×

Toshkentdagi AQSH elchixonasidan ayollar va qizlar uchun bepul o’z-o’zini himoya qilish mashg’ulotlari


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2309 marta

CHOP ETILGAN

06.12.2022

AQSh elchixonasi ayollar va qizlar uchun o’z-o’zini himoya qilish mashg’ulotlarining Toshkentdagi yangi bosqichini mamnuniyat bilan e’lon qildi.

Uyda, ishda yoki ko’chada bo’lishingizdan qat’iy nazar shaxsiy xavfsizlik sizning huquqingiz bo’lishi kerak. Afsuski, ayol va qizlarning har uchinchisi o’z hayotida, aksariyat hollarda ular tanigan insonlar tomonidan, jismoniy zo’ravonlikka uchrashi buning aksini ko’rsatmoqda.

Muammo shu qadar keng tarqalganki, ehtimol sizning atrofingizdagi kimdir – oilangiz a’zosi, qo’shningiz, hamkasbingiz, do’stingiz yoki hattoki o’zingiz ham – shunga o’xshash zo’ravonliklarga duch kelgan bo’lishingiz mumkin. Afsuski, ko’chadagi bezorilik va ta’qiblar butun dunyo ayollari uchun kundalik haqiqatdir.

AQShning O’zbekistondagi elchixonasi Sambo bo’yicha O’zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi, jiu-jitsu va dzyudo bo’yicha professional instruktorlar, Amerika psixologlar assotsiatsiyasi a’zosi bo’lgan professional psixolog – AQSh xalqaro almashinuvi dasturlarining bitiruvchilari – bilan hamkorlikda qizlar va ayollar o’zlarini himoya qilishlari uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar va o’z-o’ziga bo’lgan ishonchni rivojlantirishga qaratilgan  o’z-o’zini himoya qilish bo’yicha o’quv dasturining 2023-yildagi ilk raundini Toshkent shahrida boshlamoqda.

Mashg’ulotlar 2023-yil yanvar oyidan boshlab BeFit Box zamonaviy sport zalida uch oy davomida o’tkaziladi. Mashg’ulotlarning aniq boshlanish sanasi bo’yicha ma’lumot tanlab olingan barcha ishtirokchilarga qo’shimcha ravishda yetkaziladi. Ikkita yosh boy’icha tuzulgan guruh tayinlanadi, har bir guruh ishtirokchilari soni 30 kishidan oshmaydi.

  • A guruhi: 13 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan qizlar – seshanba, payshanba va shanba soat 15:00 dan 16:00 gacha.
  • B guruhi: 18 yoshdan oshgan ayollar – seshanba, payshanba va shanba soat 20:00 dan 21:00 gacha.

Ishtirokchilar o’zlarini jismoniy zo’ravonlikdan himoya qilish, yaxshi jismoniy holat va osoyishtalikni saqlash uchun bir qator texnika va mashqlarni o’rganadilar. Jismoniy tayyorgarlik dasturi professional psixolog – shuningdek AQShning xalqaro almashinuv dasturining bitiruvchisi -boshchiligidagi ruhiy salomatlik bo’yicha treninglar bilan to’ldiriladi.

Ishtirokchilar o’z-o’zini himoya qilish ko’nikmalaridan tashqari, nizolarni hal qilish, ochiq muloqot va stressni boshqarish usullarini o’rganadilar.

Mashg’ulotlar jismoniy tayyorgarlik darajasidan yoki oldingi mashg’ulot tajribasidan qat’i nazar, 13 yoshdan oshgan qizlar va ayollar uchun mo’ljallangan.

Oʻz-oʻzini himoya qilish bo’yicha mashg’ulotlarimizning yangi bosqichiga ariza topshirish uchun ushbu havolaga o’ting: https://forms.gle/GcWN5Uynybo69Q8g7

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2022-yil 12-dekabr, dushanba.*

  • MUHIM: Faqatgina 500 ta ariza ro’yxatga olinadi. Arizalar belgilangan muddat yoki 500 ta ariza kelib tushgunga qadar qabul qilinadi va ko’rib chiqiladi.

MUHIM QAYDLAR:

  • Ushbu loyiha faqat qizlar va ayollar uchun mo’ljallangan.
  • Mashg’ulotlar bepul.
  • Ishtirokchilar qatnashish uchun taqdim etilgan arizalar asosida tanlanadi.
  • Darslar Toshkentdagi BeFit Box fitness-klubida o’tkaziladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!