oʻqish joyidan tegishli maʼlumotnoma asnosida.

Nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (maʼlumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;

Qaramogʻida 2 yoshgacha farzandi boʻlgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasidan maʼlumotnoma) taqdim etgilgan holda;

COVID-19 virusi tasdiqlangan shaxslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;

Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda bir martalik pul mablagʻini toʻlab berish shaklida amalga oshiriladi.

Moliyaviy yordamni olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi tomonidan maxsus ishga tushirilgan oʻzbek va rus tillaridagi “Mehr” portali orqali murojaat yuborish lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!