×

Samarqandda Yoshlar Forumi: Bepul sayohat, lotoreya oʻyinlari, esdalik sovgʻa va sertifikatlar!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

8616 marta

CHOP ETILGAN

15.08.2019

Konferensiya nomi: “5T Youth Forum” (5T Yoshlar Forumi).

 Qayerda: Samarqand viloyati, Samarqand shahri

Kimlar uchun: 17 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun

Ariza topshirish muddati: 2019-yil  2-oktabrgacha

Asosiy ma’lumot: Respublika aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil qiladi. Bu Oʻzbekistonni taraqqiyotning mutlaqo yangi darajasiga olib chiqishga qodir boʻlgan ulkan ijodiy va intellektual salohiyatdir. Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.

Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.

Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.

“Samarqand yoshlar forumi – 2019” Samarqand yoshlar konferensiyasi (Keyingi oʻrinlarda – konferensiya deb yuritiladi) Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan, 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning ixtiyoriy ishtirokiga asoslangan, mamlakat taqdiriga daxldor, uning manfaatlari yoʻlida doimiy harakatdan charchamaydigan yoshlarni birlashtiruvchi konferensiya hisoblanadi.

Konferensiya Samarqand shahrida Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston yoshlar Ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi, Samarqand viloyatidagi OTMlari, Oʻrta-maxsus ta’lim muassasalari, Xalq ta’limi muassasalari, Turizmni rivojlantirish Samarqand viloyat departamenti va boshqa manfaatdor tashkilotlar hamkorligida tashkil qilinadi. Konferensiya elektron roʻyxatdan oʻtish orqali ixtiyoriy ravishda ishtirok etishga asoslanadi. Konferensiya 19-20-oktabr kunlari Samarqand viloyati Samarqand shahrida oʻtkaziladi. Konferensiyada jami 400 nafar ishtirokchi qatnashishi mumkin.

Konferensiyaning maqsadi: Konferensiya mamlakatimiz yoshlarini birlashtiradigan, boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanish imkoniyatini beradigan, mustaqil fikrlarini bayon etishini qoʻllab-quvvatlaydigan hamda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor qilish maqsadini koʻzlaydi. Konferensiyaning asosiy vazifalaridan yana biri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilayotgan besh muhim tashabbus gʻoyasini yoshlar ongida yanada chuqurroq singdirish, ularning boʻsh vaqtlaridan samarali foydalanishlari boʻyicha modellar yaratishdan iborat. Konferensiyada boʻlgan muhokamalar natijalari, loyihalar, takliflar va ilmiy maqolalar manfaatli hamda tegishli tashkilotlarga yetkaziladi.

Konferensiya davomida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qatnashish mumkin: 

  • «Madaniyat va san’at» yoʻnalishi (oʻzbek tili)
  • «Sport, salomatlik va ekologiya» yoʻnalishi (oʻzbek tili)
  • «IT – axborot texnologiyalari» yoʻnalishi (oʻzbek tili)
  • «Kitobxonlik» yoʻnalishi (oʻzbek tili)
  • «Xotin-qizlar bandligini ta’minlash» yoʻnalishi (oʻzbek tili)
  • “Biznes” yoʻnalishi (oʻzbek tili)
  • “Turizm” yoʻnalishi (ingliz tili)

 Dasturning manfaatli jihatlari:

