×

Samarqandda 20 dan ortiq zamonaviy kasblar va til kurslarini bepul hamda stipendiya olgan holda oʻqish mumkin!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3474 marta

CHOP ETILGAN

08.04.2022

Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufida tashkil etilgan «ISHGA MARHAMAT» Monomarkazi 20 dan ortiq kasblar boʻyicha kurslar hamda til kurslarini taklif etadi. Rasmiy ish joyiga ega boʻlmagan, oʻquvchi yoki talaba boʻlmagan fuqarolar ushbu kurslarning barchasida bepul oʻqishi mumkin.

Markazda quyidagi kurslar oʻqitiladi:

  • Kompyuter dizayn dasturlari (Photoshop, Illustrator, 3Dmax, Autocad)
  • Buxgalteriya (o‘rta malakali)
  • Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish
  • Issiqxona texnologiyasi
  • Payvandlovchi
  • Santexnik
  • Ayollar sartaroshi, Vizajist
  • Kosmetolog
  • Neyl stilist (nail stylist)
  • Tikuvchi
  • Davolovchi massaj (kattalar va bolalar uchun)
  • Oshpaz
  • Qandolatchi
  • Ofitsiant, batler (butler)
  • Zamonaviy Pardalar tikuvchisi
  • Mehmonxona xizmatchisi
  • Avtomaktab ( B va BC toifalari)
  • Elektrik ustasi
  • Yuk ko‘tarish krani operatori
  • Erkaklar sartaroshi
  • Qandolatchi
  • Maishiy uy-roʼzgʼor elektrotexnik buyumlarni taʼmirlash ustasi kasbi
  • Tadbirkorlik asoslari
  • Ingliz tili
  • Rus tili
  • Yapon tili
  • Nemis tili

Mazkur bepul kurslar ishsiz va band boʻlmagan (rasmiy ishga ega boʻlmagan, mehnat shartnomasi asosida ishlamaydigan) fuqarolar uchun moʻljallangan.

Kurslarning imtiyozlari:
– Oʻqish bepul.
– Oylik stipendiya beriladi (ishsiz deb eʼtirof etilganlar uchun).
– Oʻquv xonalari jahon standartlari asosida jihozlangan.
– Davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Bu sertifikat kollej diplomiga tenglashtirilgan.
– Bepul yotoqxona taʼminlanadi.
– Migratsiya (xorijda ishlash) boʻyicha bepul maslahat xizmati mavjud.

Kurslar davomiyligi

Kurslar 2 oydan 4 oygacha daom etadi. Oʻquv mashgʻulotlarining 70% qismi amaliy tarzda olib boriladi. Kurslarga qabul yil boʻyi davom etadi.

Murojaat uchun

Batafsil maʼlumot olish va kurslarga yozilish uchun quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.

+998662250840
+998904780430

Monomarkazning telegramdagi kanali
Onlayn roʻyxatdan oʻtish uchun telegram bot

Markaz joylashgan manzil: Samarqand shahri, Kimyogarlar qo’rgoni, Narpay ko’chasi 7b uy

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!