×

Samarqandda rasmiy TEDx tadbiri: spikerlarga maxsus sertifikat beriladi, nutqlar TED loyihasining YouTube kanaliga joylanadi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1751 marta

CHOP ETILGAN

13.04.2022

Qayerda: Samarqand, Oʻzbekiston

Kim uchun: 15-24 yoshli Oʻzbekiston fuqarolari uchun

Ariza topshirish muhlati: 2022-yil 20-aprel, 23:59 gacha

Asosiy maʼlumot

Xalqaro TED loyihasining rasmiy litsenziyasiga ega TEDxYouth@MirzoUlugbekSt tadbirida spiker sifatida nutq soʻzlash uchun arizalar qabul qilinmoqda. Tadbirda 15-24 yoshli, ingliz tilida yaxshi gapira oladigan, yangi va hayratlanarli gʻoya/fikrga ega boʻlganlar spiker sifatida qatnashishi mumkin.

Tadbir 2022-yil 20-may kuni, soat 14:00 dan 18:00 gacha Samarqanddagi Ipak yoʻli xalqaro turizm universitetida boʻlib oʻtadi.

Spiker sifatida qatnashish uchun ariza berish va tadbirda qatnashish bepul.

Foydali jihatlari

Tanlovga qatnashish spikerlarga quyidagi imtiyozlarni taqdim qiladi:

  • TEDx tomonidan tasdiqlangan maxsus sertifikat beriladi.
  • Spikerlar nutqi yozib olinadi va TEDx rasmiy YouTube kanaliga joylanadi.
  • Spikerlar ismi va roli xalqaro TED loyihasining rasmiy saytida koʻrsatiladi (dalil sifatida).
  • Jamoa aʼzolari va keng fikrli spikerlar bilan uzoq muddatli aloqa oʻrnatish imkoniga ega boʻlasiz.

Talablar

Spiker sifatida qantnashmoqchi boʻlgan nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish.
  • 15-24 yosh oraligʻida boʻlish.
  • Ingliz tilida yaxshi gapira olish.
  • Keng fikrli, kommunikativ va moslashuvchan boʻlish.

Qabul jarayoni

Arizalar 2022-yil 20-aprel, soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Arizani onlayn tarzda BU YERDA toʻldirib, topshirishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash 2 bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Fikr/gʻoyalaringiz va tajribangiz tekshiriladi.
  2. Ariza topshirilgach, nomzodlar onlayn intervyuga taklif etiladi; unda kuratorlar va saralash komissiyasining bir nechta savollariga javob berish kerak boʻladi.

Tadbir sahifalari:

TED loyihasining rasmiy veb-saytida ushbu tadbir haqidagi eʼlonni BU YERDA koʻrishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!