×

Shengan vizasi: kimlar uchun, nimaga kerak va qanday olinadi?


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

31492 marta

CHOP ETILGAN

10.11.2018

Shengen (yoki Yagona) hududi Yevropa Ittifoqining Shengen qonunchiligi meʼyorlariga koʻra oʻzaro aloqalarda chegaralarni bekor qilgan 26 davlatlar maydonlari hisoblanadi. Shengen kelishuvi 1985 yilda Lyuksemburgning Shengen qishlogʻida imzolangan. 1995 yilda hozirgi tarkib uchun kelishuv kuchga kirgan. Shengen kelishuviga aʼzo davlatlarga (2018 yil) quyidagi 26 mamlakat kiradi:

  1. Avstriya;
  2. Belgiya;
  3. Vengriya;
  4. Yuqori Reyn Byuzingen hududi kirmaydi;
  5. Gretsiya (Afon kirmagan);
  6. Daniya (Grenlandii va Farer avtonom hududlari mustasno);
  7. Islandiya;
  8. Ispaniya (Melilya va Seuta kirmaydi);
  9. Italiya (Levigno anklavidan tashqari);
  10. Latviya;
  11. Litva;
  12. Lixtenshteyn Knyazligi. Eng kichik Shengen davlati, 160 kv.km maydonga ega;
  13. Lyuksemburg;
  14. Malta;
  15. Niderlanda Qirolligi (Karib Niderlandasi, Sint-Marten, Kyurasao, Arubadan tashqari);
  16. Norvegiya (Ayiq orollari, Shpisbergendan boshqa);
  17. Polsha;
  18. Portugaliya;
  19. Slovakiya;
  20. Sloveniya;
  21. Finlyandiya;
  22. Fransiya (dengiz hududi kirmagan). Shengen hududining ekan katta maydoni hisoblanadi 674 843 kv.km;
  23. Chexiya;
  24. Shveysariya;
  25. Shvetsiya;
  26. Estoniya.

Hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqining 22 ta davlati Shengen Shartnomasini ishtirokchilari (Avstriya, Belgiya, Chex Respublikasi, Italiya, Estoniya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Mojariston, Gretsiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya, Polsha, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya va Shvetsiya).

Shvetsariya, Norvegiya, Lixtenshteyn va Islandiya Shengen Shartnomasining teng huquqli vakillaridir, ammo ular Evropa Ittifoqining ishtirokchilari emas.

Yevropa Ittifoqining qolgan 6 davlati, jumladan, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Kipr, Bolgariya, Ruminiya va Xorvatiya Shengen hududiga kirmaydi.

Shengen vizasi nimaga kerak?

Shengen vizasi (yoki Yagona viza) –yuqorida koʻrsatilgan davlatlarga sayohat qilish, davolanish, sport musobaqalari, (qisman) oʻqish, xizmat safari va boshqa masalalar boʻyicha chiquvchi shaxslar uchun kerak. Shengen vizasi 2 koʻrinishda boʻlishi mumkin: A va S.

A viza – qisqa muddatli hioblanib, Shengen hududi davlatlari xalqaro tranzit aeroportlaridan oʻtish uchun zarur. Lekin u ushbu davlatga kirish huquqini bermaydi.

C viza esa, shengen hududi davlatlaridan biri yoki bir nechtasida 90 kungacha boʻlish imkonini beradi (yoki 180 kun ichida 90 kundan oshmasligi kerak)/ Bir martalik olingan vizaning amal qilish muddati 5 yildan oshmasligi kerak.

Huquqiy asos

Oʻzbekistonda shengen vizasi olish Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi: BATAFSIL. Yevropa Komissiyasining Shengen vizasi haqida bergan toʻliq maʼlumoti: SHU YERDA.

Qayerdan olish mumkin?

1. Oʻzbekistonda Shengen davlatlari: Germaniya, Avstriya, Finlandiya, Shvetsiya yoki Ispaniya hududlariga chiqish uchun vizani asosan Oʻzbekistondagi Germaniya elchixonasidan olish mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Sharof Rashidov koʻchasi 15-uy;
Telefon: (+998 71) 120 84 86; (+998 71) 120 84 80;
Rasmiy sayt: https://taschkent.diplo.de/.

2. Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya va Portugaliyaga shengen vizasi Oʻzbekistondagi Fransiya elchixonasida rasmiylashtiriladi.

Manzil: Istiqbol koʻchasi, 25, Toshkent shahri, Oʻzbekiston, 100047;
Telefon: (+998 71) 233 53 82, (+99871) 233 53 84;
Rasmiy sayt: http://www.ambafrance-uz.org/.

3. Latviya, Litva, Estoniya va Shveytsariyaga Shengen vizasini Oʻzbekistondagi Latviya elchixonasidan olish mumkin Elchixona bu masalada VFS GLOBAL viza markazi bilan shartnoma tuzgan.

Manzil: Lashkarbegi koʻchasi 16a, Toshkent sh. 100000, Oʻzbekiston;
Telefon: (+998 71) 237 22 15, (+998 71) 234 21 58;
Faks: (+998 71) 120 70 36;
Elektron pochta: embassy.uzbekistan@mfa.gov.lv.
Rasmiy sayt: https://www.mfa.gov.lv/uz/.

4. Chexiya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi.

Manzil: Oʻzbekiston, Toshkent sh.100041, Mirzo-Ulugʻbek tumani 3-Navnixol, 6-uy;
Telefon: (+998 71) 120 60 71;
Faks: (+998 71) 120 60 75;
Elektron pochta: tashkent@embassy.mzv.cz;
Rasmiy sayt:  https://www.mzv.cz/tashkent/uz/.

Shuningdek, viza xizmatlari koʻrsatuvchi:

  • Oʻzbekistondagi Fransiya viza markazi.
    – Manzil: Oʻzbekiston, Toshkent sh. 100000, Mustaqillik prospekti 88 A;
    – Telefon:  (+99871) 1292013;
    – Rasmiy sayt: https://fr.tlscontact.com/uz;
  • “VisaMetric” xizmati.
    – Manzil: Oʻzbekiston, Toshkent sh., Mustaqillik koʻchasi, 75 uy, Inkonel Biznes markazi;
    – Telefon: (+998 71) 120-09-93.
  • VFS GLOBAL viza markazi.
    – Manzil: Oʻzbekiston, Toshkent sh. 100009, Amir Temur koʻchasi, 95-a uy, “Oriyent” Biznes-sʻyentr markazi, 503-ofis, 5-qavat;
    – Telefon: (+998 71) 2342158;
    – Rasmiy sayt: vfsglobal.com/ kabilar, shuningdek, sayohat uchun viza yordami taqdim etuvchi tur-agentliklar mavjud.

Qanday hujjatlar topshiriladi?

Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi Oʻzbekistonda doimiy yashovchi, safar manzili Germaniya, Avstriya, Finlandiya, Shvetsiya yoki Ispaniya boʻlgan arizachilarga viza beradi. Hozirda Germaniya elchixonasi tomonidan Daniyaga viza berish vaqtincha toʻxtatilgan. Daniyaga safar qilmoqchi boʻlgan shaxslar Shengen vizasini olish uchun faqat Daniyaning Moskvadagi elchixonasiga hujjat topshirishlari mumkin. Viza olish uchung kerakli hujjatlarni topshirish 2013 yil 1 mart dan boshlab internet orqali roʻyxatga yozilish asosidagina mumkin. Batafsil maʻlumot „Qabulga yozilish tizimi haqidagi eslatma“ da keltirilgan. Viza kodeksiga binoan viza soʻrovnomalarini koʻrib chiqish muddati 15 kundan oshmasligi kerak. Odatda bu muddat bir haftani tashkil etadi. Elchixona safar boshlanishidan o´z vaqtida hujjatlarni taqdim etishni tavsiya qiladi. Viza talabnomasi bilan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

Viza uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:

