×

Rossiya: Dunyoning eng yaxshi universitetlari roʻyxatida 326-oʻrinni egallagan RUDN oliygohida tahsil oling!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2102 marta

CHOP ETILGAN

02.10.2020

Oʻzbekiston yoshlariga ATOM PEACH kompaniyasi Rossiya Federatsiyasi poytaxti – Moskvada joylashgan RUDN (Российский университет дружбы народов, Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti)ning bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olish imkoniyati taklif etiladi.

RUDN QS reytingi boʻyicha 326-oʻrinda turadi. Yaʼni mazkur universitet diplomi Oʻzbekistonda hech qanday imtihonlarsiz nostrifikatsiya qilinadi.

Shuningdek, 1-kursni bitirgach, Oʻzbekiston universitetlariga oʻqishni koʻchirish mumkin. Bunda Oʻzbekiston universitetlariga oʻqishni koʻchirish hech qanday imtihonlarsiz amalga oshiriladi.

Yoʻnalishlar

Mazkur universitetda huquqshunoslik, tibbiyot, neft va gaz, matematika, fizika, agronomiya xalqaro aloqalar va shu kabi boshqa 100 ga yaqin yoʻnalishlar boʻlib, talaba mavjud yoʻnalishlardan biriga hujjat topshirishi mumkin.

Nomzodga qanday talablar qoʻyilgan?

RUDN universitetida oʻqishni xohlagan nomzodlar quyidagi talabalarga mos boʻlishi kerak:

  • Rus tilini bilish;
  • Maktab attestati yoki kollej/litsey diplomiga ega boʻlish.

Qabul qanday boʻladi?

Hujjatlar 2020-yilning 30-oktyabrigacha qabul qilinadi. Kunduzgi taʼlim uchun qabul tugaganligi sababli hozirda kechki va sirtqi taʼlim uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.

Hujjatlar qabul qilingach, joriy yilning dekabr oyida nomzodlar test topshiradi. Mazkur testga tayyorlanish va undan oʻtish uchun ATOM PEACH kompaniyasi yordam beradi. Shuningdek, kompaniya talablarga mos boʻlgan nomzodlarning 100% oʻqishga qabul qilinishini taʼminlaydi. Kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirishda kompaniya bevosita yordam koʻrsatadi.

Universitet haqidagi video bilan SHU YERDA tanishing.

Batafsil maʼlumot va hujjat topshirish uchun ATOM PEACH kompaniyasiga murojaat qilishingiz mumkin:

Telefon: +998 90 909 03 44

Telegram orqali: @manager_AP

ATOM PEACH – rasmiy telegram kanal

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 11/6/20.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!