×

SERBEMA-PHOTO CONTEST fotosuratlar tanlovi; mukofot – planshet, smartfon va smart soat!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1495 marta

CHOP ETILGAN

17.03.2022

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: Suratga olishga qiziquvchi barcha uchun

Ishlarni topshirish muhlati: 2022-yil 1-aprelgacha

Asosiy maʼlumot

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” DUK tomonidan “SERBEMA-PHOTO CONTEST” fotosuratlar tanlovi eʼlon qilindi. Ushbu tanlov Yer resurslari va bioxilma-xillikni barqaror boshqarish mavzusida Xalqaro konferensiyasi doirasida tashkil etilmoqda.

Fototanlov quyidagi 2 mavzu boʻyicha oʻtkaziladi:

  1. Ayollar qishloq xoʻjaligida.
  2. Tuproq rizq-roʻzimiz manbai.

Mukofotlar

Har bir mavzu boʻyicha 3 nafardan gʻolib aniqlanadi va ular quyidagicha taqdirlanadi:

“Ayollar qishloq xoʻjaligida” mavzusida:

  • 1-oʻrin: planshet va maxsus sertifikat,
  • 2 -oʻrin: smartfon Samsung va maxsus sertifikat,
  • 3-oʻrin: smart soat va maxsus sertifikat.

“Tuproq rizq-roʻzimiz manbai” mavzusida:

  • 1-oʻrin: planshet va maxsus sertifikat,
  • 2 -oʻrin: smartfon Samsung va maxsus sertifikat,
  • 3-oʻrin: smart soat va maxsus sertifikat.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etib oʻrin olmagan, lekin yuqori (4,5 – oʻrin) natijaga erishgan ishtirokchilar konferensiya tashkilotchilari tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.

Talablar va shartlar

Tanlovda qatnashish shartlari quyidagicha:

  • Tanlovda yoshi, jinsi, kasbi va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar barcha professionalva havaskorlar ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovga taqdim qilinadigan rasmlar qoʻyidagi ariza shakli (Google form)ni toʻldirish orqali yuboriladi.
  • Barcha ishtirokchilar “TUPROQSIFATTAHLIL” DUKning Telegram, Instagram va Facebookdagi rasmiy sahifalariga obuna boʻlishlari kerak.
  • Tanlov ishtirokchilari har bir mavzuga oid bir dona (1) fotosurat taqdim etishlari talab etiladi.
  • Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” DUK xodimlari, shuningdek, ularning oila aʼzolari (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va farzandlari) ishtirok etishlari mumkin emas.

Fotosuratlarga qoʻyiladigan talablar quyidagicha:

  • Barcha arizalar (fotosuratlar) “Yer resurslari va biologik xilma-xillikni barqaror boshqarish” mavzusiga mos kelib:
    a. “Ayollar qishloq xoʻjaligida” mavzusini oʻzida aks ettirishi lozim. Yaʼni ayollarning:
    * ilm-fan sohasida
    * laboratoriya sharoitida
    * dala sharoitida
    * naslchilikda
    * parrandachilikda
    * asalarichilikda
    * yoki qishloq xoʻjaligining boshqa sohalarida javlon urayotgani aks etayotgan fotosuratlar yuborilishi tavsiya qilinadi.
    b. “Tuproq rizq-roʻzimiz manbai” mavzusida taqdim etilgan fotosuratlarda esa tuproq va yer resurslarini oʻzida aks ettiruvchi fotosuratlar yuborilishi tavsiya qilinadi.
  • Taqdim etilgan fotosuratlar raqamli kamera, mobil telefon kamerasi orqali JPEG yoki PNG formatlarida 1024×768 piksel 300 dpi va maksimal fayl hajmi 10 MB boʻlishi kerak.
  • Fotosuratlarni manipulyatsiya qilishga ruxsat etilmaydi. Tasvirga olingan suratlarga keyingi ishlov berish faqat global yaxshilanishlar bilan chegaralanadi masalan, kesish, yorugʻlik va soyalar (cropping, highlights and shadows).
  • Fotosuratlarda sana tamgʻalari (date stamps), moyboʻyoqli belgilar (watermarks) yoki biror bir matn boʻlmasligi kerak va boshqa biron-bir fototanlovida ishtirok etmagan yoki mukofotlanmagan boʻlishi kerak va shuningdek, yangiliklar, reklama yoki boshqa maqsadlarda tijorat maqsadlarida chop etilmagan boʻlishi kerak.
  • Bir yil (1) ichida olingan fotosuratlarga ishtirok etish uchun ruxsat etiladi.
  • Tanlov ishtirokchilari rasmiy qoidalarga rozi boʻlishlari va ularga rioya qilishlari kerak.

Tanlov oʻtkazish bosqichlari va muddatlari

1. Google shakldagi ariza orqali fotosuratlar yuboriladi. Belgilangan muddat 2022-yil 1-aprelga qadar. UTC/GMT +5 soat 00:00 dan keyin qabul qilingan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

2. Tanlovning birinchi saralash bosqichida yuborilgan fotosuratlar “TUPROQSIFATTAHLIL” DUKning Instagram va Facebookdagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi hamda eng koʻp “Like” va “Class” toʻplagan fotosuratlar tanlovning ikkinchi bosqichiga tavsiya qilinadi.

Birinchi bosqichiga kelib tushgan suratlar 1-aprel, soat 14:00 gacha Facebook va Instagram sahifalarida post qilib yuklanib, 5-aprel 00:00 ga qadar birinchi saralash bosqichi davometadi.

3. Tanlovning ikkinchi final bosqichida xar ikki yoʻnalishda eng koʻp “Like” va “Class” toʻplagan 15 ta (ikki yoʻnalishda jami 30 ta) fotosurat “TUPROQSIFATTAHLIL” DUKning Telegram sahifasida eʼlon qilinadi. Eʼlon qilingan fotosuratlar toʻplagan “Class”lar soniga koʻra birinchi, ikkinchi, uchinchi oʻrinlar aniqlanadi.

Birinchi bosqichda saralab olingan fotosuratlar 6-aprel soat 16:00 gacha Telegram sahifasida post qilib yuklanib 8-aprel 00:00 ga qadar final bosqichi davom etadi.

Tanlov gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash

Tanlovning ikkinchi final bosqichida “TUPROQSIFATTAHLIL” DUKning Telegram sahifasida eʼlon qilingan suratlar toʻplagan “Class”lar soniga koʻra ikki mavzu boʻyicha birinchi, ikkinchi, uchinchi oʻrinlar aniqlanadi. Har bir oʻrinda ishtirokchilaridan faqatgina bir (1) nafari gʻolib deb topiladi.

Agar toʻplangan “Class”lar soni teng boʻlib qolgan taqdirda tashkilotchilar tomonidan tuzilgan komissiya xulosasiga koʻra aniqlanadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!