  1. Pasport (soʻnggi 10 yil ichida berilgan, kamida ikkita viza uchun boʻsh sahifaga ega boʻlishi hamda uning amal qilish muddati soʻralayotgan viza muddati tugagandan keyin yana kamida uch oyni tashkil etishi shart) va uning nusxasi.
  2. Ikki dona yangi biometrik fotosurat.
  3. Bir nusxada batafsil toʻldirilgan va arizachi tomonidan imzolangan viza soʻrovnomasi blanki (Shengen vizasi uchun).
  4. Safar muddatini toʻliq qoplagan, barcha Shengen davlatlarida amal qiladigan hamda qoplama miqdori 30.000 yevrodan kam boʻlmagan, shuningdek, 15 kunlik qoʻshimcha muddatni oʻz ichiga olgan tibbiy sugʻurta polisi. Qoidaga binoan, tibbiy sugʻurta shartnomasi Oʻzbekistonda Shengen shartnomasiga aʻzo davlatlarning Toshkentdagi vakolatxonasida akkreditatsiyadan oʻtgan kompaniyalar bilan tuzilgan boʻlishi kerak. Sugʻurta himoyasi, shuningdek, kredit kartochka egalariga koʻrsatilayotgan xizmat turlaridan biri sifatida tasdiqlanishi yoki polis Shengen davlati hududida taklif qiluvchi shaxs tomonidan ham tuzilishi mumkin (sugʻurtalash miqdorining tasdiqʻi bilan).
  5.  Mehnat faoliyatini tasdiqlovchi, egallab turgan lavozim va oylik maoshi haqida maʻlumotnoma, mehnat daftarchasi, ish beruvchining xizmat safariga yozma ruxsatnomasi yoki mehnat taʻtili berilishi haqida maʻlumotnoma; firma egalari uchun – firmaning hokimiyatda roʻyxatdan oʻtganligi haqida guvohnomasi, litsenziyasi va nizomi nusxalari bilan (ish stajiga ega boʻlganlar uchun).
  6. Oʻzbekistonda yashovchi yaqin oila aʻzolarining hujjatlari asli (masalan, nikoh toʻgʻrisida guvohnoma, bolalarning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari, pasporti v.h) va ushbu hujjatlarning bittadan nusxasi.

Safar maqsadiga qarab yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlarga qoʻshimcha tarzda quyidagi hujjatlarning asli va bittadan nusxasi taqdim etilishi lozim:

  1. Xizmat safarlari uchun:
  • Germaniyadan yoki Germaniya elchixonasi vakil boʻlgan Shengen shartnomasiga aʻzo davlatdan yuborilgan, firma blankidagi taklifnoma. U taklif qilingan shaxsning toʻliq ismi sharifi, tugʻilgan sanasi, rejalashtirilgan safarning maqsadi va muddati, safar davomida yashash joyining manzili, shuningdek taklif qilayotgan tarafning Biz Germaniyada vaqtincha boʻlish haqidagi qonunning 66–68 moddalariga (yoki elchixona vakil boʻlgan Shengen shartnomasiga aʻzo davlatning shunga oʻxshash qonuniy asosi)asoslangan holda barcha xarajatlarni oʻz zimmamizga olamiz kabi jumlani oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim;
  • taklif qilayotgan firma yoki korxonaning berilgan sanasi olti oydan oshmagan savdo reestridan koʻchirmasi;
  • altenativ ravishda: safarni moliyalashtirish manbai: qayta tekshirish imkonini beruvchi bank hisob raqamidan koʻchirma, bank ma´lumotnomasi yoki xizmat safari uchun ish beruvchining kafolat xati. Bunday hollarda ish beruvchining moliyaviy jihatdan taʻminlangani shubha uygʻotmasligi lozim. Ish beruvchining moliyaviy ahvoli korxonaning soʻnggi olti oylik hisob raqamidan koʻchirma orqali isbotlanishi lozim;
  • taklif qiluvchi taraf hamda arizachi oʻrtasida hamkorlik aloqalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat, masalan: xatlar, shartnomalar, buyurtmalar, bojxona hujjatlari va hokazo.
  1. Mehmonga borish uchun:
  • safar maqsadini isbotlovchi hujjat (qarindoshlik rishtalarini tasdiqlovchi hujjat, masalan tugʻliganlik va nikoh haqidagi guvohnoma nusxalari);
  • safar manzilini tasdiqlovchi kafolat xati yoki asl nusxadagi norasmiy taklifnoma. Safar moliya harajatlari arizachi tomonidan qoplanadigan hollarda: taklif qiluvchi shaxsning pasport nusxasi (agar taklif qiluvchi Germanyia Federativ Respublikasi fuqarosi boʻlmasa, uning Germaniyada yashash uchun berilgan ruxsatnomasidan nusxa) va uning roʻyxatda turganligi haqida maʻlumotnoma (Meldebescheinigung);
  • safarni moliyalashtirish manbai (qayta tekshirish imkonini beruvchi bank hisob raqamidan koʻchirma, safar uchun xorijiy valyutada yetarli miqdorda mablagʻ borligini tasdiqlovchi bank maʻlumotnomasi. Mavjud mablagʻ Germaniyada boʻlish uchun kuniga kamida 45 yevrodan toʻgʻri kelishi lozim va bu miqdor Germaniya vakil boʻlgan Shengen shartnomasiga aʻzo boshqa davlatda boʻlish uchun boshqacha boʻlishi mumkin;
  • arizachining mablagʻi safar uchun yetarli boʻlmagan holatda: Germaniyada vaqtincha boʻlish toʻgʻrisidagi qonunning 66–68-moddalariga asoslangan, taklif qiluvchi shaxsning moliyaviy ahvoli (moliyalashtirish imkoniyati borligi tasdiqlangan yoki kamida asoslangan boʻlishi lozim) aniq koʻrsatilgan va Germaniyadagi xorijiy fuqarolar ishlari boʻyicha masʻul idora tomonidan tasdiqlangan kafolat xati (Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi vakil boʻlgan Shengen davlatidan ham shunga oʻxshash taklifnoma)va uning nusxasi;