  1. Ishtirokchilar 19-20-oktabr kunlari konferensiyada toʻla qonli ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar.
  2. Ishtirokchilar konferensiya kunlari tushlik va coffee break bilan ta’minlanadilar.
  3. Ishtirokchilar konferensiyaning har bir ishtirokchisi uchun taqdim etiladigan materiallar: daftar, ruchka, beydjik, papka bilan ta’minlanadilar.
  4. Ishtirokchilar konferensiya kunlarining birida hamisha navqiron va qadimiy Samarqand shahri boʻylab “Tour challenge” nomli loyiha asosida sayohat qilish imkoniga ega boʻladilar.
  5. Ishtirokchilar maxsus sertifikat va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadilar.
  6. Boshqa konferensiyalardan farqli jihati ushbu konferensiyada ishtirokchilar bepul ilmiy va ommabop maqolalar chiqarish imkoniyatiga ega boʻladilar. (Konferensiyada ishtirok etmaydiganlar uchun maqola chiqarish pullik).
  7. “Lottery Cap” loyihasida ishtirok etib, sovgʻalarga ega boʻlish imkoniyati.
  8. Konferensiyaning ochilish marosimi davomidagi yoshlar “Press-club”da qatnashish, hamda konferensiya soʻngida tashkil etilayotgan xalqimiz tanigan san’atkorlar ishtirokidagi “Konsert dasturi”da ishtirok etish va kelishi kutilayotgan nufuzli mehmonlarimiz ma’ruzalarini tinglash imkoniyati.
  9. Ushbu konferensiyaning boshqa konferensiyalardan farqli yana bir jihati shundaki, “5T Youth Forum” da Mevalar dasturxoni va hatto tushlik paytida ham oʻzgacha konsert dasturi boʻlib oʻtadi.
  10. Barcha ishtirokchilarimiz ishtirokidagi “Sehrli Fonus” loyihasidagi ajoyib va gʻayritabiiy fonuslar Challangeda ishtirok etish.

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Konferensiyada 17-30 yosh oraligʻidagi barcha Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
  • Ishtirokchilar oʻzlari tanlagan yoʻnalish (yuqorida koʻrsatib oʻtilgan) boʻyicha belgilangan tilni mukammal bilishi talab etiladi.
  • Ishtirokchilar yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlarga mos holda oʻsha soha boʻyicha ma’lum bilimga ega boʻlishlari kerak.
  • Ishtirokchiar konferensiya kunlari (19-20-oktabr, 2019-yil) Samarqand shahrida boʻlishlari lozim

Qanday qilib “5T Youth Forum”ning ishtirokchisiga aylanish mumkin?

  1. Online ariza shaklini toʻldiring.
  2. Arizangiz boʻyicha yakuniy natijalarni 1 hafta ichida qabul qiling.
  3. Elektron pochtangizga kelgan koʻrsatmalarga amal qiling va ishtirok etish uchun zarur boʻlgan toʻlovni amalga oshiring.
  4. Toʻlovni amalga oshirish uchun e-mailingizga yuborilgan karta raqamiga toʻlov summasini oʻtkazing.
  5. Toʻlovni amalga oshirganingizdan soʻng siz rasman konferensiya ishtirokchisi sifatida qabul qilingan hisoblanasiz va sizga qabul qilinganingiz toʻgʻrisida”Maxsus chipta” beriladi va ishchi guruhimiz tomonidan tashkil etilgan telegram guruhiga qoʻshilasiz.

Konferensiyada ishtirok etish uchun zarur boʻlgan toʻlov miqdori qancha?

Ishtirokchilar uchun konferensiyada ishtirok etish narxi: 120.000 soʻm

Eslatma: “5T Youth Forum” ishchi guruhi boshqa viloyatdan kelgan va mahalliy ishtirokchilar uchun yoʻl kira xarajatlari qoplanmaydi va yotoqxona bilan ta’minlanmaydi. Biroq, biz siz Yoshlar uchun ma’qul boʻlgan qulay narxdagi mehmonxonalar roʻyxatini taqdim etiladi.

Eslatma va imkoniyat: Ushbu konferensiyada BEPUL qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritishni xohlovchi ishtirokchilar uchun ishchi guruhimiz tomonidan tashkil etilgan telegram, instagram va facebook ijtimoiy tarmoqlari orqali faol boʻlishingiz va tashkil etilayotgan tanlovlarda faol ravishda ishtirok etishingiz lozim. Bu tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarimiz BEPUL qatnashish imkoniga ega boʻladilar.

Qoʻshimcha ma’lumotlarga ega boʻlish uchun quyidagi telegram raqami va telegram botiga murojaat qiling:

+998 97 287 99 91 (telegram: @asuyarov95)

Telegram bot: @sam_youth_forum_bot

“5T Youth Forum”ga quyidagi konferensiyaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali ulaning:

Telegram:  https://t.me/samarkand_forum

Instagram: https://www.instagram.com/5t_youth_forum

Facebook:  https://www.facebook.com/yoshlar.forumi

Siz maxsus shtrix kodini skaner qilish orqali ham “5T Youth Forum” telegram kanaliga ulanishingiz mumkin:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!