Nafaqadagi shaxslar uchun: pensiya guvohnomasi va uning nusxasi, shuningdek qoʻshimcha daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar, masalan ijara yoki qarindoshlarning pul oʻtkazmalari orqali olinayotgan daromadlar.

 Bolalar, oʻquvchilar va talabalar uchun:

− oʻqish joyidan ma´lumotnoma, reyting daftarchasi, talabalik guvohnomasi va ularning nusxalari;

− maktab yoshidagilar yoki talabalar uchun oʻquv muassasasining safarga ruxsatnomasi;

− tugʻilganlik haqida guvohnoma va uning nusxasi (balogʻatga yetmaganlar uchun).

Mahalliy qonunchilikka asosan:

  • yolgʻiz yoki ota-onasining biri bilan safarga chiqayotgan bolalar uchun: ota-onasining ikkisi ham vasiylik huquqiga ega ammo ularning hamrohligisiz safarga chiqayotgan bolalar uchun ota- onasining notarius tomonidan tasdiqlangan safar uchun ruxsatnomasi;
  • ota-onasining biri bilan safarga chiqayotgan bolalar uchun: safarga bormayotgan otasi yoki onasining notarius tomonidan tasdiqlangan ruxsatnomasi yoki vasiylik huquqiga boshqa shaxs ega emasligini tasdiqlovchi hujjat (oʻlim toʻgʻrisida guvohnoma, bola tarbiyasi uchun faqat bir kishi masʻulligini tasdiqlovchi, nikohni bekor qilish haqidagi sud qarori).
  1. Tranzit:
  • aviachipta yoki uning broni nusxasi bilan;
  • safar moʻljallanayotgan davlat vizasi. Agar u davlatga viza olish zarurati boʻlmasa, buni tasdiqlovchi hujjat;
  • safardan koʻzlangan maqsadni asoslovchi hujjat.
  1. Sayyohlik (Turizm ):
  • aviachipta broni va mehmonxona harajatlari oldindan toʻliq toʻlanganligi haqida tasdiqnoma; safar sayyohlik agentligi yordamida tashkillashtirilgan hollarda pul toʻlanganligini tasdiqlovchi vaucher (pul oʻtkazmasini amalga oshirganlik haqida chek) hamda ularning nusxalari;
  • safarni moliyalashtirish manbai (qayta tekshirish imkonini beruvchi bank hisob raqamidan koʻchirma, safar uchun xorijiy valyutada yetarli miqdorda mablagʻ borligini tasdiqlovchi bank maʻlumotnomasi. Mavjud mablagʻ Germaniyada boʻlish uchun kuniga kamida 45 yevrodan toʻgʻri kelishi lozim va bu miqdor Germaniya vakil boʻlgan Shengen shartnomasiga aʻzo boshqa davlatda boʻlish uchun boshqacha boʻlishi mumkin).
  1. Koʻrgazma qatnashchilari va ularga tashrif buyuruvchilar:
  • koʻrgazmaga kirish chiptasi;
  • Germaniyadan yoki Germaniya elchixonasi vakil boʻlgan Shengen shartnomasiga aʻzo davlatdan yuborilgan, firma blankidagi taklifnoma. U taklif qilingan shaxsning toʻliq ismi sharifi, tugʻilgan sanasi, rejalashtirilgan safarning maqsadi va muddati, safar davomida yashash joyining manzili, shuningdek taklif qilayotgan tarafning Biz Germaniyada vaqtincha boʻlish haqidagi qonunning 66–68 moddalariga (yoki elchixona vakil boʻlgan Shengen shartnomasiga a´zo davlatning shunga oʻxshash qonuniy asosi)asoslangan holda barcha xarajatlarni oʻz zimmamizga olamiz kabi jumlani oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim;
  • taklif qilayotgan firma yoki korxonaning berilgan sanasi olti oydan oshmagan savdo reestridan koʻchirmasi;
  • altenativ ravishda: safarni moliyalashtirish manbai: qayta tekshirish imkonini beruvchi bank hisob raqamidan koʻchirma, bank ma´lumotnomasi yoki xizmat safari uchun ish beruvchining kafolat xati. Bunday hollarda ish beruvchining moliyaviy jihatdan ta´minlangani shubha uygʻotmasligi lozim. Ish beruvchining moliyaviy ahvoli korxonaning soʻnggi olti oylik hisob raqamidan koʻchirma orqali isbotlanishi lozim;

Shengen va tranzit vizalari uchun hujjatlarni koʻrib chiqish konsullik badali – 60 yevroni tashkil etadi. Olti yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun – 35 yevro. *2018-yildan shengen vizasi uchun badal 80 yevro boʻlishi mumkin: BATAFSIL.

Quyidagi shaxslar tegishli hujjatlarni taqdim etgan hollarda viza badalini toʻlashdan ozod etiladi:

  • Germaniya fuqarosining turmush oʻrtogʻi;
  • balogʻat yoshiga yetmagan, hamda Germaniya fuqaroligiga ega boʻlgan bolalar otaonalari, shuningdek Germaniya fuqarosining balogʻatga yetmagan farzandi;
  • Yevropa Ittifoqiga a´zo davlat fuqarosining turmush oʻrtogʻi*;
  • Yevropa Ittifoqiga a´zo davlat fuqarosining yoki uning turmush oʻrtogʻining* farzandi;
  • 6 yoshgacha boʻlgan bolalar.

*Yevropa ittifoqiga a´zo davlat fuqarosi – erkin harakatlanish huquqiga ega shaxs,masalan Germaniyada yashovchi Fransiya fuqarosi, ammo Germaniyada yashovchi Germaniya fuqarosi bu qoidadan mustasno.

Toʻlov amaldagi kursga muvofiq faqat AQSH dollarida amalga oshiriladi. Faqat 1996 yildan keyin chiqarilgan, yaxshi holatdagi, muhr va yozuvlarsiz kupyuralar qabul qilinadi.

Viza soʻrovnomasiga rad javobi berilganda, toʻlangan konsullik badali qaytarilmaydi.

Eslatma:

  • Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari amal qilish muddati soʻralayotgan viza muddati tugagandan keyin kamida uch oy amal qiladigan, Oʻzbekistonda vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma yoki Oʻzbekiston vizasiga ega boʻlishlari shart;
  • Finlandiya, Shvetsiya va Ispaniyadan notarius orqali tasdiqlangan taklifnomalar ingliz yoki nemis tilida taqdim etilishi lozim.

Hujjatlarni toʻliq tartibda taqdim etmaslik yoki viza talabnomasiga taaluqli boʻlgan hujjatlarga oydinlik kiritishda koʻmaklashishdan bosh tortish viza talabnomasiga rad javobi berilishiga olib kelishi mumkin.

Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar roʻyxati toʻliq va batafsilligiga elchixona kafolat bermaydi.

Maʻlum sabablarga koʻra qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Talab qilingan barcha hujjatlarning toʻliq taqdim etilishi viza olishga qonunan daʻvo qilishni koʻzda tutmaydi.

*Talab qilinadigan hujjatlar murojaat etilayotgan elchixonalarda oʻrnatilgan qoidalarga koʻra farq qilishi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!